|
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
|
bet | 27/60 | Sana | 17.02.2024 | Hajmi | 9,35 Mb. | | #158280 |
Bog'liq elektr uskunalariga xizmat klo\'rsatish O\'quv amalyoti O\'qitishMarkaz qidirgich
Chizg‘ich go‘niya 1 ga mahkamlangan. Transportir tsilindrik detalь markazidan
ma’lum masofada joylashgan teshiklarning markazini topishga imkon beradi 450
burchak ostida yotgan va detal markazidan 25 mm naridagi a nuqtaning vaziyati
topilgan). Mavjud teshikning markazi chizg‘ich 2 va ikkita shtift 1 li planka 3 dan iborat bo‘lgan markaz qidirgich bilan topiladi.
Rejalash uchun markaz qidirgich shtiftlari teshik sirtiga tegib turadigan qilib o‘rnatiladi. U xuddi go‘niya-markaz qidirgich kabi ishlatiladi. Chilangarlikda qo‘llaniladigan barcha o‘lchash va nazorat qilish vositalarini ikki-nazorat-o‘lchov asboblari hamda o‘lchov asboblari guruhiga bo‘lish mumkin. Tekshiruv taxtalari katta sirtli detallarni tekshirish uchun qo‘llaniladi. Ular mayda donali kulrang cho‘yandan yasaladi. Ish yuzasining aniqligi bo‘yicha taxtalar 4 klassga bo‘linadi: 0, 1, 2 va 3. Birinchi uch klassi tekshiruvda, to‘rtinchisi esa rejalashda qo‘llaniladi. Taxtalarda bo‘yoq usulida tekshirish yuqorida ko‘rsatib o‘tilgandek bajariladi. Shtangen asboblar Shtangen asboblar mashinasozlikda ko‘p qo‘llaniladi. Ulardan detallarning ichki, tashqi diametrlari, uzunligi, eni, qalinligi, chuqurligi va boshqa qismlarini o‘lchashda foydalaniladi Shtangentsirkullarning uch turi-SHTS-I, SHTS-II, SHTS-III ishlatiladi. Ularning o‘lchash chegaralari har xildir: 0-125 mm (SHTS-1); 0-160 mm (SHTSII); 0-400 mm (SHTS-III). Nonius bo‘yicha sanoqlari 0,1 mm (SHTS-I) va 0,05 mm (SHTS-II va SHTS-III). Shtangentsirkul SHTS-I bilan tashqi, ichki o‘lchamlar va chuqurlikni o‘lchash mumkin. Shtangasining bitta uchida o‘lchash jag‘lari ikkinchi uchidan chizg‘ich bo‘lib, undan chuqurlikni o‘lchashda foydalaniladi. Shtanga bo‘ylab qo‘zg‘aluvchi ramka jag‘lari suriladi. O‘lchash jarayonida shtangaga qisqichni vint bilan mahkamlab qo‘yiladi. Shtangentsirkulning ostki jag‘i tashqi, ustki jag‘i esa ichki o‘lchamlarni o‘lchash uchun xizmat qiladi. Ramkaning qiya qirrasiga nonius shkalasi zarblangan. Shtangentsirkul SHTS-II yuqori aniqlikda o‘lchash imkonini beradi. Asbobning ustki jag‘i o‘tkirlangan bo‘lib, undan rejalash ishlarida foydalaniladi. Suriluvchi ramkaning shtangasi nisbatan o‘rnatish uchun mikrometrik surish (vintgayka)
mexanizmi bilan ta’minlangan.
Shtangentsirkul ko‘rsatkichini o‘qish. Shtangentsirkulni ko‘zning ro‘parasida tutib, millimetrlarning butun sonlarini chapdan o‘ngga qaratib, noniusning nolinchi shtrixi bilan sanaladi va noniusning shtanga shkalasi shtrixi bilan ustma-ust tushadigan shtrixi topiladi. Millimetrning yuzdan bir ulushlarini ifodalovchi chapdagi yaqinroq raqmga sanoq boshi kattaligini nonius qisqa shtrixining tartib raqamiga ko‘paytirishdan chiqqan natija qo‘shiladi.
|
| |