|
Mavzu: Parmalash, zenkovkalsh va razvyortkalash
|
bet | 51/60 | Sana | 17.02.2024 | Hajmi | 9,35 Mb. | | #158280 |
Bog'liq elektr uskunalariga xizmat klo\'rsatish O\'quv amalyoti O\'qitishMavzu: Parmalash, zenkovkalsh va razvyortkalash
Reja:
1. Parmalash jarayoniga oid umumiy ma’lumotlar
2. Parmalarni charhlash
3. Parmalashda qirqish rejimlari
4. Mexanizatsiya vositasida va qo‘lda parmalash
5. Parmalash dastgohlari
Parmalash jarayoniga oid umumiy ma’lumotlar
Kesuvchi asbob-parmaning o‘z o‘qi atrofida aylanma va ilgarilama harakat qilishi tufayli yaxlit materialni teshib, undan qirindi hosil qilish jarayoni parmalash deb ataladi. Mahkamlash detallari bolt, vint, parchin mix, shpilka va boshqa detallar uchun teshiklar ochish, rezba kesish, kengaytirish, zenkerlash uchun detallar hamda ularning qismlari parmalanadi.
Yuqori darajadagi aniqlik talab qilinadigan teshiklar (parmalangandan keyin) zenkerlanadi. Parmalash aniqligi va sifati ko‘p jihatdan dastgohning sozligi va kesuvchi asbobning to‘g‘ri charxlanganligiga bog‘liq. Parmalar legirlangan va uglerodli po‘latdan tayyorlanadi. Teshiklarni ochish, kengaytirish uchun spiral parmalar ishlatiladi. Spiral parma ikki tishli kesuvchi asbob bo‘lib, u ishchi va quyruq qismlardan tuzilgan. Ishchi qismi konussimon (kesuvchi) va tsilindrsimon (yo‘naltiruvchi) qismlarga bo‘linadi. Kesuvchi qismida ikkita kesuvchi qirra (uchidagi burchak) va ular orasida, 45-55 burchak hosil qilib tutashtirgich joylashgan. Tutashtirgich ariqchalar orasida diametri 0,15-0,2 mmli o‘zak borligi tufayli hosil bo‘ladi. Parmalashda tutashtirgich kesmaydi. Balki metallni qiradi. U parmani chetlatishga teshikni kengaytirishga yordam beradi. Tasmalar-parma vint ariqchalari bo‘ylab tsilindrsimon sirtda joylashgan ikkita ensiz polosadir. Ular parmaning teshik doirasida ishqalanishini kamaytirish uchun xizmat qiladi, parmani teshikka yo‘naltiradi va chetga chiqib ketmasligini ta’minlaydi. Diametri 0.25-0,5 mm bo‘lgan parmalar tasmasiz tayyorlanadi. Tish-kesuvchi qirrasi bo‘lgan, parmaning pastki uchidan chiqib turadigan qismi. Tishning kesuvchi qismi torets yuzaga ega. Oldingi yuza ariqchaning qirindidan tushadigan bosimini qabul qiladigan yuzasi. Vint ariqchalar parmaning tsilindrsimon qismida bir-birining ro‘parasida joylashgan. Ular parmalanayotgan teshikdan qirindilarning chiqishini ta’minlaydi. Ariqchalar parma kesayotgan qirralar to‘g‘ri chiqishini va qirindining chiqishi uchun zarur bo‘shliq bo‘lishini ta’minlaydigan maxsus profilga ega.
Spiral parmalar U10 va U12 rusumli uglerodli asbobsozlik po‘latidan, legirlangan 9X (xromli), xrom-kremniyli 9XS va tezkesar R9, R18, R6M5, VK8 va T15 K6 rusumli po‘latlardan yasaladi. Bularning ichida eng ko‘p tarqalgani tezkesar po‘latdan tayyorlangan parmalardir.
|
| |