• Ishning vazifalari
  • 2.3-rasm. Dastaki qaychilar.
  • Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi




    Download 9,35 Mb.
    bet32/60
    Sana17.02.2024
    Hajmi9,35 Mb.
    #158280
    1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   60
    Bog'liq
    elektr uskunalariga xizmat klo\'rsatish O\'quv amalyoti O\'qitish

    Ishning maqsadi:
    -metallni zubilo, kreytsmeysel, qo‘l arra va quvur keskich hamda yuritmali arra, dastakli qaychilar, jodi qaychilar va ikki diskli qaychilar, elektr qaychilar, abraziv charxtoshlar bilan kesishdagi amallarning nimaga mo‘ljallanganligini va bajarilish usullarini, ish o‘rnini tashkil etish, xavfsiz ishlash qoidalarini o‘rganish;
    -material tasmasini, shuningdek, kvadrat, doiraviy kesimli metallni rejalamasdan va reja chiziqlariga binoan kesib olish; stanoklarda va mexanizatsiyalashtirilgan asboblarda (yuritmali arra stanoklari hamda elektr qaychilar bilan) ishlash, ish usullarini to‘g‘ri bajarish, xavfsiz ishlash qoidalariga rioya qilish, ish o‘rnini oqilona tashkil etish kabi amallarni egallash.
    Ishning vazifalari:
    1. Kesishda ishholatini o‘zlashtirish.
    2. Barmoq, zarbberish.
    3. Tirsakzarb berish.
    4. Yelka zarbberish.
    5. Zubiloni ushlash.
    Jihozlar va asboblar:500-600 g. li chilangarlik bolg‘alari, yog‘och taxtachalar yoki mashq moslamalari, chilangarlik zubilolari. Talabalar duch keladigan iyinchiliklar va yul kuyadigan xatolar xamda ularning oldini olish Metall qirqishda talabalar uchun asosiy qiyinchilik aniq zarb berishni o‘rganishdan iborat. Buish, enga vvalo, panja zarb berish usulini o‘zlashtirishni talab qiladi. Kuch ishlatib zarb berishdan qochish kerak. Butun e’tibor siltov vazarb to‘g‘ri bajarilishiga qaratilishi lozim. Faqat to‘g‘ri va aniq zarb berishga o‘rganilgandan keyingina zarb kuchi oshibboradi. Shuni esda tutish kerakki, qirqishdagi zarb kuchi bolg‘acha bilan zubilo o‘qi bo‘ylab anik, zarb berilgandagina hosil bo‘ladi, bunga esa birdaniga erishib bo‘lmaydi.
    Qirqish paytida talabalar odatiy hatolarga yo‘l qo‘yadilar: bolg‘acha dastasining o‘rtasidan ushlash bilan zarb kuchini kamaytiradilar (bunda dastaning chikib turgan qismi ishlashga halal beradi), chap qo‘l bilan esa zubiloning qirkuvchi qismiga yaqin joyidan ushlanadi (bu holda zubiloning kattagina qismi tashqariga chiqib turganligidan zarb ham noaniq bo‘ladi).
    Talabalar ko‘pincha qirqish sur’atini buzadilar: odatda, keragidan 2-3 marta tezroq qirqishadi. Ishlovchi o‘ng qo‘lining mushaklari siltov oxirida ham, zarbdan keyin ham bo‘shashmaydi: bolg‘achaning orqaga berishidan dam olish uchun foydalanilmaydi, natijada u tez charchab qoladi. Shunday qoida mavjud: panja zarb tez sur’atda, tirsak va yelka zarblar esa sekin sur’atda beriladi. Past sur’atda talaba charchamaydi va qirqish usullarining hamma jihatlari to‘g‘ri bajarilayotganligini yaxshiroq kuzatib turadi.
    Talabalar qirqish vaqtida zubiloni tekislikka nisbatan katta burchak hosil qilib, tik qo‘yadilar, oqibatda, zubilo metallga qiyalab kesib kiradi, gira jag‘lariga urilib, o‘tmaslashadi va ularni buzadi. Ba’zan qirqish noto‘g‘ri bajariladi: gira jag‘lari o‘qlariga nis¬batan 45° burchak hosil qilib qirqish o‘rniga deyarli yotiq holda gira jag‘lari bo‘ylab qirqiladi. Tepadan yoki yon tomondan urishga, gavdani dastgohga nisbatan o‘ngga haddan tashqari burib turishga odatlanmaslik kerak. Taxtada qirqishda talabalar yelka bilan siltov berish o‘rniga tepadan urib, noto‘g‘ri qirqadilar. Ish bo‘yicha hisobotda: Ishning maqsadi va vazifalari, kerakli jihozlar,
    ishning bajarish tartibi, havfsizlik qoidalari ko‘rsatiladi Metall qirqish asboblari. Chilangarlik o‘quv ustaxonalarida metallarga ishlov berishda qirqiladigan metallning turi, o‘lchami va ulardan qirqib olinadigan zagotovkaning shakliga qarab turli xil metall qirqish asboblari ishlatiladi. Chilangarlik qaychilari dastaki va richagli (mexanik) qaychilarga bo‘linadi. O‘quv ustaxoialarida, ko‘pincha dastaki qaychilar ishlatiladi. Dastaki qaychilar (2.3-rasm) dasta va tig (ish qism) lardan iborat bo‘lib, U7, U8 markali uglerodli asbobsozlik po‘latidan tayyorlanadi. Dastaki qaychilar yordamida qalinligi 1 mm gacha bo‘lgan temir tunukalar va qalinligi 2 mm gacha bo‘lgan rangli metall listlarni qiyish mumkin. Dastaki qaychilar o‘naqay va chapaqay bo‘ladi. O‘naqay qaychining pastki tig‘i o‘ng tomonda, chapaqay qaychiniki yesa chap tolonda joylashgan bo‘ladi.O‘naqay qaychi bilan soat strelkasi yo‘nalishida, chapaqay qaychilar bilan soat strelkasiga teskari yo‘nalishda qiyiladi. Qaychi tig‘lari qiyiladigan metallarning turiga qarab: rangli metallar uchun 60—65°, temir tunukalar uchun 70—75a burchak ostida charxlanadi. Qaychi tig‘larini o‘rnatganda ular orasida 0,2 mm zazor qoldiriladi. Tig‘lar orasidagi zazor ortib kesa, qiyish qiyinlashadi, qiyish vaqtida tunukaning cheti buklanib qoladi. Shuning uchun ish vaqtida qaychining gaykasi bo‘shab kesa, uni qotirib olish kerak. Dastaki qaychilar yordamida qiyish vaqtida qpyiladigan
    metallning qalinligiga qarab qaychini qo‘lda tutib yoki tiskiga o‘rnatib olib qiyish
    mumkin.
    2.3-rasm. Dastaki qaychilar.
    Dastaki qaychilar bir qator afzalliklariga ko‘ra qaychini tiskiga o‘rnatib olib qiyish qulaydir. Bu usul bilan qiyishda ortiqcha kuch sarflamasdan oson va to‘g‘ri qiyiladi (2.3-rasm). Qalinligi 1 mm dan ortiq temir tunuka va listlarni qiyishda richagli qaychilar bilan bir qatorda kundaga o‘rnatiladigan qaychilardan foydalanish qulaydir, chunki ularning dastasi (yelkasi) uzun bo‘lib, qiyish vaqtida ortiqcha kuch qo‘yilmaydi. O‘tkir jag‘li ombur sim va har xil ingichka sterjenlarni qirqish uchun ishlatiladi. Ular VI markali asbobsozlik po‘latidan tayyorlanadi va jag‘lari toblanib bo‘shatiladi, so‘ngra charxlab o‘tkirlanadi. O‘tkir jag‘li omburlar duradgorlik omburiga o‘xshash bo‘lib, har xil o‘lchamda tayyorlanadi. Undan mixlarni sug‘irish maqsadida foydalanish mumkin yemas. O‘lchamlariga mos keladigan yo‘g‘onlikdagi sim va sterjenlarni qo‘ldagina qirqish kerak. Qo‘lning kuchi yetmagan hollarda bolg‘alab qirqishga yo‘l qo‘yilmaydi. Bolg‘alash natijasida jag‘lar sinishi, uchib ketishi mumkin. O‘tkir jag‘li ombur bilan qirqish mumkin bo‘lmagan qattiq vayo‘g‘on simlarni zubila bilan qirqiladi yoki egovning qirrasi bilan egovlab iz hosil qilinadi va sindirib olinadi.


    Download 9,35 Mb.
    1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   60




    Download 9,35 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

    Download 9,35 Mb.