|
Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi andijon mashinasozlik instituti
|
bet | 44/83 | Sana | 27.11.2023 | Hajmi | 24,58 Mb. | | #106359 |
Bog'liq Avtomobil va traktorlarni loyihalashDiagonal shinalar karkasida kord qatlamlarining iplari o’zaro qo’shni qatlamdagilar bilan ma’lum burchak (95-115) ostida kesishadi va qatlamlar soni doimo juft bo’ladi. Shinani yo’l bilan tutashuvchi davomida kord iplarining kesishuvi burchaklarini o’zgarishi sodir bo’lib, deformatsiyalanish hamda issiqlik hosil bo’lishi ortadi va shinaning ishlash muddati pasayadi.
|
Dioganal shina
|
Radial shina
|
Radial shinalar (R turidagi) kord iplari karkasda bortdan bortga tomon (radius bo’ylab) joylashadi va bir-birlari bilan kesishmaydi. Karkasning bunday konstruktsiyasi ancha ilg’or konstruktsiyadir, chunki u kord qatlamlari sonini kamaytirishga imkon beradi, issiqlik hosil bo’lishini va g’ildrashga qarshilikni kamaytiriadi. Xizmat muddati bo’yicha radial shinalar diagonal shinalardan ancha ustun turadi.
Bortlar pokrishkani g’ildrak to’g’iniga mahkamlash uchun xizmat qiladi. Bort-sim halqa atrofiga o’ralgan kord qatlamlaridan iboratdir. Bu halqa cho’zilmaydigan konstruktsiyani hosil qilib, pokrishkaning o’tkaziladigan yuzasining bikrligini (mustahkamligini) ta’minlaydi.
Breker, pokrishkaning butun aylanasi bo’ylab protektor va karkas orasiga qo’yilgan rezina gazmolli qatlamdir. Breker protektorning karkasga ta’sirini ancha yumshatadi. Radial shinalar uchun brekerni mavjudligi juda muhimdir, chunki u aylana bo’ylab yo’nalgan kuchlarni qabul qiladi va kord iplarining cho’zilishini cheklab turadi.
|
| |