• Yanchish sxemalarini tanlash va hisoblash
  • 2-rasm. Yanchish sxemasi
  • Maydalagichlarni tanlash va hisoblash




    Download 304,76 Kb.
    bet5/10
    Sana15.01.2024
    Hajmi304,76 Kb.
    #137689
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    Oltinning asosiy xossalari va qo’llanilish o’rinlari

    Maydalagichlarni tanlash va hisoblash
    2-jadval

    Markasi

    Ezuvchi konusning taglik diametri, mm

    Yuklangan materialning maksimal hajmi, mm

    Chiqish oralig'ini sozlash chegaralari, mm

    Ish unumdorligi, t/s

    O'rnatilgan quvvat, kVt

    Ishlash og'irligi, kg

    Umumiy o'lchamlar, mm

    ККД-1500/300

    2550

    1200

    300

    2300*

    2x400

    469000

    48080x7110x10105

    Bizda bu yerda = maydalanish kerak.


    ККД-1500/300 maydalagich uskunamizning soatlik ish unumdorligi
    ekanligidan kelib chiqib maydalagichlar sonini topamiz:

    Demak biz tog’ jinsini maydalash uchun 1ta konusli maydalagichdan foydalanamiz.
    Yanchish sxemalarini tanlash va hisoblash
    Bizda 1-jarayon maydalash jarayonidan so’ng ikkinchi jarayon ya’ni yanchish jarayonini boshlaymiz
    Bizda maydalashdan chiqqan mahsulotlar o’lchami , va ishlab chiqarish quvvati ekanligini hisobga olgan holda yanchish sxemalarini tanlaymiz.
    Yanchish ma`lum yiriklikka ega zarrachalar olish, yanchilgan mahsulotning berilgan solishtirma yuzasiga erishish,rudali va noruda minerallar yuzasini ochish, mahsulotni fizik va kimyoviy o`zlashtirish maqsadida qo`llaniladi.
    Yanchish texnologiyasi foydali qazilmani qayta ishlash texnologiyasining shartlarini hisobga olgan holda tanlanadi.
    Boyitish fabrikalarida ruda va boshqa foydali qazilmalarni barabanli tegirmonlarda yanchish bir, ikki va uch bosqichli sxemalar orqali amalga oshiriladi.
    Bir bosqichli yanchish sxemalari uncha katta bo`lmagan quvvatga ega (200 t/sutka gacha), shuningdek, katta quvvatga ega bo`lgan fabrikalardan nisbatan dag’al (0,2 mm gacha) yanchishda qo`llaniladi.
    Barabanli, sharli, sterjenli va ruda-galkali tegirmonlar yopiq siklda va kamdan-kam hollarda ochiq va qisman ochiq sikllarda ishlaydi. Ochiq siklda yanchilgan mahsulot tegirmondan faqat bir marta o`tadi va tayyor yanchilgan mahsulot olinadi.
    Ochiq siklda yanchish sterjenli tegirmonlar uchun quruq va ho`l yanchishda, sharli tegirmonlar uchun esa faqat quruq yanchishda ishlatiladi.
    Yopiq siklda tegirmon spiralli klassifikator, gidrotsiklon yoki elak bilan birgalikda o`rnatiladi.
    Ikki bosqichli yanchish sxemalari o`rtada va katta quvvatdagi boyitish fabrikalarida rudani ancha mayin (0,15 mm gacha) tuyishda qo`llaniladi.
    Ikki bosqichli yanchish sxemalari mahsulotning birinchi bosqichdan ikkinchi bosqichga uzatish, ya`ni quyilma yoki qum bo`yicha uzatish usuli bilan bir-biridan farq qiladi. Birinchi holda birinchi va ikkinchi bosqichdagi tegirmonlar to`liq yopiq siklda, ikkinchi holda esa birinchi bosqich tegirmonlar ochiq yoki qisman ochiq siklda, birinchi bosqichdagisi esa yopiq siklda ishlaydi. Birinchi va ikkinchi bosqichdagi tegirmonlar ketma-ket o`rnatiladi.
    Yanchishning yopiq siklida yanchuvchi mahsulot tegirmondan klassifikatorlarga tushib, ikki mahsulot-quyilma ajraladi. Quyilma boyitishga yuborilsa, qum talab qilinadigan kattalik yanchilmaguncha qayta-qayta tegirmonga qaytariladi. Yopiq sikl tartibida qumning massasi doimiy aylanib, u tegirmon ichida aylanuvchi yuk deb ataladi.
    Tegirmonga tushadigan rudaning miqdori, o`lchami, qattiqligi, suvning berilishi, nasoslarning va gidrotsiklonlarning ishlash tartibi o`zgarganda tegirmon ichida aylanadigan yukda o`zgarishlar sodir bo`ladi.
    Tegirmon yopiq siklda ishlaganda tegirmonning ruda bo`yicha ishlab chiqarish unumdorligi ortishi bilan uning ichida aylanadigan yuk ortadi. Uncha katta bo`lmagan (400 % gacha) aylanuvchi yuk tegirmonning ishlab chiqarish unumdorligini sezilarli darajada orttiradi. Tegirmon ichida aylanuvchi yukning miqdorini ortishi muhsulotning tegirmon ichidan o`tish tezligini orttiradi, bu esa mahsulotning o`ta yanchilishining oldini olib, tegirmonning ishlab chiqarish unumdorligini orttiradi. Bu yukning keragidan ortishi tegirmonning ishlab chiqarish unumdorligining pasayishiga olib keladi. Sharli, rudali va ruda galkali tegirmonlar asosan yopiq siklda ishlaydi. Odatda tegirmonlar ichida aylanuvchi yuk foizlarda ifodalanadi:
    C = S / Q
    bunda,
    S – qumning og’irligi;
    Q – dastlabki mahsulotning og’irligi.

    Tegirmonga tushadigan umumiy mahsulotning og’irligi


    Qu = Q + S = Q + SQ = Q (1 + S)
    Aylanuvchi yuk dastlabki mahslotning og’irligiga qarab 50 dan 700 % gacha chegarada o`zgarishi mumkin. Tegirmonning dastlabki mahsulot bo`yicha ishlab chiqarish unumdorligi ortsa yoki quyulmaning mayinligi ortsa, aylanuvchi yuk ortadi. Haddan ortiq aylanuvchi yukda yanchish sharoiti yomonlashadi.
    Yanchish sxemalarini tanlashda rudaning moddiy tarkibi va fizikaviy xossalari, yanchishning talab qilinadigan o`lchami, minerallar yuzasining ochilish darajasi, kapital va ekspluatatsiya xarajatlari va h.k. larni hisobga olish kerak. Rudani sharli yanchishda uning tarkibida 15 % tayyor mahsulot bo`lganda yanchishning birinchi bosqichidan oldin dastlabki klassifikatsiya ishlatiladi. To`liq yopiq siklda tekshiruvchi klassifikatsiya yanchilgan mahsulot yirikligini nazorat qilish, tegirmonning ishlab chiqarish unumdorligini oshirish va mahsulotning shlamlanishni kamaytirish uchun qo`llaniladi. Rudali o`zini o`zi yanchishda ikki bosqichli yanchish sxemasi qo`llaniladi. Birinchi bosqichi "Kaskad" yoki "aerofol" turdagi tegirmonlarda spiralli klassifikator, elak, pnevmatik klassifikator kabilar bilan yopiq siklda, ikkinchi bosqichi esa gidrotsiklonlar bilan yopiq siklda ishlovchi ruda-galkali tegirmonlarda amalga oshiriladi.
    Yanchish sxemasini tanlash turli xildagi sxemalarni sanoat yoki yarim sanoat sharoitida tajriba yo`li bilan tekshirish orqali amalga oshiriladi. Bunday ma`lumotlar yo`q bo`lsa, yanchish sxemasi dastlabki va oxirgi mahsulotning o`lchami, boyitish fabrikasining quvvati, qum va quyilmani alohida boyitish kerakligi, rudaning fizik xossalari va h. k. lar asosida tanlanadi. sxemada

    2-rasm. Yanchish sxemasi


    Demak bizda
    1. ning qiymatini aniqlaymiz.



    bu yerda,
    m– ikkinchi bosqichdagi tegirmon hajmining birinchi bosqichdagi tegirmon hajmiga nisbati;
    k–tuzatish koeffitsienti (0,80–0,85).
    2. , va larning qiymatini aniqlaymiz. Dastlab 14–jadvaldan [1] , ligini aniqlaymiz.




    3. , va larning qiymatini aniqlaymiz. Optimal aylanuvchi yukni belgilaymiz.


    Tegirmon va klassifikator bir–biri bilan o`z oqimi orqali bog’langanda Copt =500% deb qabul qilamiz.



    sxemani hisoblash uchun dastlabki ma`lumotlar: ; , , ; , , (sxemaning birinchi bosqichida mexanik klassifikator, ikkinchi bosqichida gidrotsiklon o`rnatilgan).









    Download 304,76 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 304,76 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Maydalagichlarni tanlash va hisoblash

    Download 304,76 Kb.