• Beshinchi davr
  • Ona tili o‘qitish metodiкasi




    Download 1.12 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet14/218
    Sana14.12.2022
    Hajmi1.12 Mb.
    #34759
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   218
    Bog'liq
    ONA TILI O‘QITISH METODIКASI
    adcc08b6-1e2c-4ce4-80df-a7573d6d098f, 1-oktabrga senariy (1), 220448, 1-Ma’ruza. Chiziqli algebra, 1-3 AMALIY topshiriq uchun, 1-amaliy topshiriq, Kabulova N Falsafa slayd, Muhammadsoliyeva Sadoqat falsafa, Hujjat (4) (3), ИНваДА Маъруза матни 2020 21 16.01.21 Имзо, RAQAMLI TIZIMNING JAHON GLOBALLASHUVI JARAYONIDA TUTGAN O\'RNI, NEMATOV, 2.2, Dasturlash texnologiyalari.doc, 111111111111111111111111111111111111111
    To‘rtinchi davr–1970–1990-yillar. Bu davrga kelib, o‘zbek 
    tilshunosligida qo‘lga kiritilgan yutuqlarni maktab darsliklariga 
    kiritishga urinish ancha kuchaydi. Ona tilidan V sinfda (o‘quv yilining 
    boshida) sintaksis va punktuatsiyadan dastlabki zaruriy ma’lumotlar 
    berish ko‘zda tutildi va mazkur bo‘limni o‘qitish yo‘lga qo‘yildi. So‘z 
    yasalishi tilshunoslikning alohida bo‘limi sifatida ajralib chiqdi va bu 
    bo‘lim 16 soat davomida V sinfda o‘qitiladigan bo‘ldi. 
    Beshinchi davr – 1991-yildan keyingi davr. O‘zbekiston 
    Respublikasi o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritgandan keyin ona tili 
    ta’limi oldiga tamomila yangi talablar qo‘yila boshlandi. «O‘zbek 
    maktablarida ona tili ta’limi Кonsepsiyasi» (1993) ishlab chiqildi. 
    Ona tilidan DTS me’yorlari belgilandi va u davlat hujjati sifatida 
    qabul qilindi, DTSga muvofiq keladigan «Ona tili» dasturlari 
    yaratildi; maktab darsliklari yangilana boshlandi. 
    Ona tili ta’limining mazmuni, asosan, 50-yillarning o‘rtalarida 
    shakllantirilgan bo‘lib, o‘shandan beri dasturlar juz’iy o‘zgarishlar 
    bilan 1998–1999-o‘quv yiliga qadar amalda bo‘lib keldi. 60-yillarga 


    34
    kelib «Fan yutuqlari–maktabga» shiori o‘rtaga tashlangach, maktab 
    ona tili ta’limi shu qadar nazariylashib, grammatizm hokimligi yuzaga 
    keldiki, o‘qish ham, o‘qitish ham zerikarli bo‘lib qoldi. Ona tili 
    mashg‘ulotlarida o‘quvchi nutqni rivojlantirishga qaratilgan foydali 
    amaliy ishlar o‘rniga son-sanoqsiz grammatik talqin, qoida va 
    ta’riflarni ko‘r-ko‘rona «o‘zlashtirish», ya’ni ularni qorilarcha yodlab 
    olishdan nariga o‘tilmadi. 
    Ona tili ta’limidagi yana bir murakkablik grammatik talqinlar 
    bilan bog‘liq chalkashliklar edi. Jumladan, olmoshning nafaqat ot, 
    sifat, son, balki, fe’l, ravish, taqlidiy so‘z, undov gap va hatto matnni 
    almashtira olishi, ularga ishora etish xususiyati hisobga olinmagan edi. 
    Mavjud chalkashliklardan yana biri bir so‘z turkumidan ikkinchi so‘z 
    turkumiga o‘tish talqini edi. «Dono qiz dono so‘zlaydi» gapida 
    birinchi dono ravish so‘z turkumiga kiritilgan edi. 
    Sintaksisda ulkan chigallik tug‘dirgan masalalardan biri gap 
    talqini masalasi edi. Shaxs-son, zamon ko‘rsatkichiga ega bo‘lmagan 
    kesimlar ham «kesim» deb atalib, «Men borganda... «, «U kelgandan 
    keyin...» tipidagi gaplar ham qo‘shma gap sifatida qaraldi. 
    Sho‘ro ta’limi sharoitida nafaqat ta’lim mazmuni, balki o‘qitish 
    usulida ham dogmatizm hukmron edi. Ona tili ta’limi o‘quvchilarda 
    ijodiylik, mustaqil fikrlash, fikr mahsulini nutq sharoitiga mos 
    ravishda og‘zaki va yozma shakllarda bayon qilishga o‘rgatishdan 
    ancha yiroq bo‘lib, ona tili ta’limining asosiy maqsadi–nutqni 
    shakllantirish va rivojlantirish uning soyasida qolib ketgan edi.
    Milliy istiqlol maktab ona tili ta’limi oldiga ham yangi ufqlar 
    ochdi. O‘zbekiston olamga yuz tutdi; ijtimoiy, ma’naviy, iqtisodiy 
    jabhalarda ulkan ijobiy qadamlar tashlandi. Mustaqil Respubli-
    kamizning xalq ta’limi sohasidagi islohotlari bugungi kunda naqadar 
    katta ijobiy natijalar berganligini hayotning o‘zi ko‘rsatib turibdi. Bu 
    islohotlar, avvalo, millatning g‘ururi, uning iftixori – tiliga bo‘lgan 
    e’tibordan boshlandi. 
    1989-yil 21-oktabr kuni «Davlat tili haqida»gi Qonun qabul 
    qilindi. «O‘zbek tili O‘zbekiston Respublikasining davlat tilidir», deb 
    rasmiy ravishda e’lon qilindi. 


    35
    Tilimizga davlat tili maqomi berilishi Respublikamiz 
    maktablarida o‘zbek tilining o‘qitilishiga e’tiborni kuchaytirdi. 
    Tarixiy ahamiyatga molik bu Qonun 1987-yilda tuzilgan, bir qator 
    maktablarda muvaffaqiyatli ravishda sinovdan o‘tkazilgan «Ona tili» 
    (U–IX sinflar uchun) dasturining takomillashtirilishiga turtki bo‘ldi 
    hamda O‘zbekiston Respublikasi XTV tomonidan 1989-yili 25- 
    sentabrda 386-raqamli buyruq bilan ta’sis etilgan «O‘zbek tili» doimiy 
    anjumani (O‘TDA) 1-yig‘inida «Induktiv–2» ramzi bilan muqobil 
    dastur sifatida muhokamaga chiqarildi. 
    O‘TDAning 1-yig‘ini 1991-yilning aprelida Samarqandda 
    o‘tkazildi. Yig‘inda 400 ga yaqin o‘qituvchi va olimlar ishtirok etdi. 
    Birinchi yig‘inning tarixiy ahamiyati benihoya katta bo‘ldi. U o‘sha 
    davrda amalda bo‘lgan «stabillashgan» ona tili ta’limi usuli, ta’lim 
    mazmunini tubdan yangilash zarurligini, qotib qolgan andazalar bilan 
    ishlash mumkin emasligini baralla aytdi va mavjud tanazzuldan 
    chiqish yo‘llarini belgilab berdi. Yig‘in «Induktiv», «Ijod», «Ta’lim», 
    «O‘qituvchi» ramzli muqobil dasturlarni muhokamaga chiqardi va 
    «Induktiv–2» ramzli dasturda qo‘yilgan ona tili ta’limi maqsadi, 
    mazmuni va usulini ma’qul deb topdi. 
    O‘TDA ning 2-yig‘ini 1993-yilning aprelida Qarshi shahrida 
    bo‘lib o‘tdi. Anjuman ona tilidan ta’lim mazmuni muammolariga 
    bag‘ishlandi va RTM tomonidan nashr etilgan «Ona tili»dan ta’lim 
    mazmunini yangilashning asosiy yo‘nalishlari» qo‘llanmasi 
    amaliyotchi o‘qituvchilar va olimlar e’tiboriga havola etildi. 
    Respublikamiz mustaqillikka erishgach, ta’limni tubdan isloh 
    qilishga kirishildi. 
    «Ta’lim to‘g‘risida»gi hamda «Кadrlar tayyorlash Milliy dasturi» 
    to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari ona tilidan ta’lim 
    mazmunini va usulini yangilash sari tashlangan katta qadamlar bo‘ldi. 
    Bu muammolar O‘TDA ning 2-yig‘ini muhokamasiga chiqarildi va 
    ona tilidan ta’lim mazmunini belgilab berdi. 
    Ona tili ta’limida mustaqillik yillarida tashlangan ulkan qadam 
    «O‘zbek maktablarida ona tilini o‘qitish Кonsepsiyasi» bo‘ldi. Mazkur 
    hujjat 1993-yil 15-oktabrda O‘zbekiston Respublikasi XTV 


    36
    tomonidan tasdiqlangan bo‘lib, maktabda ona tili o‘qitishning asosiy 
    maqsadi o‘quvchilarda ijodiylik, mustaqil fikrlash, fikr mahsulini nutq 
    sharoitiga mos ravishda og‘zaki va yozma shakllarda to‘g‘ri, ravon 
    ifodalash ko‘nikmalarini shakllantirish va rivojlantirishdan iborat deb 
    belgilandi. Bunday maqsadning qo‘yilishi bejiz emasalan, albatta. 
    Prezidentimiz I.A.Кarimov O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 
    IX sessiyasida so‘zlagan nutqida: «Demokratik jamiyatda bolalar, 
    umuman, har bir inson erkin fikrlaydigan etib tarbiyalanadi. Agar 
    bolalar erkin fikrlashni o‘rganmasa, berilgan ta’lim samarasi past 
    bo‘lishi muqarrar. Mustaqil fikrlash ham katta boylikdir»
    1
    ,–deb qayd 
    qiladi. Ona tili ta’limi oldiga qo‘yilgan maqsad yurtboshimiz aytgan 
    fikr bilan hamohangdir. 
    Milliy istiqlol sharofati bilan ona tili ta’limini takomillashtirish 
    davom ettirildi. 
    O‘zbek tilining grammatik qurilishidagi «ruslashtirish» samarasi 
    bo‘lgan juda ko‘p ilmiy-grammatik talqinlar turkona talqinlar bilan 
    almashtirildi. Ana shu yo‘nalishda «Ona tili» o‘quv fanidan darsliklar 
    yaratish ishiga kirishildi. 
    Modomiki, ona tili ta’limidan ko‘zlangan asosiy maqsad 
    o‘quvchilarni nutqiy faoliyatga tayyorlash ekan, so‘z boyligini 
    oshirish birinchi galdagi vazifa sanaladi. Jizzax shahrida bo‘lib o‘tgan 
    O‘TDAning 3-yig‘ini (1995-yil) xuddi mana shu masalaga 
    bag‘ishlandi. Anjumanda barcha shu’balar bo‘yicha 283 ta ma’ruza 
    tinglandi. Bu ma’ruzalarning ko‘pgina qismi umumiy o‘rta ta’lim 
    maktablarida o‘quvchilarning so‘z zaxirasini oshirishning samarali 
    yo‘llari, vositalari va usullariga bag‘ishlandi. Yig‘in ona tilidan sinov 
    darsliklari nashrini tezlashtirish xususida tavsiya qabul qildi. 
    «Ona tili»dan 5-sinflar uchun sinov darsligi 1997-yilda yaratilgan 
    bo‘lib, uning tuzilishi ham, mazmuni ham oldingi darsliklardan farq 
    qiladi. 
    6-sinflar uchun sinov darsligi 1998-yilda yaratildi. Bu darslik o‘z 
    ichiga, asosan, so‘zlarning lug‘aviy shakllari va ma’no guruhlarini 
    qamrab olgan. 
    1
    Barkamol avlod orzusi (tuzuvchilar: Qurbonov Sh., Saidov H., Ahliddinov R.) T.: «Sharq», 1999, 16-bet. 


    37
    5–6-sinflar uchun yaratilgan sinov darsliklarida «til–me’yor–
    nutq» mutanosibligiga qat’iy amal qilindi. Buning ma’nosi shuki, ona 
    tili darslarida o‘quvchi til hodisalarini kuzatish, izlanish, 
    alohidaliklarni sharhlash, qiyoslash, umumiylikni aniqlash, farqlarni 
    topish, guruhlash, hukm chiqarish, xulosalash, fikrni og‘zaki bayon 
    etish, ijodiy matn tuzishgacha bo‘lgan barcha jarayonlarni mustaqil 
    bajaradi. Bu esa, o‘z navbatida, o‘quvchini ta’lim jarayonining faol 
    ishlovchisiga, o‘qituvchini esa shu jarayonning tashkilotchisiga 
    aylantiradi. 
    1997-yil ona tili ta’limidagi muhim voqealardan biri Vatanimiz 
    poytaxti Toshkentda O‘TDA 4-yig‘inining o‘tkazilishi bo‘ldi. Mazkur 
    anjuman ijodiy matn yaratish muammolariga bag‘ishlandi. 
    Respublikamizning 700 dan ziyod o‘qituvchisi uch kun davomida 
    o‘quvchilarni ijodiy matn yaratishga o‘rgatish yo‘llari, vositalari va 
    usullarini muhokama etdilar. 
    1998-yil 13-mayda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
    Mahkamasi tomonidan qabul qilingan «Umumiy o‘rta ta’limni tashkil 
    etish to‘g‘risida»gi 203-Qarori barcha o‘quv fanlari qatori ona tilidan 
    Davlat ta’lim standarti (DTS)ni yaratish va uni sinovdan o‘tkazishni 
    O‘zbekiston Respublikasi XTV oldiga muhim vazifa sifatida qo‘ydi. 
    O‘z.R. PFITI va BuxDU tomonidan hamkorlikda tuzilgan DTS bir yil 
    davomida sinovdan o‘tdi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
    Maxkamasining «Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartini 
    tasdiqlash to‘g‘risida»gi Qarori bilan 1999-yil 16-avgustda 
    tasdiqlandi. Endigi vazifa ona tilidan DTS va o‘quv dasturiga asosan 
    yangi darsliklarni yaratish hamda belgilangan tartib va muddatlarda 
    ularni nashriyotga topshirishdan iborat edi. Bu murakkab vazifa ham 
    muvaffaqiyatli hal etildi. Qo‘yilgan vazifani hal etishda O‘TDAning 
    1999-yil Buxoroda o‘tkazilgan 4-yig‘ini muhim ahamiyatga ega 
    bo‘ldi. Anjumanda qilingan ma’ruzalarning ko‘pchiligida yaratilgan 
    sinov darsliklariga munosabat bildirildi. Mualliflar guruhi bu 
    bildirilgan fikr-mulohazalardan tegishli xulosalar chiqardilar hamda 
    ularni qayta ishladilar. 


    38
    O‘zbekiston Respublikasi o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritgach, 
    barcha o‘quv fanlari qatori ona tilidan ham ta’lim mazmuni va usulini 
    yangilashning benihoya ulkan imkoniyatlari yuzaga keldi.
    2000–2001-o‘quv yilidan sinov darsliklari ommaviy nashrdan 
    chiqdi. Ona tili o‘quv dasturi asosida ommaviy amaliyotga tatbiq 
    etilgan (H. Ne’matov va A. G‘ulomov boshchiligidagi), keyinchalik 
    yanada boyitilgan (N. Mahmudov boshchiligidagi) ona tili 
    darsliklarining shakli va mazmuni ongli verbal-kognitiv ta’lim 
    tamoyillariga mos keladi. Chunki ona tilidan 5–9-sinflar uchun 
    yaratilgan yangi avlod darsliklari ongli, verbal, induktiv-kognitiv-
    pragmatik ta’lim usuli asosida qurilgan.
    E’tibor bersak, darsliklardagi o‘quv materialining soddadan 
    murakkabga, umumiylikdan xususiylikka, tahlildan qonuniyatga 
    ko‘rinishda joylashtirilishi ham, darslik topshiriqlarining berilishidagi 
    bosqichli ketma-ketlik ham, har bir dars mashg‘ulotida 
    o‘quvchilarning faoliyat yuritishlari ham, bu faoliyatning mavzudan 
    mavzuga, sinfdan sinfga murakkablasha borish yo‘llari ham, o‘rganish 
    jarayonining faol kuzatishidan boshlanib, amaliy qo‘llash bilan 
    yakunlanishi ham ongli verbal-kognitiv-psixodidaktik tamoyillarga 
    to‘la mosdir. 
    Ona tili dastur va darsliklari yangi avlodining yangilangan ta’lim 
    maqsadi, mazmuni ifodasi sifatida yaratilishi o‘qituvchi-o‘quvchi 
    munosabatlarining tubdan yangilanishiga sabab bo‘ldi. Chunki bu 
    darsliklar asosidagi mashg‘ulotlarda o‘quvchilar tabiiy ravishda dars 
    subyekti mavqeiga ko‘tariladi, o‘qituvchi esa shu jarayonning 
    boshqaruvchisiga aylanadi. O‘quvchi-o‘qituvchi munosabatlaridagi
    bu yangilanish o‘quvchining mustaqil faoliyati uchun katta 
    imkoniyatdir. 

    Download 1.12 Mb.
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   218




    Download 1.12 Mb.
    Pdf ko'rish