|
Oltin tarkibli sulfidli ruda Q=4 mln t/yil, α=2,2%, βk=20%, ε=83%, d=250 mm, D=900mm
|
bet | 4/10 | Sana | 15.01.2024 | Hajmi | 304,76 Kb. | | #137689 |
Bog'liq Oltinning asosiy xossalari va qo’llanilish o’rinlariMaydalash sxemasini hisoblash
Meni variantim bo‘yicha Q=4 mln. t/yil, bo’lganligi uchun biz bir sutkada quyidagicha tog’ jinsini maydalashamiz mumkin:
Bizda sutkalik unumdorlikni bilgan holda quyidagi maydalash sxemasini tanlaymiz:
Bizda sulfidli oltin ruda bo’lganligi uchun men 1-bosqichli maydalash sxemasini tanlayman.
1-rasm. Tanlangan maydalash sxemasi
Bu 1 bosqichli maydalash sxemasi bo’lib, biz bu yerda konusli maydalagichdan foydalanamiz.
Rudadagi va maydalangan mahsulotdagi eng katta bo`lakning o`lchami berilganda umumiy maydalash darajasining chegarasi quyidagicha bo`ladi:
bu yerda:
S - umumiy maydalash darajasi,
D va d- tegishli ravishda dastlabki rudadagi va maydalangan mahsulotdagi bo`laklarning o`lchami, mm.
Biz bu yerda maydalash ko’rsatkichi 4 bo’lganligi uchun 1 bosqichli maydalash sxemasidan foydalandim.
Quyidagi shartlar uchun maydalash sxemasini tanlang va hisoblang. Boyitish fabrikasining ruda bo`yicha ishlab chiqarish unumdorligi Q=4 mln t/yil; ruda ochiq usulda qazib olinadi, eng katta bo`lakning o`lchami 900 mm, eng kichik bo’lakning o’lchami 250 mm.
Yirik maydalash bo`limining ishlab chiqarish unumdorligini aniqlaymiz.
Dastgohlarning toza ish vaqti yiliga 362 kun, 12 soatdan 2 smenada. Yirik maydalash bo`limi dastgohining soatlik ishlab chiqarish unumdorligi
Bu yerda bizda 1 bosqichli maydalash dastgohidan foydalanganimiz uchun bu yerda maydalagichdagi yuklama k=1 bo’ladi.
Dastgohni tanlashda talab qilinadigan quvvat, aylanishlar soni va boshqa ko`rsatkichlar hisoblanmaydi, chunki bu ko`rsatkichlar dastgohlarni tayyorlovchi zavodlar kataloglaridan olinadi. Ulardan tegirmonlar va maydalagichlar mustasno.
Bir qator hollarda loyihalanayotgan sharoit uchun faqat bir turdagi apparat qo`llanilishi mumkin. Biroq ko`pincha bitta jarayonni bajarish uchun har xil turdagi apparatlar ishlatilishi mumkin. Bunday hollarda apparatlarni to`g’ri tanlash alohida turdagi apparatlarni texnik- iqtisodiy taqqoslash orqali amalga oshiriladi.
Boyitish apparatlarining ishlab chiqarish unumdorligi ko`p omillarga bog’liq. Ba`zi apparatlarni texnologik hisoblashdagi nazariy formulalari ideal sharoitlardan kelib chiqqan bo`lib, oxirgi natijalarga ta`sir qiluvchi asosiy sabablarni hisobga oladi. Shuning uchun nazariy formulalar taqribiy hisoblanadi va bu formulalar bilan hisoblangan yoki natijalar amalda olingan ko`rsatkichlardan farq qilishi mumkin. Bundan nazariy formulalar foydasiz degan xulosa kelib chiqmaydi. Ularning qimmatligi shundaki, ular oxirgi natija qanday sharoitlarga bog’liq va alohida sharoitlar apparatlar ishiga qanday ta`sir etishini ko`rsatadi. Nazariy formulalar turli sharoitlarda ishlovchi apparatlarning ishlab chiqarish unumdorligini aniqlashda asoslangan tuzatishlar kiritishga imkon beradi.
|
| |