|
Oltin tarkibli sulfidli ruda Q=4 mln t/yil, α=2,2%, βk=20%, ε=83%, d=250 mm, D=900mm
|
bet | 3/10 | Sana | 15.01.2024 | Hajmi | 304,76 Kb. | | #137689 |
Bog'liq Oltinning asosiy xossalari va qo’llanilish o’rinlari1-jadval
T/r
|
Mineral
|
Mikdori,%
|
Au
|
1
|
Oltin
|
70-100
|
2
|
Elektrum
|
5-70
|
3
|
Kyustelit
|
10-28
|
4
|
Kumush
|
0-0,8
|
5
|
Misli oltin
|
74,3-80,1
|
6
|
Parledit
|
85,48
|
7
|
Molodonit
|
64,5
|
8
|
Oltin amal’gamalari
|
34,2-41,6
|
9
|
Misli kumush
|
-
|
10
|
Kumush amal’gamalari
|
0-0,8
|
11
|
Ruxli kumush
|
-
|
12
|
Platinali oltin
|
86,0
|
13
|
Iridiyli oltin
|
62,1
|
14
|
Radiyli oltin
|
88,4
|
Bu jarayonlarning asosiy maqsadi rudalar tarkibidagi oltinni,oltinli minerallarni ochish,yuzini keyingi gidrometallurgiya yoki boyitish usullari uchun moslashtirishdir,
Maydalash va yanchish jarayoni,barcha sarf xarajatning 50% ni tashkil etadigan og’ir va murakkab ishdir.Sju boisdan oltinli zarra ochilib, u boyitish va gidrometallurgiya jarayoniga yaroqli bulsa, o’ta yanchishning zarurati yuq.
Maydalash sxemalarini tanlash va hisoblash
Ruda tayyorlash jarayonlari maydalash, elash va yanchish jarayonlarini o`z ichiga olib, rudani boyitilishga moyilligi, ishlatilishi mumkin bo`lgan dastgohlarning texnologik xususiyatlari hamda xossalari va tarkibi jihatidan o`xshash rudani qayta ishlash tajribalari asosida tanlanadi. Fabrikaga berilayotgan mahsulotning yirikligi loyihaning kon qismi bo`yicha aniqlanadi, boyitishning birinchi jarayonga kelib tushadigan mahsulotning yirikligi va boyitishning usuli boyitilishga o`tkaziladigan tadqiqotlar asosida o`rnatiladi. Rudaning fizik xususiyatlari: qattiqlik, granulometrik tarkib, namlik, loyning miqdori, maydalanuvchanlik, elanuvchanlik, yanchiluvchanlik, maydalash, elash, yanchish usullarini va bu jarayonlarni bajarish uchun apparatlar turini belgilaydi. Sxemani tanlashga loyihalashning umumiy sharoitlari: rayonning iqlimiy sharoiti, korxonaning ishlab chiqarish unumdorligi, konni qazib olish usuli, fabrikaga rudani berish usuli va boshqalar ta`sir qiladi. Ba`zan, mayda mahsulotni ajratish va bo`lakli rudani alohida to`plashga to`g’ri keladi.
Loyihalovchiga tekshirilayotgan rudaga o`xshash rudani boyituvchi fabrikaning ekspluatatsiya ko`rsatkichlarini bilish muhim ahamiyatga ega. Loyihada tekshirishdan o`tgan yechimlarni qo`llash qurilgan fabrikada tuzatilishi qiyin bo`lgan xatoliklarning oldini oladi. Ayrim texnologik bo`g’imlarni qayta qurish katta harajatlarni talab qiladi va korxonaning ishlab chiqarish quvvatini o`zlashtirishga vaqtni yo`qotadi.
Maydalash jarayonlari foydali qazilmalarni tegirmonda yanchish yoki foydali mineral o`lchami kattaroq bo`lganda to`g’ridan-to`g’ri boyitishga tayyorlash uchun ishlatiladi. Maydalash-saralash fabrikalarida maydalash jarayonlari mustaqil ahamiyatga ega.
Maydalash jarayonlari o`zlariga tegishli elash jarayonlari bilan birgalikda maydalash bosqichini, maydalash bosqichlarining yig’indisi maydalash sxemasini tashkil qiladi.
Maydalash sxemalari bir, ikki, uch va undan ortiq maydalash bosqichlarini o`z ichiga oladi.
Bir bosqichli sxemalarning soni maydalash bosqichlari ko`rinishlarining soni, ya`ni, to`rtga teng. Ikki bosqichli maydalash sxemalarining mumkin bo`lgan soni nisbatan ko`p. Bir bosqichli maydalash sxemalarining har qaysi varianti maydalash bosqichlari ko`rinishlarining to`rttasidan istalgan birini qo`shish orqali ikki bosqichli maydalash sxemasiga o`tkazilishi mumkin.
|
| |