• Bilib oling. Kesimlar tuzilishiga ko‘ra ikki xil bo‘ladi: sodda kesim va murakkab kesim.
  • 67-topshiriq. Ilmiy ma’lumotni quyidagi sxemaga joylashtiring.
  • IV. Yangi mavzuni mustahkamlash
  • II. O’tgan mavzuni so’rash




    Download 109.81 Kb.
    bet10/29
    Sana10.05.2022
    Hajmi109.81 Kb.
    #20649
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   29
    Bog'liq
    «Ona tili» 8-sinflar uchun 8- 8- 36-dars
    6-Б, 10-sinf-ona-tili-va-adabiyoti-fanidan-testlar-2, 1710419520
    II. O’tgan mavzuni so’rash.
    a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.
    b) Frontal (guruh bilan ishlash)
    III. Yangi mavzu:
    66-mashq. Gaplarni ko‘chiring. Kesimlarini aniqlab, ikki guruhga ajrating:
    1) bir so‘z bilan ifodalangan kesimlar;
    2) birdan ortiq so‘zdan iborat kesimlar.
    1.Haqiqat shunchalar achchiqki, odatda, ziravor sifatida xizmat qiladi. (Vladislav Gjechik) 2.Yolg`on yondirar, haqiqat qondirar. (Maqol) 3. Rostlik – do`stlik, Yolg`onchilik – ko`rgulik. (Maqol) 4.Yolg`on ko`pincha ikkiyuzlamachilikdan emas, befarqlikdan kelib chiqadi. (Andre Morua) 5. Ishda to`g`rilik birovning nafsiga, moliga xiyonat qilmoq, so`zda to`g`rilik har vaqt rost so`zlamaklikdur. (A.Avloniy) 6.Haqiqatdan qo`rqqan odam yolg`onning panasiga berkinadi. (O`.Hoshimov)Bilib oling.
    Kesimlar tuzilishiga ko‘ra ikki xil bo‘ladi: sodda kesim va murakkab kesim. Bir so‘z bilan ifodalangan kesim sodda kesimdir: Paxta va tilladan yurt bezanadi. Rost gapir. (O`.Hoshimov). Haqiqat achchiq.
    Birdan ortiq so‘zdan iborat kesim murakkab kesim deyiladi: 1.O‘zbekiston – kelajagi buyuk davlat. 2.Sadafdan inju, ilondan zahar hosil bo`ldug`i kabi rostlikdan foyda, xiyonatdan zarar hosil bo`lur. (A.Avloniy) 3.To‘y – bahor kelganda. 4.Hamma gap – mening yo‘qligimda.
    Yordamchi so‘zlar (ko‘makchi fe’l, bog‘lama, nisbiy so‘z va b.lar) ham murakkab kesimni shakllantiradi
    67-topshiriq. Ilmiy ma’lumotni quyidagi sxemaga joylashtiring.



    93-mashq. Berilgan sodda kesimli gaplarni murakkab kesimli, murakkab kesimli gaplarni sodda kesimli gaplarga aylantiring.
    1.Rostlik ila xiyonat ikkisi jam’ kelmas. (A.Avloniy) 2.Rostgo`ylikda xavf-u xatar ko`rsanglar ham, rost so`zlanglar. (Hadisi sharif) 3.Yolg`on uzoqqa ketsa ham, Haqiqat quvib yetar. (Maqol) 4.O`zida biroz haqiqati bo‘lgan chalkashliklar − eng xavflilari. (Adam Smit) 5.Oxir-oqibat yolg`on nima o`zi? − Niqoblangan haqiqat.
    IV. Yangi mavzuni mustahkamlash: Og’zaki savol-javob
    1. Kesim tuzilishiga ko`ra qanday turlarga bo`linadi?
    2. Sodda kesim nima?
    3. Murakkab kesim deb nimaga aytiladi?
    4. Sodda va murakkab kesimni shakllantiruvchi vositalarni sanang

    Download 109.81 Kb.
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   29




    Download 109.81 Kb.