|
Flotatsiya mashinalarining taxminiy solishtirma yuki, t/m
|
bet | 9/10 | Sana | 15.01.2024 | Hajmi | 304,76 Kb. | | #137689 |
Bog'liq Oltinning asosiy xossalari va qo’llanilish o’rinlariFlotatsiya mashinalarining taxminiy solishtirma yuki, t/m3soat.
Flotatsiya mashinalarining turi
|
Monometall rudalar
|
Toshko`mir
|
Oson flotatsiya-
lanuvchi,
t=915 daq
|
O`rtacha flotatsiyala-nuvchi,
t=1530 daq
|
Qiyin flotatsiyala-nuvchi,
t=3050 daq
|
Qattiq zarrachalar ning miqdori 150 g/l, t=69 daq
|
Pnevmomexanik
Mexanik
Aerolift
Ko`mirni boyitish uchun mexanik
|
2,01,2
1,20,7
1,20,7
-
|
1,20,6
0,70,35
0,70,35
-
|
0,60,35
0,350,2
0,350,2
-
|
-
-
-
1,51,0
|
Mexanik flotatsiya mashinalarining o`zgargan shakli qaynar qatlamli mashinalar -0,8 mm li va yirikroq zarrachali (-3 mm) qalayli rudalarni flotatsiyalash uchun muvaffaqiyatli ishlatilmoqda.
Turbomarkazdan qochuvchi impellerli flotatsiya mashinalari (FTM va FMIZ) ikkita havoga to`yintirish va qalqib chiqish kameralariga ega bo`lib, mayin tuyilgan shlamli bo`tanalarni flotatsiyalashga mo`ljallangan. Mashinalar havoni so`rish yoki pnevmomexanik mashinalardagiga o`xshab tagidan havo berish orqali ishlashi mumkin.
Pnevmomexanik mashinalar yuqorida ko`rsatilgan afzalliklari tufayli ko`proq qo`llaniladi. Ular oddiy bo`tanalar (40% qattiq zarrachalar va 50% kam bo`lmagan -0,074 mm sinf) uchun ishlatiladi. Bu mashinalar oqib o`tuvchi mashinalar bo`lib, ularni bo`tana sathi kameralar bo`yicha boshqarilmaganda va ortiqcha mahsulotlarni tez-tez qaytarishlar bo`lmaganda tavsiya qilinadi.
Mashinaga mahsulotlarni so`rish va bo`tanani qabul qilish uchun mexanik kameralar (bosh kameradagidek) o`rnatish mumkin.
Pnevmatik mashinalar ichida Mexanobr institutining chuqur aerolift mashinalari eng yaxshi hisoblanadi.
Ko`pikli separatsiya qo`llaniladigan FP-2,5 pnevmatik mashina -0,074 mm li sinfning miqdori 30% dan kam bo`lmagan yirik zarrachali rudalarni boyitishda asosiy va nazorat flotatsiya jarayonlarida ishlatiladi.
Bizda sulfidli oltin bo’lganligi uchun boyitish uchun flotatsiya mashinasini tanlaymiz.
|
| |