|
Mavzu:№5 Ishlov beriladigan metallarni rejalashning asosiy vazifalarini bajarish
Reja
|
bet | 25/60 | Sana | 17.02.2024 | Hajmi | 9,35 Mb. | | #158280 |
Bog'liq elektr uskunalariga xizmat klo\'rsatish O\'quv amalyoti O\'qitishMavzu:№5 Ishlov beriladigan metallarni rejalashning asosiy vazifalarini bajarish
Reja:
1. Rejalash va o‘lchash asboblari
2. Rejalash usullari
3. Rejalash chiziqlarini kernlash
4. Rejalashda xavfsizlik texnikasi talablari va qoidalari
Zagotovkaning o‘lchamlari hamma vaqt tayyorlanadigan buyum o‘lchamlaridan katta bo‘ladi. Zarur shaklli va o‘lchamli buyum yasash uchun zagotovka sirtidan ma’lum metall qatlamini yo‘nib, unga ishlov berish kerak. Ishlov paytida yo‘niladigan metall qatlami qo‘yim deb ataladi. Zagotovkaga chizmada ko‘rsatilgan shakl va o‘lchamlarni tushirish operatsiyasi rejalash deb ataladi. Ishlab chiqarishda oz miqdorda buyumlar tayyorlash kerak bo‘lgan hollardagina rejalashdan keng foydalaniladi. Rejalashning oddiy usullari qo‘llanganda 0,5 mm gacha aniqlikka erishish mumkin. Zagotovkani aniq rejalash millimetrning yuzdan bir ulushigacha aniqlikni ta’minlaydi.
Rejalashning ikki turi bor - tekislikda
Rejalash
Fazoviy rejalash.
Detall konturlari bir tekislikda yotganda tekislikda rejalash usuli qo‘llanadi. Tekislikda rejalash chizmachilikning deyarli o‘zi bo‘lib, undan farqi qog‘ozga qalamda emas, balki zagotovkaga o‘tkir uchli metall nina (chizg‘ich) bilan chiziladi. Bir uchi o‘tkir, ikkinchi uchi halqasimon sim chizg‘ichlar
а) bir uchi o‘tkir, ikkinchi tomoni ushlashga oson bo‘lishi uchun g‘adir-budir qilib, yo‘g‘onroq ishlangan yo‘rma chizg‘ichlar;
б) ikki tomonlama chizg‘ich, ikki uchi ham o‘tkir bo‘lib noqulay joylarga chiziqchalar chizishda ishlatiladi;
в) strelka-chizg‘ich, bir uchi o‘tkir to‘g‘ri burchakli kesimli chizg‘ich, uning sirtlari yaxshi ishlangan bo‘lib, uni go‘niyalar, kubiklar bo‘ylab bemalol surishga
imkon beradi. Masalan, shtangenreysmosda ishlatiladi. Amalda qo‘yma ninali chizg‘ichlar qo‘llaniladi. Nina sifatida oddiy patefon ninasidan foydalanish mumkin. Yaxshi ishlov berilgan sirtlarni rejalashda ularni shikastlamaslik uchun yumshoq materiallardan qilingan chizg‘ichlar ishlatiladi (masalan, po‘lat uchun latun chizg‘ichlar ishlatiladi). Chizg‘ichlar yaxshi o‘tkirlangan bo‘lishi lozim. Ularning ish qismi qancha o‘tkir bo‘lsa, rejalash chizig‘i ham shuncha ingichka chiqadi va rejalash aniqligi shuncha oshadi. Chizg‘ichlar charxlash stanoklarida o‘tkirlanadi. Buning uchun ularni aylanib turgan doiraga tekkiziladi va ravon burib turiladi. Chizg‘ichlar to‘g‘ri chiziqlarni chizish uchun ishlatiladi. Bunda shuni hisobga olish kerakki, chizg‘ich ham, o‘tkir chizg‘ichlar ham ma’lum qalinlikka
|
| |