• Оsmаlarning konstruktsiyasi vа ungа qo´yilаdigаn tаlаblаr.
  • Amortizatorlarga texnik xizmat ko‘rsatish




    Download 24,58 Mb.
    bet40/83
    Sana27.11.2023
    Hajmi24,58 Mb.
    #106359
    1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   83
    Bog'liq
    Avtomobil va traktorlarni loyihalash

    Amortizatorlarga texnik xizmat ko‘rsatish ularning mahkamla-nishini tekshirish, yeyilgan rezina vtulkalarini o‘z vaqtida almashtirish, jipsltgini nazorat qilishdan iborat bo‘ladi. Agar amortizator o‘z xossalarini yo‘qotgan va sirtida suyuqlik oqqan bo‘lsa, ta’mirlanadi, sinovdan o‘tkaziladi, so‘ng avtomobilga o‘rnatiladi.
    Oldingi ko‘prik nosozliklarining eng ko‘p uchraydigani - g‘ildirak o‘rnatish burchaklarining buzilishidir. Tuzilishi jihatidan yuk avtomobillari va avtobuslar uchun faqat yaqinlashuv burchagi, yengil avtomobillar uchun g‘ildirakning og‘ish burchagi, shkvorenning bo‘ylama og‘ishi, burilish burchaklarining bir-biriga monandligi va yaqinlashuvi sozlanadi. Keltirilgan ketma-ketlik texnologik zaruriy hisoblanadi. Bu ketma-ketlikka rioya qilmaslik avval sozlangan burchak-ning buzilishiga olib keladi.
    1-TXK vaqtida rul boshqarmasi va oldingi o‘q bo‘yicha rul chambaragining lyufti, rul tortqilari sharnirlari, g‘ildirak gupchagi podshipniklari, gidrokuchaytirgichli tizim jipsligi, sharli barmoqlarning qotirilganligi, soshka, buriluvchi sapfa richaglari va shkvoren holati tekshiriladi. 2-TXK da 1-TXK ni hisobga olgan holda oldingi o‘q balkasi va oldingi g‘ildirak o‘rnatish burchaklarining to‘g‘ri o‘rnatilganligi, g‘ildiraklarning muvozanatsizligi, rul boshqarmasi kardan valining va barcha birikma hamda detallarning qotirilganligi tekshiriladi.
    Оsmаlarning konstruktsiyasi vа ungа qo´yilаdigаn tаlаblаr.
    Avtomobillarning osmasi yo´naltiruvchi (elastik) va so´ndiruvchi qismlardan tashkil topgan bo´lib, ular yordamida rama yoki kuzov bilan ko´priklar yoki g´ildiraklar bevosita birlashtiriladi. Osmalar avtomobilning ko´tarib yuruvchi tarmog´i va ko´priklar o´rtasida elastik aloqani uzviy ravishda ta´minlab, g´ildiraklar va u bilan bog´langan tarmoqqa tushadigan o´zgaruvchan yuklanishlarni kamaytiradi, avtomobilning tebranishini so´ndiradi, shuningdek harakat davomida avtomobil kuzovining holatini ravonlashtirib turadi. Ma´lumki, avtomobil notekis yo´llarda yurganda yoki har xil tezlikda harakatlanganda g´ildirak orqali kuzovga turtki va siltov kuchlari uzatiladi. Bu salbiy kuchlarni yumshatish maqsadida osmada shaklli yoki hajmi o´zgarishi yoki o´zgartirishi mumkin bo´lgan elastik deformatsiyalanuvchi qismlardan foydalaniladi. Elastik qismlarni tuzilma sifatida varaqali ressora, spiralsimon prujina, buralishga ishlovchi torsion o´zak ishlatiladi. Avtomobil osmasiga taalluqli (17 - rasm) elastik qurilma avtomobil vazni ta´sirida vujudga kelgan o´zgaruvchan yuklanishlarni yengillashtiradi.



    Download 24,58 Mb.
    1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   83




    Download 24,58 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Amortizatorlarga texnik xizmat ko‘rsatish

    Download 24,58 Mb.