|
Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi andijon mashinasozlik instituti
|
bet | 48/83 | Sana | 27.11.2023 | Hajmi | 24,58 Mb. | | #106359 |
Bog'liq Avtomobil va traktorlarni loyihalashRk> Rψ (10)
Lekin bu shartning bajarilishi avtomobilni harakat qilishi uchun yetarli emas, chunki g’ildirak bilan yo’l o’rtagida tishlashish kuchi ham mavjud bo’lishi kerak, yahni
Rk< Rφ (11)
Demak, avtomobil sirpalmasdan, shataksiramasdan harakatlanishi uchun quyidagi shart bajarilishi kerak:
Rφ> Rk> Rψ. (12)
G’ildirakning aylanma-ilgarilanma harakatiga (gildirashiga) qarshilik kuchi.
Masalani xal etishni soddalashtirish uchun elastik g’ildirak deformatsiyalanmandigan yo’lda harakat qiladi, yahni yo’lning deformatsiyasi g’ildirak deformatsiyasiga nisbatan xisobga olmaslik darajada kichik deb xisoblanadi. G’ildirak aylanib harakat qilganda uning elastik-shinasi deformatsiyalanib, yo’lning ma`lum yuzasiga ta`sir qiladi. Yo’l esa aks ta`sir ko’rsatib, elementar kuchlar bilan qarshilik qiladi. Kontakt yuzasidagi elementar kuchlarning teng ta`sir etuvchisi, yo’lning g’ildirakka reaktsiyasi Zk bilan belgilanadi. SHunday kilib, yo’l g’ildirakning harakatiga qarshilik ko’rsatadi. Bu qarshilik shinaning yo’lda gildirash gisterezisiga, g’ildirak izini xosil qilishga, shinaning yo’lga ishqalanishiga, g’ildirak gupchagidagi podshipniklar qarshiligi va g’ildirakning aylanishiga, xavoning qarshiligini yengishga sarflangan energiyadir.
8-rasm, a da ko’rsatilganidek g’ildirakka Gk og’irlik kuchi ta`sir etsin, lekin ilgarilama harakatda bulmasin (vk = 0, ωk=0) deb faraz qilamiz. SHinaning deformatsiyalanishi natijasida xosil bo’lgan reaktsiya Zk g’ildirak simmetriya o’qi bo’ylab Gk ga qarama-qarshi yo’naladi. Agar g’ildirak og’irlik kuchi Gk va itaruvchi kuch R ta`sirida harakat qilsa, elementar reaktsiyalarning teng ta`sir etuvchisi Zk simmetriya o’qidan a masofagacha harakat yo’nalashi bo’ylab siljiydi. (8-rasm, b)
8-rasm. Aylanmailgarilanma harakat qilayotgan (b) va harakatlanmayotgan (a) g’ildiraklar.
G’ildirakka ta`sir etuvchi kuchlarning O nuqtaga nisbatan muvozanatlik sharti quyidagicha bo’ladi:
ΣM0=0
Zk a – Xk rk = 0
Xk=Zk a/rk
|
| |