|
Sedan (1a-rasm)-berk kuzovli, to’rt eshikli, ikkita (ba’zida uchta) qatorli o’rindiqlarga ega. VAZ-2110, Neksiya, Lasetti.
Limuzin
|
bet | 69/83 | Sana | 27.11.2023 | Hajmi | 24,58 Mb. | | #106359 |
Bog'liq Avtomobil va traktorlarni loyihalashSedan (1a-rasm)-berk kuzovli, to’rt eshikli, ikkita (ba’zida uchta) qatorli o’rindiqlarga ega. VAZ-2110, Neksiya, Lasetti.
Limuzin (1b-rasm)-berk kuzovli to’rt-olti eshikli, ikki-uch qatorli o’rindiqqa ega. Oldingi qator yo’lovchilar bo’lmasidan to’silgan. Xaydovchining bo’lmasi ajratilgan.
Limuzin-lando (1v-rasm)-bunda oxirgi qator o’rindig’ini tomi ochiladigan.
Kabriolet-kuzovi ochiq, eshiklari limuzinniki kabi, ikki-uch qatorli o’rindiqlar, tomi to’laligicha ochiladi.
Xetchbek (kombi, litrbek, 1g-rasm)-berk kuzovli, eshiklari ikkita yoki to’rtta, yukxona eshigi beshinchi xisoblanadi. Ketingi o’rindiq tushirilib yukxonani kengaytirish mumkin. VAZ-2112, Matiz.
3-rasm. yengil avtomobillarning kuzovlari.
a-sedan; b-limuzin; v-limuzin-lando; g-xetchbek (litrbek); d-universal; ye-faeton; j-kupe; Z-pikap.
Universal (1d-rasm)-kuzovi berk, ikkita yoki to’rtta yon eshiklari va bitta yukxona eshigi bor, oxirgi o’rindiqlar tushirilib yo’lovchilar bo’linmasini yoki yukxonaning xajmini orttirish mumkin. VAZ-2111, GAZ-24-14, Kaptiva, Orlando.
Faeton (1e-rasm)-tomi ochiq, o’rtada ustuni yo’q. Ikki-uch qator o’rindiqli. UAZ-3151-01.
Kupe (1j-rasm)-tomi berk, ikki yoki bir eshikli, kuzovi ikki-to’rt kishiga kaltalashtirilgan. VAZ-2108.
Pikap (1z-rasm)-kuzovi yuk-yo’lovchilar moslangan, ochiq platformali yon tomondagi o’rindiqlar olib tashlanishi mumkin, kabinasi berk, ikki o’rinli, IJ-27151.
Tirkama. To’la yuk va o’zining og’irligi xarakat yuzasiga g’ildiraklari orqali uzatilib turiladigan qurilmaga tirkama deyiladi. Ular bitta, ikkita yoki ko’p o’qli bo’lishi mumkin.
Tirkama rama, platforma, o’q g’ildiraklari bilan va ulash qurilmasidan iborat. G’ildirak o’qlari rama bilan osmalar orqali biriktirilgan. Tirkama bir o’qdan yuqori bo’lsa, burilish moslamasi bilan jixozlanadi.
YArim tirkama. Uning oldingi qismi shatakchi avtomobilning yoki traktorning sedeli, ya’ni tayanch moslamasiga tayanadi. SHuning uchun og’irligining bir qismi shatakchi avtomobil yoki traktorga tushadi.
YArim tirkama xam orqa qismida bitta yoki bir necha o’qlarga ega bo’lishi mumkin. SHatakchi avtomobil yoki traktordan uzilganda, old qismi maxsus tayanchga qo’yiladi. Ular, albatta, tormozlar bilan jixozlanadi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Sedan (1a-rasm)-berk kuzovli, to’rt eshikli, ikkita (ba’zida uchta) qatorli o’rindiqlarga ega. VAZ-2110, Neksiya, Lasetti.
Limuzin
|