Oltin tarkibli sulfidli ruda Q=4 mln t/yil, α=2,2%, βk=20%, ε=83%, d=250 mm, D=900mm




Download 304,76 Kb.
bet2/10
Sana15.01.2024
Hajmi304,76 Kb.
#137689
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Oltinning asosiy xossalari va qo’llanilish o’rinlari

1. Nazariy qism
1.1. Oltinning asosiy xossalari va qo’llanilish o’rinlari
1.2. Oltinning rudalari va minerallari
1.3. Sulfidli oltin tarkibli rudalarni boyitish va qayta ishlash usullari
Oltin juda qadim zamonlardan beri odamzod tomonidan ishlatilib kelinadigan metallardandir. Oltin odamlar ibtidoiy bo`lib yashagan paytlarda ham ma`lum bo`lib, uni daryo va ko`l suvlaridan yuvib olar edilar. Uning quyoshdek tovlanib, issig’u sovuqda turli tuman aralashma va eritmalarda o`zgarmay, erimay va o`z xususiyatini zarracha o`zgartirmay qola olishi, uning qadri qiymatini oshirib yubordi. Uning er qobig’idagi miqdori 0,000001% xolos (10-5%). Er yuzasining bir kilometr chuqurlikkacha boradigan tashqi pustlog’ida kamida 5000 000 000 (5 mlrd.) t. oltin bor. Oltinning solishtirma og’irligi 19,258 g/sm3.
Erish temperaturasi 1063 0S. Qaynash temperaturasi 2200 va 2598 0S. Oltin boshqa metallarga qaraganda yumshoq, shu sababdan undan 1/250000 dyuym yoki 1/1000 mm zar qog‘oz (fol’ga) yasash mumkin. 1 gr oltinni salkam 3 km uzunlikka cho`zish mumkin.
Nodir metallar guruhiga oltin bilan bir qatorda palladiy, iridiy, osmiy, radiy va ruteniylar kiradi. Oltinning eng yaqin xususiyatini o`zida jamlagan, ammo havoda uzoq tursa oksidlanib, qorayib qoladigan, ayrim kislotalarda eriydigan kumush ishlab chiqarish va xalq xo`jaligida ishlatilishi jihatidan oltindan keyingi o`rinda turadi. Oltin o`zining o`zgarmas va nodir xususiyatlari bilan davlatlararo pul muomilasi o`rnida, valyuta sifatida keng ishlatiladi. Bundan tashqari u davlatlarning jaxon banklaridagi boylik jamg’armalari sifatida undan foydalanib boylik orttirib daromad keltiruvchi vazifani ham bajaradi.
Davlatlararo tovar ayrboshlashda oltin birdan bir ishonchli muomala vositasidir.
Fan va sanoatda oltin (yuvelir) zargarlik, tish protezlash, miditsinada, kosmik laboratoriyada va stantsiya qurilmalarida qotishma-metall sifatida, o`tga va kislotaga chidamli asbob uskunalarda ishlatiladi.
Oltin-oltin rang, sariq, engil bolg’alanuvchan, yumshoq metall, tomonlari markazlashgan kub shakl kristallik panjaraga ega, a= 4,0704 A, kumush ham yumshoq metall bo`lib, fakat ranggi kumushsimon ok, a=4,0772 A. Ularning fizik kimyoviy xususiyatlarining o`ta yaqinligidan, bir-biridan cheksiz eriy oladigan qotishmalar qatorini hosil qilish mumkin.
Oltin kimyoviy faol bo`lmagan element. elektronga nisbatan olganda eng nodir metaldir. Hatto yuqori temperaturalarda ham kislorod, azot, vodorod va uglerod bilan kimyoviy reaktsiyaga kirishmaydi. Kimyoviy birikmalarda u bir va uch valentlidir. Ammo uning birikmalari uncha kuchli bo`lmay, tezda metall holiga qaytarila oladi. Suvli suyuk eritmalarda, masalan: Ai = Ai + e; elektron potentsiali  = 1,686 va Ai = Ai + 3v reaktsiyasi uchun, elektron potentsiali;  = 1,506. SHuning uchun oltin ishqorlarda, kislotalarda (azot, sul’fat, xlor, organik) erimaydi. Biroq oltin kislotalar aralashmasi: xlor bilan azot, sul’fat bilan marganetsli, sulfat bilan azotlarda eriydi.
Ruda tarkibida uchraydigan oltinlar asosan katta va kichik bo`lgan, turli shakllardagi tug’ma oltinlardir. Oltin boshqa elementlar bilan kimyoviy birikmalar hosil qilmaydi. Uning boshqa metallar bilan eritma-qotishmalari tabiatda uchraydi. Kimeviy birikmalarida tellurid va selinid shaklda minerallari uchraydi. Oltin minerallari tarkibidagi aralashmalar-kumush, mis va temirdir.
Oltin ya`ni nodir metallar metallurgiyasi ustida katta xizmatlari bo`lgan I. N.Plaksinning ko`rsatishicha, oltin sirtidagi oksid parda quyidagicha bo`lishi mumkin .
1.Sul’fidli minerallar bilan birikkan oltin zarralar (arsenopiritli, galenitli).
2.Temir oksidining mustahkam qobig’i.
3.Argentitli qora tusli qobiq
4.Oltin ustidagi rangli tovlanmalar
5.Oksidning qora pardalari
Oltin er qobig’ida juda kam miqdorda mavjud bo`lib, simobga qaraganda 200 marta kam.
Oltinning asosiy minerallari 1-jadvalda keltirilgan.



Download 304,76 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 304,76 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Oltin tarkibli sulfidli ruda Q=4 mln t/yil, α=2,2%, βk=20%, ε=83%, d=250 mm, D=900mm

Download 304,76 Kb.