• Rejalash tsirkullari
  • Go‘niyalar: a-yassi; b-anlaj; v-T-simon tokchali




    Download 9,35 Mb.
    bet26/60
    Sana17.02.2024
    Hajmi9,35 Mb.
    #158280
    1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   60
    Bog'liq
    elektr uskunalariga xizmat klo\'rsatish O\'quv amalyoti O\'qitish

    Go‘niyalar: a-yassi; b-anlaj; v-T-simon tokchali
    Ish qirralari bir oz qiya chizg‘ichlarni ishlatish juda qulay. Ularni qo‘llaganda rejalash aniqligi oshadi. Go‘niyalar to‘g‘ri burchakli chiziqchalar chizishda ishlatiladi.
    Rejalashda yassi chilangarlik go‘niyalari, yo‘g‘on tokchali (anlaj) go‘niyalar, T-Simon tokchali go‘niyalar qo‘llaniladi. Yassi chilangarlik go‘niyasi eng qulay va ko‘p ishlatiladigan qurol hisoblanadi. Lekin uning yordamida perpendikulyar chiziqlarni yetarli aniqlikda chizib bo‘lmaydi. Bo‘nga sabab, birinchidan, go‘niyaning burchagi har doim bir oz ezilgan bo‘ladi va uni perpendikulyar chiqariladigan joyga ko‘z bilan chamalab qo‘yiladi; ikkinchidan, berilgan to‘g‘ri chiziqning ikki tomoniga perpendikulyar o‘tkazishda oldin to‘g‘ri chiziqning yuqorisiga, keyin ostiga perpendikulyar chizishga to‘g‘ri keladi. Buning uchun go‘niyani yuqoridan pastga olib qo‘yish kerak bo‘ladi. Bunda, albatta, xatoga yo‘l qo‘yiladi. Anlaj go‘niya yoki T-simon tokchali go‘niyani qo‘llaganda ularni detalning ishlov berilgan sirti yoki rejalash plitasi bo‘ylab yurgizish mumkin. Bunda vertical chiziqlar osongina xatosiz chiziladi. Rejalash tsirkullari aylanalar, yoylar chizishda, kesmalarni qismlarga bo‘lishda, o‘lchamlarni ko‘chirish va h.k. larda ishlatiladi. Oddiy, prujinali va almashtiriladigan oyoqli tsirkullar bo‘ladi. Rejalashda 0,05 mm aniqlikdagi shtangen-tsirkullar keng ishlatiladi. Oddiy tsirkullar sharnir 2 bilan biriktirilgan ikki oyoq 1 dan iborat. Ularning biriga o‘yiqli skoba 3 parchinlangan, ikkinchisidan vint 4 bor. Vint 4 ni burab, tsirkulь oyoqlarini zarur vaziyatga o‘rnatish mumkin.

    Rejalash tsirkullari
    Prujinali sirkullar. Sirkulning yuqori qismidagi yassi prujina 2 oyoqli 1ni o‘q 3 atrofida burishga va ularni kerishga intiladi, vint 5 va qirqma gayka 4 bunga qarshilik qiladi. Gaykani aylantirib, tsirkulni istalgan vaziyatga o‘rnatish mumkin.Tsirkullarning oyoqlari 45, 50 markali po‘latdan yasaladi va toblanadi. Tsirkulning asosiy o‘lchami eng katta kerilgan oyoqlar o‘rtasidagi masofa hisoblanadi. Oddiy tsirkullar 280, 350, 430 va 500 mm, prujinali tsirkullar 50, 80,
    120 va 150 mm o‘lchamli qilib ishlab chiqariladi.
    Kernerlar rejalash chiziqlarining o‘rnini aniqroq belgilash uchun ishlatiladi. Buning uchun ular yordamida chuqurchalar-kernlar tushiriladi. Oddiy, mexanik va elektr kernerlar ishlatiladi.

    Kerner quyidagicha ishlatiladi. Uni chiziq ustida tik ushlab, kallagi bosiladi. unda korpus va yo‘naltiruvchi vtulka pastga suriladi, prujina qisiladi, kerner yuqori uchi


    bilan polzunni bo‘shatadi. Polzun prujina ta’sirida zarb beradi. Zarb kuchi gayka 2 bilan rostlanadi. Elektr kerner korpus 1, elektromagnik 4 va o‘zak 3 dan iborat. Elektr toki o‘tganda elektromagnit g‘altagi o‘zakni tortadi. O‘zak pastga harakatlanib, kerner hisoblangan uchlik 5 ga zarb bilan uriladi. Kernlash paytida elektr kerner chiziq ustiga qo‘yiladi va uning korpusiga bir oz bosiladi. Korpus surilib, elektr kontaktlarni tutashtiradi, elektromagnit zanjiri ulanadi va uchlikka zarb tushadi. Oddiy kerner rasmda ish qismi, o‘rta va zarb qismlardan iborat bo‘ladi. Ish qismi konussimon qilib yasaladi. Rejalash chiziqlarini kernlash uchun ish qismi 600, teshiklarning markazini belgilab olish uchun 750 burchak ostida o‘tkirlanadi. Bu chuqurroq chuqurchalar tushirishga imkon beradi. O‘rta qism, ya’ni tsilindrik to‘rsimon g‘adir-budir qilib yasalgan. Kernerning zarb qismining uchi dumaloqlangan konusdan iborat SHunday tuzilganligi tufayli zarb hamma vaqt qurolning markaziga aniq tushadi. Kernerlar U7 va U8 markali uglerodli asbobsozlik po‘latidan yasaladi. Zarb beradigan va ish qismi toblanadi. Kernlash uchun 100-200 g li bolg‘a ishlatiladi. Mexanik kerner korpus 4, uning ichidagi prujina 1, yassi prujina 5 li polzun 3, vtulka 6, prujina 7 li kerner 9 dan iborat. Prujina 7 yo‘naltiruvchi vtulka 8 ichida harakat qiladi. Korpusga yuqoridan kallakli gayka 2 burab qo‘yilgan. Zarb paytida magnitning elektr zanjiri uziladi va prujina 2 ta’sirida o‘zak dastlabki vaziyatiga qaytadi. Markaz qidirgichlar teshiklarning markazini topishga imkon beradi. Oddiy markaz qidirgich (rasmga qarang) o‘ziga biriktirilgan chizg‘ichli go‘niyadan iborat. Chizg‘ich go‘niyaning to‘g‘ri burchak bissektrisasi hisoblanadi. Markaz qidirgich-go‘niyani buyumning tashqi sirtiga qo‘yib, chizg‘ich bilan to‘g‘ri chiziq o‘tkaziladi. U aylana markazi orqali o‘tadi. Go‘niyani ma’lum
    burchakka burib, ikkinchi to‘g‘ri chiziq chiziladi. Ular kesishgan joy qidirilayotgan markaz bo‘ladi. Markaz qidirgichlar transportir go‘niya-markaz qidirgichdan transportiri 2 borligi bilan farq qiladi. Transportir so‘rgich 4 yordamida chizg‘ich 3 bo‘ylab surilishi va gayka 5 bilan zarur vaziyatga mahkamlab qo‘yilishi mumkin.

    Download 9,35 Mb.
    1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   60




    Download 9,35 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Go‘niyalar: a-yassi; b-anlaj; v-T-simon tokchali

    Download 9,35 Mb.