|
Avtomobillar uzatmalar qutisiga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash chilangari kvalifikatsiyasi bo‘yicha
|
bet | 5/24 | Sana | 20.11.2023 | Hajmi | 0,98 Mb. | | #102224 |
Bog'liq МТ 30711402 - Avtomobil shassisiga texnik xizmat ko\'rsatish va ta\'mirlash Avtomobillar uzatmalar qutisiga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash chilangari kvalifikatsiyasi bo‘yicha:
avtomobil agregat va uzellarini kompyu’ter, stendlar (skaner100, skaner X- 431 va КЕС-200) yordamida umumiy tashxislash;
avtomobil uzatmalar qutisini ko‘tarish, tushirish ishlarini (ikki, va to‘rt ustunli elektromexanik, gidravlik ko‘targich, MEGA MG-20 rusumli pnevmogidravlik domkrati )dan foydalanib bajarish;
avtomobil uzatmalar qutisini kompyu’ter, stendlar yordamida umumiy (skaner100, skaner X-431 va КЕС-200) tashxislash.
3.3.3 "B" yoki "BC" toifali avtomobil haydovchisi kvalifikatsiyasi bo‘yicha:
yo‘lga chiqishdan oldin transport vositasini ko‘rikdan o‘tkazish va harakatlanish jarayonida transport vositasining texnik holatini nazorat qilish;
harakatlanish jarayonida yuzaga kelgan nosozliklarni xavfsizlik texnikasi talablariga rioya etgan holda bartaraf etish;
transport vositasini texnik qarovida hamda yuk ortish, tushirishda xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya etish;
avtomobillarni boshqarish.
Ta’lim dasturini o‘zlashtirgan bitiruvchining umumiy va kasbiy kompetensiyalariga qo‘yiladigan talablar
30711402 - Avtomobil shassisiga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash kasbi bitiruvchilari umumiy kompetensiyasiga qo‘yiladigan talablar:
PTM bitiruvchisi quyidagi umumiy kompetensiyalarga ega bo‘lishi kerak:
UK-1. Kasbiy faoliyat doirasida vujudga keladigan turli masalalar yechimini topish usullarini tanlay olish;
UK-2. Rahbar tomonidan belgilangan maqsadga erishish uchun jamoada ishlay olish;
UK-3.O‘zining kasbiy malakasini va shaxsiy kamolotini takomillashtirib borish; UK-4. Jamoada, ma’lum vazifani bajarishga yo‘naltirilgan guruhda ishlash, hamkasblar, rahbarlar va mijozlar bilan samimiy, xushmuomala hamda samarali
muloqot qilish;
UK-5. Ta’lim olgan tilida fikrini og‘zaki va yozma ravishda ravon bayon qilish;
UK-6. Umuminsoniy fazilatlarga ega bo‘lish, o‘z millatini, Vatanini sevish, u bilan faxrlanish, milliy urf-odatlar, qadriyatlarni hurmat qilish;
UK-7. Professional vazifalarni samarali bajarish uchun zarur bo‘ladigan ma’lumotlarni qidirish;
UK-8. Kasbiy faoliyatida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash; UK-9. Kasbga doir hujjatlar bilan ishlash;
UK-10. Kasbiy faoliyatda xavfsizlik texnikasi va mehnat muhofazasi qoidalariga amal qilish ko‘nikmalariga ega bo‘lish.
UK-11: Sanoat va nosanoat tashkilotlarda vujudga keladigan chiqindilarni atrof-muhitga zarar yetkazmaslik choralarini koʻrish va utilizatsiya qilish;
UK-12: Sohaga oid ekologik madaniyatga rioya qilgan holda faoliyat olib borish;
|
| |