14-rasm. Yetaklovchi bo´lmagan oldingi ko´prik to´sini.
Аvtоmоbil ko´priklаrigа quyidаgi tаlаblаr qo´yiladi:
mаssаsi minimаl bo´lishi kеrаk;
gаbаrit o´lchamlаri kichkinа bo´lishi kеrаk;
bikrligi оptimаl bo´lishi kеrаk.
Boshqariluvchi ko´priklаr.
15-rasm. Old boshqariluvchi ko´prik cxemasi.
1-gayka; 2-changak; 3-vtulka; 4-ko´ndalang stabilizator; 5-richag;
6-korpus; 7-ustun.
16-rasm. Zamonaviy avtomobillarning old boshqariluvchi ko´prik sxemasi.
8-MAVZU. OSMALARNING TURLARI VA ULARGA QO’YILADIGAN TALABLAR
REJA:
Osmalar hisobi.
Tebranishlar va avtomobilning yurish ravonligi.
Osmalarning tasnifi.
Yo’naltirgichlarni tanlash va ularning o’lchamlarini aniqlash.
Osmalarning egiluvchan elementlari tarkibiy qismlari (ressoralar, prujinalar, torsionlar va pnevmatik egiluvchan qism).
Amortizatorlar va ularning elastiklik tavsiflari, ishchi suyuqlik temperaturasini hisoblash.
Osmalar
Osma avtomobil yurish qismining bir qismi bo‘lib, kuzov (rama)ni yo‘l bilan bog‘laydi.
Avtomobil yo‘li notekisliklardan iborat bo‘lib, ularning turtkilari kuzovga uzatilishi natijasida yuk yoki yo‘lovchiga salbiy ta’sir qiladi. Bu ta’sirni kamaytirish uchun kuzov va g‘ildirak o‘rtasiga elastik qism (ressora, prujina, pnevmoballon va boshqalar) kiritish kerak.
Yetakchi g‘ildiraklardan yetaklanuvchilarga itaruvchi kuchni uzatish va tormozlanuvchi g‘ildiraklardagi tormoz kuchi yordamida avtomobilning kinetik energiyasini so‘ndirish uchun g‘ildirakni kuzov bilan bog‘laydigan kuchlarni qabul etuvchi yo‘naltiruvchi richaglar zarur. Yo‘l notekisliklaridan ta’sir etayotgan turtkilardan hosil bo‘layot-gan tebranishlarni so‘ndirish ham kerak.
Osmalar tortuvchi va tormozlovchi kuchlarni, yo‘l notekisliklaridan hosil bo‘layotgan turtkilarni qabul qilib, me’yoriy darajagacha kamayti-rish hamda tebranish amplitudasi va davomiyligini kamaytirish vazifasini bajaradi.
Osmalar uchta bo‘lakdan iborat: yo‘naltiruvchi qism, elastik qism, so‘ndiruvchi qism (1-rasm).
Transport vositasi harakat qilishi uchun yetakchi g‘ildirakka transmissiya orqali keltirilgan burovchi moment Mt dan hosil bo‘lgan Rt kuchini ramaga (kuzov) uzatib, ilgarilashga majbur etishi kerak. Bu vazifani yo‘naltiruvchi qism bajaradi. Bundan tashqari, yo‘naltiruvchi qism avtomobil tormozlanishi jarayonida hosil bo‘lgan va ko‘prikni g‘ildirak aylanish yo‘nalishiga teskari buruvchi momentni, hamda yondan ta’sir etuvchi kuchni (markazdan qochirma, yondan ta’sir etgan turtki, qiya tekislikda harakatlanganida og‘irlik kuchining bitta tashkil etuvchisi) qabul qiladi.
1-rasm. Osmaning prinsipial sxemasi.
Osmaning ish jarayonida yetakchi g‘ildirakka transmissiyadan keltirilgan burovchi momentning itaruvchi Rt kuchi yo‘naltiruvchi qism orqali kuzov (rama)ni oldinga suradi, elastik qism yo‘l notekisliklaridan uzatilayotgan turtkilarni yumshatadi va so‘ndiruvchi qism elastik qism hisobiga vertikal yo‘nalishda harakatlanayotgan kuzov (rama) tebranishini so‘ndiradi.
Osmaning yo‘naltiruvchi qismi nafaqat ko‘ndalang, bo‘ylama, yondan tasir etayotgan kuchlarni uzatadi, balki g‘ildirakning kuzov (rama)ga nisbatan harakatini ham belgilaydi. Yo‘naltiruvchi qismining turiga qarab osmalar mustaqil va nomustaqil turlariga bulinadi (2-rasm).
a) nomustaqil osma. b) mustaqil osma
2-rasm. Avtomobil osmalari.
Mustaqil osmalarda chap yoki o‘ng g‘ildiraklar bir-biri bilan bog‘lanmagan bo‘lib, chap (yoki o‘ng) g‘ildirakka yo‘l notekisligidan tasir etgan turtki o‘ng (yoki chap) g‘ildirakka uzatilmaydi. Bunga zamonaviy avtomobillar MATIZ, SPARK, TIKO, NEKSIYAlarning old osmalari misol bo‘la oladi.
Nomustaqil osmalarda esa chap va o‘ng g‘ildiraklar bir biri bilan bog‘langan bo‘lib, chap (yoki o‘ng) g‘ildirakka yo‘l notikisligidan tasir etgan turtkilar o‘ng (yoki chap) g‘ildirakka uzatiladi. Yengil avtomobillardan MATIZ, TIKO, DAMAS, NEKSIYA avtomobillarining orqa osmalari, yuk avtomobili va avtobuslarning oldingi va orqa osmalari misol bo‘la oladi.
G‘ildiraklarning yo‘lga nisbatan harakatlanishi uning kinemati-kasini belgilaydi. Osma kinematikasi uni kuzov (rama)ni avtomobilning bo‘ylama o‘qiga nisbatan tebranishini taminlaydi va transport vositasining yurish ravonligi, boshqaruvchanligi, turg‘unligi kabi ekspluatatsion xususiyatlariga faol tasir etadi.
Osmalarning elastik qismi yo‘l notekisliklaridan uzatilayotgan turtkilarni kamaytirib avtomobilning yurish ravonligini yaxshilaydi. Elastik qismning prujina, ressori, torsion, pnevmoballon va h.k. turlari mavjud.
Prujinalar yumalok ko‘ndalang kesimli po‘lat simdan silindirik va bochkasimon qilib yasalishi mumkin. U faqat tik yo‘nalishdagi kuchlarni qabul qilishga mo‘ljallangan, shuning uchun ham u yo‘naltiruvchi qism bilan mahkamlanadi.
Torsionlar ham elastik qismning turi bo‘lib, u metall sterjendan iborat. Sterjen bir butun yoki birlashtirilgan bir xil ko‘ndalang kesimli, burilishiga ishlovchi plastinalardan iborat. Torsionning bir uchi kuzovga, ikkinchisi osma richaglariga mahkamlanadi. Natijada g‘ildirak va kuzovning elastik bog‘lanishi torsionning buralishidan hosil bo‘ladi.
Ressoralar osmaning elastik qismi sifatida eng ko‘p tarqalgan. U har xil uzunlikka va egrilikka ega listlarning bulishi, ressora yig‘ilganda listlarning bir-biriga jips yaqinlashishiga va asosiy listning kamroq yuklanishiga olib keladi, hamda listlarni ham ushlab turadi. Zanglamasligi uchun va listlar orasidagi ishqalanishni kamaytirish maqsadida grafit so‘riladi. Yengil avtomobillarda esa listlar o‘rtasida nometall qistirmalar qo‘yiladi. Ressora asosiy listning uchlari ramaga sharnirli mahkamlanadi, natijada harakat davrida uning uzunligi o‘zgarish imkoniyatiga ega. Og‘ir yuk ko‘taradigan avtomobillarda ressoraga qo‘shimcha ressora osti ressorasi ham mahkamlanadi. Uning o‘rnatilish sababi, ressora bikrligini yuk o‘zgarishiga mos o‘zgartirish, natijasida avtomobilning yurish ravonligini yaxshilashdir. Ressora mustaqil emas, osmalarda ishlatiladi va bir vaqtda elastik ham yo‘naltiruvchi qismlar vazifasini bajargani, uning afzalligi hisoblanadi.
Hozirgi zamon yuk avtomobillari va avtobus osmalarida siqilgan havo hisobiga elastik bo‘lgan ballonlar ishlatiladi. Bu turdagi elastik qismda havo bosimini o‘zgartirish hisobiga uning bikrligini orttirish-kamaytirish imkoniyati borligi uning afzalligidir. Balonlar ikki yoki uch seksiyali bo‘lib, uning har bir bo‘linmasi bo‘luvchi halqa bilan ajratilgan. Balon bo‘linmalari ikki qavatli rezina korddan iboratdir. Bundan tashqari, balonni maxkamlash uchun siquvchi xalqa bor. Balonlardagi bosim 0,3-0,5MPa bo‘lib 2-3 tonna yuk ko‘tarishi mumkin. Balonlarning kam-chiligi, faqat tik yo‘nalishdagi yukni qabul qila olgani uchun chidamliligi kamdir.
Rezina elastik qismlar ham mavjud bo‘lib, ular osmalarda qo‘shimcha elastik qism sifatida g‘ildiraklarning yuqori va pastga harakatini chegaralovchi bufer sifatida qo‘llaniladi.
Osmalarning elastikligi avtomobil kuzovining ko‘ndalang tekisligida og‘ishiga olib keladi. Natijada kuzov ko‘ndalang tekislikda tebranadi, bu esa yo‘lovchiga noqulaylikni sodir etadi.
Stabilizator avtomobilning ko‘ndalang tekislikdagi turg‘unligini yaxshilaydi.
Stabilizatorlar yengil avtomobillarning mustaqil old osmalariga o‘rnatiladi, lekin zaruriyat bo‘lsa, orqa osmalarda ham qo‘llaniladi. Stabilizator P-simon shaklda bo‘lib, yumaloq elastik po‘lat sterjendan yasaladi. Sterjenning o‘rtasida rezina tayanch yordamida kuzovga mahkamlanadi. Sterjen uchlari ikkita ustun bilan rezina yostiqchalar yordamida osma richaglariga sharnirli mahkamlanadi. Lekin ba’zi konstruksiyalarda sterjen richagga to‘ppa-to‘g‘ri mahkamlanishi ham mumkin.
|