|
Shinalarning belgilanishi va rusumlanishi
|
bet | 46/83 | Sana | 27.11.2023 | Hajmi | 24,58 Mb. | | #106359 |
Bog'liq Avtomobil va traktorlarni loyihalashShinalarning belgilanishi va rusumlanishi. Har bir pokrishkaning yon sirtiga belgilashlar (asosiy o’lchamlar) va rusumlar yozib qo’yiladi: tayyorlovchi zavodning tovar (mahsulot) belgisi; tayyorlangan sana; tartib raqami; ruxsat etilgan maksimal (eng yuqori) tezlik indeksi (L-120, P-150, Q-160, S-180 km/soat ga mos keladi); yuk ko’taruvchilik indeksi (engil avtomobillar shinalari uchun 75-387, 78-425, 80-450, 82-475, 84-500 kgk. Ga to’g’ri keladi); shinaning eng yengil qismini ko’rsatuvchi balansirlash belgisi; yuk avtomobillari shinalari uchun qatlam me’yori.
Shinaning asosiy o’lchamlari ikki guruh raqamlar bilan orasiga chiziqcha qo’yib belgilanadi. Raqamlarning birinchi guruhi shinaning ko’ndalang kesimi-V ni, ikkinchisi esa g’ildrak to’g’iniga o’tkazish diametri-d ni ifodalaydi. Bu o’lchamlar millimetrlarda yoki dyuymlarda yoxud aralash hollarda ko’rsatiladi. Masalan, 8,40=15; 215=380… bu yerda birinchi belgilanishda ko’ndalang kesim eni V va diametri d dyuymlarda, ikkinchi belgilanishda esa xuddi shu o’lchamlar millimetrlarda ko’rsatilgan.
-rasm. Shinaning belgilanishi
-jadval
O’lchamlari
|
Xajmi m3
|
Massasi, kg
|
Xajmi 4 tasi m3
|
Massasi, 4 tasi, kg
|
185/55R15
|
0.06
|
7.7
|
0.24
|
30.8
|
Yengil avtomobillarda o’rnatiladigan shinalar konstruksiyasi, o’lchami, ishlatiladigan materiallarning sifatiga ko’ra yuk avtomobillarning shinalaridan farqlanadi. Ular yuqori elastikli karkasga ega bo’lib, balandligi kichik va protektor ishlarining shakli keng yo’sinda ishlangan hamda tashqi va o’tkazish diametrik birmunha kichik. Ko’pinchia yengil avtomobil shinalari takomillashgan yo’llarda yurishga mo’ljalllangan. Ularda eng yuqori belgilangan bosim 0,2 ÷ 0,30 MΠa (2,0 ÷ 3,0 kgk/sm2) atrofida bo’ladi.
Shinadagi bosim birinchisi uchun 0,18 MPa, ikkinchisiniki 0,19 MPa.
Radial shinalarni belgilash uchun oxirida R harfi qo’yiladi, masalan 185-15R.
Shinaning tayyorlangan sanasi va tayyorlovchi zavod raqamlar va harflar bilan belgilanadi, shu yerda pokrishkaning raqami ham ko’rsatiladi. Masalan, 287 Nk 169527:287 soni-1997 yilning 28-haftasi, Nk-Nijnekamsk shina zavodi, 169527-shinaning tartib raqami. pokrishka yon sirtida, shuningdek, model, GOST (DAST) raqami, OTK (TNB) shtampi, mahsulot navi ham ko’rsatiladi. Kamerasiz shinalarda «Beskamernaya», sovuqqa chidamli shinalarda «Sever» degan so’zlar yozib qo’yiladi.
Pokrishkaning yon sirtida ko’rsatilgan asosiy o’lchamlar (V va d), uning tashqi D diametrini D= d+2N formula bo’yicha taqriban topish imkonin beradi. Bunda ko’ndalang kesim balandligi N, uning V eniga teng deb qabul qilinadi. Engil avtomobillardagi ko’ndalang kesimining balandligi past bo’lgan shinalar uchun o’lchamlarini belgilashda, ko’ndalang kesim balandligini eniga nisbati foizlarda ko’rsatiladi. Masalan, VAZ-2108 avtomobillari uchun shina o’lchamlari shunday ko’rsatiladi: 165/70 R 13. bu yerda 165-ko’ndalang kesim eni 165 mm, 70-ko’ndalang kesim balandligini eniga foizlardagi nisbati, R-radial, 13-to’g’inning dyuymlarda ifodalangan o’tkazish diametri.
Shinalarni yig’ish va qismlarga ajratish tartibi. Nuqsonlari bo’lmagan va DAST hamda TSH tomonidan shinalarga belgilangan talablarga to’liq mos keladigan shinalargina ishlatish uchun qabul qilinadi. Avtomobillarni shinalar bilan butlash, shina sanoatining avtomobilni texnik hujjatlariga asosan hamda yo’l-iqlim sharoitlarini hisobga olgan holdagi tavsiyalariga qarab amalga oshiriladi.
Ushbu tavsiyalarga binoan, bitta ko’prik g’ildraklariga ham radial, ham diagonal konstruktsiyali shinalarni, shuningdek, protektorning turli shakldagi shinalarini o’rnatish taqiqlangan.
Shinalar toza va soz to’g’inlarga yig’iladi. Bunda pokrishkaning ichki yuzasi shikastlanishlari bor-yo’qligi tekshiriladi, namliklardan artib tozalanadi va talk (magniy silikati) sepiladi. Shundan keyin pokrishkaga kamera joylashtiriladi va uni dumaloq shaklga kiritish uchun havo bilan oz-moz damlanadi. Yig’ishtirilgan shinani g’ldirak to’g’iniga kiygaziladi va kamera ventili to’g’in ariqchasidan tashqariga chiqariladi. So’ng, to’g’in va shina borti orasiga bort halqa qo’yiladida, to’g’in ariqchasiga qulf halqa o’rnatiladi. Ko’rib chiqilgan ushbu, shinani g’ildrakka yig’ish texnologiyasi, yuk avtomobillarining tekis to’g’inli g’ildraklariga taaluqlidir.
Shinalarni qismlarga ajratish quyidagi ketma-ketlikda bajariladi: kameradagi havoning barchasi chiqarib yuboriladi, to’g’ri kurakcha hamda egri ilmoqli kurakchadan foydalanib pokrshka borti g’ildrak diskidan bo’shatiladi, avval to’g’ri kurakcha, keyin ikkala kurakcha bilan qulf halqa bo’shatiladi va u olib qo’yiladi. Shundan so’ng shinani ag’darib undan g’ildrak diski sug’urib olinadi.
Engil avtomobillarning shinalarini yig’ish va qismlarga ajratish texnik xizmat ko’rsatish shaxobchalari sharoitlarida maxsus stendlarda amalga oshiriladi. Shinalarni yakka tartibda qismlarga ajratish va yig’ish uchun yig’ish kurakchalaridan ham foydalanish mumkin. Asosiy qoida: yig’ishni shinaning ventilga qarama-qarshi tomonidan boshlash kerak, qismlarga ajratishni esa aksincha, ventil tomonidan boshlash lozim,ya’ni avval pokrishkani tashqi borti, so’ng ichki borti ketma-ket ajratiladi.
Shinalardagi havo bosimini markazlashtirilgan holda rostlash tizimi. O’ta og’ir sharoitlarda ham yura oladigan yuk avtomobillarida (GAZ-66, ZIL-131 va boshqalar) g’ildraklar shinalaridagi havo bosimini markazlashtirgan holda rostlash tizimi ishlatiladi. U tuprog’i bo’sh yo’llardan harakatlanishda havo bosimini kamaytirish hisobiga avtomobilning yura olishini oshirishga imkon beradi. Havo bosimini o’zgartirish haydovchi tomonidan bevosita kabinadan turib amalga oshiriladi. Bunda shinaning yo’l sirti bilan tutashish maydoni ko’payadi, solishtirma bosim kamayib avtomobilning yura olishi ortadi. Yo’lning og’ir qismi bosib o’tilgandan so’ng haydovchi yana shinadagi bosimni ko’paytiradi. Bosimni monometrga qarab kuzatgan holda va belgilangan chegaralarda ushlab turadi.
Rostlash tizimiga havo, GAZ-66 avtomobili harakatga keltiruvchi kompressordan kirib keladi. Havo bilan sovitiladigan bir silindrli porshenli kompressor, ikkita ponasimon tasma vositasida, tirsakli valdagi shkivdan harakatlantiriladi. Kompressorga tutashtirilgan bosim rostlagich, kompressor hosil qilayotgan havo bosimini 0,5-0,55 MPa oralig’ida bo’lishini ta’minlaydi. Ballondagi saqlagich klapanining ishga tushish bosimi 0,6 MPa ga rostlangan.
Zolotnik turidagi boshqarish krani, ballondagi siqilgan havoni shina kameralariga yuborish hamda ularni atmosferaga chiqarib yuborish uchun xizmat qiladi. U korpusdan, uning ichiga joylashgan zolotnikdan, ikkita rezina manjetdan, vtulka va gaykdan iborat. Zolotnik kran o’qi bo’ylab surila oladi va o’zidagi halqasimon o’yiq bilan kranning havo haydaydigan bo’shlig’ini naychalar orqali g’ildrak kameralariga va monometrga ulaydi yoki kameralaradan havoni atmosferaga chiqarib yuboradi. Ko’rik to’siniga o’rnatilgan naychalardan havo, g’ildrak bilan birga aylanayotgan kameraga, havo o’tadigan bo’shliq hosil qiluvchi salniklar bloki orqali yuboriladi, ulardan o’tgan havo yarim o’qdagi teshikdan shina kraniga va undan g’ildrak kamerasiga kirib keladi. Shina krani har bir g’ildrakka o’rnatilgan va zarur paytda shinalarni rostlash tizimidan uzib qo’yishga imkon beradi. Masalan, Avtomobil uzoq vaqt to’xtab turganda.
G’ildiraklar shinasidagi havo bosimi avtomobilning aniq va puxta ishlashini hamda yonilg’i sarfini kamaytirish uchun asosiy omillardan biri bo’lib hisoblanadi. Shu sababli, yyengil avtomobillarda va kam yuk ko’taruvchi yuk avtomobillarda shinadagi belgilangan bosim 0,2 ÷ 0,27 MΠa (2,0 ÷2,7 kgk/sm2), o’rtacha va ko’p yuk ko’taruvchi yuk avtomobillari, avtobus va pritseplarda 0,5 ÷ 0,7 MΠa (5,0 ÷ 7,0 kgk/sm2) atrofida bo’lishi lozim. O’tag’on avtomobillarda shinalardagi bosim yo’l sharoitiga moslashtirilgan holda o’z –o’zidan rostlanib turiladi va 0,05 MΠa (0,5 kgk/sm2) dan to 0,35 MΠa (3,5 kgk/sm2) gacha o’zgarishi mumkin.
Shuningdek avtomobillarning shinalariga ham texnik xizmat ko’rstish ishlari bajariladi. Shinalarning konstruksiyasi qisqacha quyidagicha:
|
5-Rasm. Shinaning konstruktiv ko’rininshi
1- protector; 2- shina to’gini; 3-karkas; 4-yondon; 5-breker; 6-ko’shimcha elka zonasi; 7- bort uzugi;
|
Asosiy materiali shina uchun rezina hisobl 3anadi. Rezina tabiiy va sintetik kauchukdan tayyorlanadi. Shina karkas, o’zak, protektor, breker, yondorlardan iborat bo’ladi.
B u holatda avtomobil protektor naqshi balandligini o’lchash zarur bo’ladi. Naqshi chuqurligini metallokort moslamasi yordamida o’lchaymiz.
6- Rasm. Mettallokort moslamasi.
Bu moslama yordamida radial va dioganal shinalarning chuqurliklariga aniq tashxiz qo’yilib, yaroqsiz holatga kelsa tashlab yuboriladi yoki qayta ta’mirlanadi.
|
| |