|
Ishlab chiqarishdagi jarohatlanishlar va kasalliklar
|
bet | 10/60 | Sana | 17.02.2024 | Hajmi | 9,35 Mb. | | #158280 |
Bog'liq elektr uskunalariga xizmat klo\'rsatish O\'quv amalyoti O\'qitishIshlab chiqarishdagi jarohatlanishlar va kasalliklar
Ishlab chiqarishda yuz beradigan jarohatlanishlar. Jarohatlanish (grekcha trauma-yara) deb odam organizmiga ishlab chiqarish omillarining xavfli ta’siri natijasida, ya’ni baxtsiz hodisa tufayli organizm to‘qimalarining jarohatlanishi va ishlash faoliyatini buzilishiga aytiladi. Ular beixtiyor (lat eyish, kesib olish, sinish, chiqish va boshq), kimyoviy (kislota va ishqorlar ta’sirida kuyish), termik (odam organizmiga yuqori yoki past harorat ta’sir etib, kuyish, yoki sovuq urishi), elektrdan kuyish, tok urish va boshq. – psixologik (qattiq hayajonlanish, qo‘rquv va boshq) turlariga bo‘linadi. Jarohatlanish natijasida odam ish qobiliyatini vaqtinchalik yoki doimiy yo‘qotishga olib kelishi mumkin. Bunda ishchi umumiy ish qobiliyatini yoki kasbiy ish qobiliyatini yohud ikkalasini ham yo‘qotishi mumkin;
Korxona nazorati – xo‘jalikda, shuningdek mehnat muhofazasiga doir ishlarni tashkil qilishda va unga umumiy rahbarlik qilish korxonalarda o‘rinbosarlardan biriga, jamoat xo‘jaliklarida rahbarlar zimmasiga yuklatiladi.
Jamoat nazorati – bu ishni mehnat jamoalari va kasaba uyushmasi organlari tomonidan mehnat muhofazasi bo‘yicha saylangan vakil tomonidan tekshiriladi.
Yong‘in xavfsizligi, yong‘inning sabablari va oldini olish chora-tadbirlar Xo‘jalikda yong‘inni keltirib chiqaradigan sabablar: isitish pechlarini qurish yoki ishlatish qoidalarining buzilishi, ishlab chiqarishda yoki xonada olovni ehtiyotsizlik bilan ishlatish, kerosinda ishlaydigan yoritish va qizdirish asboblarini noto‘g‘ri o‘rnatish yoki ulardan foydalanish qoidalarini buzish, yashin yoki statik elektr zaryadlar, mashinalar va ishlab chiqarish jihozlarining nosozligi hamda ularni ishlatish qoidalariga rioya qilmaslik.
Yong‘inning oldini olish tadbirlari: tashkiliy (ko‘ngilli o‘t o‘chiruvchi navbatchilik yoki yong‘indan muhofazalash navbatchilar guruhini tuzish, omma orasida tushuntirish ishlarini olib borish).
Texnikaviy tadbirlarga quyidagilar kiradi: Yong‘in yoki portlash jihatidan xavfli xonalarga alohida konstruksiyali elektr jihozlar o‘rnatish, nosoz pechlar, mashinalar, elektr jihozlardan, shuningdek, oson alangalanadigan suyuqliklar saqlanadigan yoki ishlatiladigan joylarda olovdan foydalanishni taqiqlab qo‘yish, yashin qaytargich o‘rnatish, chiqqan yong‘inning tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik choralarini ko‘rish (ob’ektlarni o‘tga chidamli materiallardan qurish, binolar orasidagi yong‘inga qarshi oraliqlarga rioy aqilish), yong‘inni o‘chirishni yengillashtiradigan tadbirlarni ko‘rish (Yong‘inni o‘chirish narvonlari, yong‘inni kuzatish mumkin bo‘lgan balandliklar, suv havzalari va binolarga kelish yo‘llarini qurish, yong‘in aloqasi hamda xabarlagichlar o‘rnatish
O‘t o‘chirish vositalari -yong‘inni o‘chirish yo‘llari va o‘t o‘chirgich moddalarning xususiyatlariga mos ravishda yong‘inni o‘chirish vositalari tanlab olinadi. Ular asosiy, maxsus va yordamchi vositalarga bo‘linadi.
Asosiy vositalar - yong‘inga o‘t o‘chirish vositalarini (suv, ko‘pik, kukun, karbonad angidrid gazi va boshq.) sepish uchun belgilangan. Bularga avtomobil avtosisterna, motopompa, o‘t o‘chirgichlar va boshqalar kiradi.
Yong‘inni o‘chirishda maxsus ishlarni bajarish uchun ishlatiladi. Ularga avtonarvonlar va tirsakli ko‘targichlar, yoritish va aloqa avtomobillari,shuningdek tezkor avtomobillar kiradi.
Yordamchi vositalar-yong‘inni o‘chirish ishlarini bajarish uchun yetarli sharoit yaratadi. Bularga avtosuv quygichlar, yuk avtomobillari, avtobuslar, traktor va boshqa mashinalar kiradi.
O‘t o‘chirgichlar- yong‘in boshlanish vaqtida o‘chirish uchun qo‘llaniladi. Ular turli hajmdagi o‘t o‘chiruvchi moddalar bilan to‘lg‘iziladi. O‘t o‘chiruvchi moddalarning tarkibiga qarab o‘t o‘chirgichlar ko‘pikli, gazsimon, suyuq, kukunsimon guruhlarga bo‘linadi.
|
| |