|
Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi andijon mashinasozlik instituti
|
bet | 59/83 | Sana | 27.11.2023 | Hajmi | 24,58 Mb. | | #106359 |
Bog'liq Avtomobil va traktorlarni loyihalashNazorat uchun savollar
1.Tormoz tizimining vazifasi;
2.Tormoz tizimlarining xillari;
3.Tormoz yuritmasining energiya manbai;
4.Tormoz mexanizmining xillari;
5.YUk avtomobillarida qo’llaniladigan tormozlar;
6.Engil avtomobillarida qo’llaniladigan tormozlar;
7.Tormoz yuritmalarining turlari;
8.Tormoz yuritmalarining agregatlari.
11-MAVZU. RUL BOSHQARMASI
REJA:
Rul boshkarmasiga kuyiladigan talablar.
Rul yuritmasi sxemalari
Rul yuritmasining hisobi va konstruktsiyalash asoslari.
Rul trapetsiyasi knematik hisobi.
Soshka, tortqilar va sharli barmoqlar hisobi.
Rul mexanizmlarini hisoblash va konstruktsiyalash asoslari.
Vintli- reykali rul mexanizmi, sharikli-vintli uzatma, reyka-tishli sektorli uzatma, cherviyakli-rolikli rul mexanizmi.
Rul gidrokuchaytirgichlarining hisobi va loyihalash asoslari.
Elektrkuchaytirgichlar, Yuqori xavfsizlikni ta’minlovchi rul boshqarmasi.
Rul boshqarmasi-traktor va avtomobillarni to’g’ri yo’nalishda harakatlanishi va ularni burish, orqaga qaytarish uchun hizmat qiladi.
Rul boshqarmasi xaydovchi tomonidan belgilangan yo’nalishni saqlash va uni o’zgartirish uchun xizmat qiladi. Ularga traktor va avtomobillar boshqarish tizimining ayrim mexanizm va qismlari kiradi, ya’ni aniqroq aytadigan bo’lsak, traktor va avtomobillarning oldingi ko’prigi, trapetsiyasi, rul mexanizmi va rul uzatmasi kiradi.
Rul trapetsiyasi bir-biri bilan sharnirli bog’langan to’rtta zvenodan iborat: oldingi ko’prik, uzunligi rostlanuvchi ko’ndalang tortqi va ikki tomondaga buruvchi richaglar.
Rul trapetsiyasining vazifasi ichki g’ildirakni qatta, tashqi g’ildirakni kichik burchakka og’dirib, traktor va avtomobilni burish markazi atrofida burilishini amalga oshirishdir.
Rul uzatmasi boshqariluvchi g’ildirak yoki yarim ramalarni belgilangan yo’nalishga qo’yib, to’g’ri chiziqli xarakatni yoki burilishni sirpanishlarsiz amalga oshiradi.
|
| |