|
Parmalashda qirqish rejimlari
|
bet | 52/60 | Sana | 17.02.2024 | Hajmi | 9,35 Mb. | | #158280 |
Bog'liq elektr uskunalariga xizmat klo\'rsatish O\'quv amalyoti O\'qitishParmalashda qirqish rejimlari
Parmalashda kesishning asosiy elementlari quyidagichadir: kesish tezligi, surish va kesish chuqurligi. Kesish tezligi v-kesuvchi qirraning asbob o‘qidan eng uzoqlikda yotgan nuqtasining vaqt birligi ichida o‘tgan yo‘li (m/min). Agar parmaning aylanish chastotasi va diametri ma’lum bo‘lsa, kesish tezligi Dn/1000 formula yordamida hisoblanadi, bu yerda: v-kesish tezligi, m-min; D-parmaning diametri, mm; parmaning aylanish chastotasi, ayl/min; ν-o‘zgarmas son 3,14 (tezlik minutig‘a metr hisobida, diametr millimetrlarda o‘lchanganligi uchun ko‘paytmani
1000 ga bo‘lish zarur). Aylanish chastotasi n-parmaning minutiga aylanish soni (ayl/min). Agar parmaning diametri va kesish tezligi ma’lum bo‘lsa, u holda asbobning aylanish chastotasini (ayl/min) formula yordamida aniqlash mumkin. Surish S-zagotovka bir marta aylanganda parmaning o‘q bo‘ylab surilishi(mm/ayl).
Kesish chuqurligi t (mm)-ishlov berilgan yuzadan parma o‘qigacha bo‘lgan oraliq (ya’ni, parmaning radiusi) tD2 mm formula yordamida aniqlanadi. Parmalab kengaytirishda kesish chuqurligi parma diametri bilan ilgari ishlov berilgan teshik diametric ayirmasining yarmiga teng bo‘ladi.
Mexanizatsiya vositasida va qo‘lda parmalash
Parmalash maxsus dastgohlarda bajariladi. Qo‘l yetmaydigan noqulay joylardagi teshiklarni dastakli parma, tartarak, dastakli elektr va pnevmatik parmalash mashinalarida parmalanadi. Tartarak (treshetka) katta diametrli (30 mm gacha) teshiklarni parmalashda qo‘llaniladi. Uning shpindeli, vilka, dastasiga o‘rnatilgan. Shpindelning bir uchiga detal o‘rnatish uchun teshik ochilgan, boshqa uchiga esa to‘g‘ri burchakli kertik kesilib, o‘nga uzun gayka burab kiygizilgan.
Tartarak bilan parmalash uchun uni tutqich bilan mahkamlanadi. Tutqich parmani
muayyan vaziyatga sozlaydi. Aylanma harakat to‘sqichli g‘ildirak bilan amalga oshiriladi. Dastani ma’lum burchakka burilganda lo‘kidon to‘sqich tishiga tiqilib, uni aylantiradi. Prujina lo‘kidonni doimo to‘sqichli g‘ildirakka itarib turadi. Dastani aylantirganda shpindel ham o‘nga qo‘shilib faqat bir tomonga aylanadi.
Qo‘l dreli bilan 10 mm gacha bo‘lgan teshiklarni parmalash mumkin. Drel shpindel, vallar, tishli g‘ildiraklar, tayanch va richakka o‘rnatilgan dastadan tuzilgan. U ikki tezlikli bo‘lib, dastlab detalni giraga qisiladi, keyin dastani aylantirib shpindelga aylanma harakat uzatiladi. Yuqori taglikda parmalash. 2-4 mm li teshiklarni parmalashda zagotovkani giraga mahkamlanadi. Chap qo‘l bilan tutqichni ushlab, o‘ng qo‘lda qo‘zg‘aluvchi dasta aylantiriladi. Dastakli elektr parmalash mashinalari 8-9 mm gacha bo‘lgan teshiklarni parmalash uchun qo‘llaniladi. Odatda, bunday mashinalarning korpusi pistolet shaklida bo‘ladi. I-90 rusumli parmalash mashinasi boshqalardan ko‘ra ko‘proq ishlatiladi. Mashinaning elektryuritgichi universal kollektorli konstruktsiyasiga ega bo‘lib, u o‘zgaruvchan va o‘zgarmas tokda ishlaydi. Kuchlanish chastotasi 220V.
|
| |