|
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
|
bet | 31/60 | Sana | 17.02.2024 | Hajmi | 9,35 Mb. | | #158280 |
Bog'liq elektr uskunalariga xizmat klo\'rsatish O\'quv amalyoti O\'qitishMavzu: Metallni kesish
Reja:
1. Materiallarni kesib ishlash usullari
2. Metallarni kesish qismini o‘rganish.
2. Metallarni kesish o‘rganish.
Materiallarni kesib ishlash usullari odamlarga juda qadimdan ma‘lum. XII asrdayoq rus hunarmandlari qurol-aslaha ishlab chiqarishda qo‘l bilan ishlatiladigan parmalash, tokarlik va boshqa xil dastgohlardan foydalanganlar. Shu davrdan boshlab materiallarni kesib ishlash jarayoni o‘rganila boshlandi. Bu borada rus olimlaridan 109 I.A.Timening ishlari alohida o‘rin tutadi. U 1870 yilda nashr etilgan asarida materiallarni kesib ishlashda qirindining ajralish qonuniyatini tushuntirdi. 1893 yilda K.A.Zvorikin kesish kuchini o‘lchovchi gidravlik dinamometr yaratdi. Materiallarni kesib ishlash usullarining ildam qadamlar bilan rivojlanishi industrlashtirish yo‘llariga to‘g‘ri keladi. Bu borada olimlardan V.D.Kuznetsov, N.N.Zorev, G.I.Granovskiy, P.N.Bikov, V.F.Kolesov va boshqalarning xizmati\lari katta. Hozirda mashinasozlik zavodlaridagi stanoklar parki ilg‘or texnologiya bo‘yicha tuzilgan dastur asosida boshqariladigan, yarim avtomatik va avtomatik ishlaydigan turli xil stanoklar bilan jihozlangan. Kesish jarayonining turlari quyidagilar: Kesib ajratish. Kesish jarayonining bu turi pona rasmidagi asbob bilan bajariladi, bunda material ikki bo‘lakka bo‘linadi Kesib olish. Bu holda kesish jarayoni ikkita kesuvchi asbob vositasida amalga oshiriladi va bunda ham material ikki bo‘lakka bo‘linadi. Qirindi ajratish. Bunda kesish jarayoni har xil kesuvchi asboblar yordamida tayyorlama sirtida materialning ma‘lum qatlamini qirindi tarzida ajratib olishdan iborat Kesishning yuqorida ko‘rib o‘tilgan uchala turida asbobning kesuvchi qirrasi kesish jarayonida nisbiy harakat qiladi. Konstruksion materiallarni dastgohlarda keskichlar bilan kesib ishlashda keskich tayyorlamaga botirib, unga nisbatan ilgarilama harakatlanayotganda ma‘lum qalinlikdagi metall qatlamini qirindi tarzida yo‘naladi. Kesib ishlash usullari xilma-xil bo‘lib, ular asosan yo‘nish, randalash, parmalash. frezerlash, jilvirlash xillariga bo‘linadi. Ma‘lumki, kesib ishlashda keskich tayyorlamaga botirilganda uning old qismidagi metall avval elastik, keyin plastik deformatsiyaga berila boradi. Bunda metall donalari ma‘lum tekislik bo‘yicha siljiydi, buriladi va maydalanib, puxtalanib boradi va natijada tayyorlamaning, keskichga ko‘rsatayotgan qarshiligi orta boradi. Demak, qirindi ajralishi uchun keskichga berilgan kuch tayyorlama qarshiligini engish kerak. Silindrlar tashqi ko‘rinishga ko‘ra quyidagi asosiy xillarga ajratiladi.
Chilangar biror buymni tayorlash uchun unga shu byumning chizmasi va zagatovkasi bolish kerak. Malumki metal qatlamni yonish yoli bilan zagatovkadan detal tayorlanadi. Zagatovkaning qayerdan va qayergacha yonish kerakligini bilish uchun oldin zagatovka rejalab olinadi.
Qirqishning nimaga mo‘ljallanganligini va qirqish usullarini:
kerakli asboblarni va ulardan foydalanish, ish o‘rnini tashkil qilish va xavfsiz ishlash qoidalarini; panja, tirsak va yelka zarblari berishni; zubilo va kreytsmeysel burchaklarini charxlash va nazorat qilish tartiblarini; metallni gira jag‘lari sathida va undan yuqori sathda qirqish usullarini o‘rganish;
xavfsiz ishlash va ish o‘rnini tashkil qilish qoidalariga rioya qilish; panja, tirsak va yelka zarblari bilan qirqish; metallni gira jag‘lari sathida va undan yuqori sathda qirqish; buning uchun zarur asbobni charxlash va charxlash burchagini tekshirish amallarini egallash.
|
| |