-rasm. Avtomobil osmasining tasviriy chizmasi




Download 24,58 Mb.
bet41/83
Sana27.11.2023
Hajmi24,58 Mb.
#106359
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   83
Bog'liq
Avtomobil va traktorlarni loyihalash

17-rasm. Avtomobil osmasining tasviriy chizmasi.
Avtomobil notekis yo´lda yurganda prujina 10 siqilib, g´ildirakdan kuzovga o´tadigan turtkilarni yumshatadi. Prujina kerilganda kuzovni tebratadi va bu tebranishlar muttasil ravishda amortizator 3 yordamida so´ndiriladi.
Amortizator korpusi suyuqlik bilan to´ldirilgan bo´lib, korpusning balka qismi 2 sharnirli qilib birlashtiriladi. Kuzov va gidirak 1 tebranganda amortizator porsheni 4 ilgarilama va qaytma harakatlanib, klapanlar 5, 6 orqali haydash hisobiga tebranishlarni so´ndiradi. Avtomobilni yuritish uchun yetakchi gidiraklarga keltirilgan burovchi moment Mbur ta´sirida ramaga Pm tortish kuchi uzatiladi va avtomobil harakatga keladi. Ramaga PT tortish kuchini bevosita uzatib turuvchi richag 9 avtomobil osmasining yo´naltiruvchi tuzilmasi deb ataladi. Yo´naltiruvchi tuzilmaning ishlash tavsifiga qarab, osmalar nomustaqil va mustaqil turlarga bo´linadi.
Nomustaqil osmada chap va o´ng g´ildiraklar umumiy bikr balkaga o´rnatilgan bo´lib, bir g´ildirakning silkinishi va tebranishi boshqasiga ham albatta uzatiladi (18 - rasm, a).
Mustaqil osmada har qaysi g´ildirak kuzovga ayrim – ayrim osilgan bo´lib, bir g´ildirakning ramaga nisbatan tik ravishda silkinishni ikkinchi g´ildirakda sezilmaydi (18 - rasm, b).

Statik Zarba Qayta tiklanish
a)

Statik Zarba Qayta tiklanish
b
)

18 - rasm. Osmaning asosiy turlari: anomustaqil, b – mustaqil.
Ikkala turdagi osmalar kinematik xususiyatlariga qarab uch turkumga bo´linadi:
1) g´ildirak avtomobilning bo´ylama o´qiga nisbatan tik tekislikda siljiydi;
2) g´ildirak avtomobilning bo´ylama o´qiga nisbatan muboziy tekislikda siljiydi;
3) g´ildirak avtomobilning bo´ylama o´qiga nisbatan biror burchak ostida siljiydi.
Z
amonaviy yengil avtomobillarda va avtobuslarda ko´pchilik holarda osma stabilizatori ham o´rnatiladi (19 - rasm).

Download 24,58 Mb.
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   83




Download 24,58 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-rasm. Avtomobil osmasining tasviriy chizmasi

Download 24,58 Mb.