Mas’ul muharrir: R. SAYFULLAYEVA –




Download 1.12 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/218
Sana14.12.2022
Hajmi1.12 Mb.
#34759
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   218
Bog'liq
ONA TILI O‘QITISH METODIКASI
adcc08b6-1e2c-4ce4-80df-a7573d6d098f, 1-oktabrga senariy (1), 220448, 1-Ma’ruza. Chiziqli algebra, 1-3 AMALIY topshiriq uchun, 1-amaliy topshiriq, Kabulova N Falsafa slayd, Muhammadsoliyeva Sadoqat falsafa, Hujjat (4) (3), ИНваДА Маъруза матни 2020 21 16.01.21 Имзо, RAQAMLI TIZIMNING JAHON GLOBALLASHUVI JARAYONIDA TUTGAN O\'RNI, NEMATOV, 2.2, Dasturlash texnologiyalari.doc, 111111111111111111111111111111111111111
Mas’ul muharrir: R. SAYFULLAYEVA – filologiya fanlari 
doktori, professor.  
Taqrizchilar: YO. 
TOJIYEV – filologiya fanlari doktori,
professor;
M. ABDURAIMOVA – pedagogika fanlari 
nomzodi. 
ISBN 978-9943-10-694-9 
 
© «Fan va texnolоgiya» nashriyoti, 2012. 


3
 
BIRINCHI BO‘LIM 
O‘ZBEКISTON RESPUBLIКASINING «TA’LIM 
TO‘G‘RISIDA»GI QONUNI VA ONA TILI TA’LIMINING 
UMUMIY MASALALARI 
 
Tayanch tushunchalar: 
O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonuni, 
«Кadrlar tayyorlash Milliy dasturi» ta’lim prinsiplari, davlat ta’lim 
standartlari, ona tili o‘qitish metodikasi fanining shakllanishi, «Usuli 
savtiya» maktabi, ifodali o‘qish, «izohli o‘quv» ta’limi, dastur, 
darslik, o‘quv – uslubiy qo‘llanmalar, ona tili o‘qitish metodikasi 
fanining obyekti, predmeti, zaruriy bilim, malaka va ko‘nikmalar 
tizimi, pedagogik eksperiment, diagnostik tahlil, suhbat, kuzatish, 
o‘quvchilarning og‘zaki javoblari va yozma ishlarini tahlil qilish, 
ilmiy-pedagogik adabiyotlar tahlili, ilg‘or pedagogik tajribalarni 
o‘rganish 
 
«Ona tili o‘qitish metodikasi»–pedagogik fan sifatida. 
Mustaqil O‘zbekistonning ravnaqi uchun olib borilayotgan iqtisodiy-
ijtimoiy, madaniy-ma’naviy sohalardagi keng ko‘lamli ishlar, jamiyat 
taraqqiyotini ta’minlash, uzluksiz ta’lim tizimini joriy etish, 
shuningdek, mustaqil fikr egasi, erkin va ijodkor shaxsni tarbiyalab 
voyaga yetkazishda alohida ahamiyat kasb etmoqda. O‘zbekiston 
Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonuni va «Кadrlar 
tayyorlash Milliy dasturi» ta’limning barcha bo‘g‘inlarida ona tili 
o‘qitishni ham tashkiliy, ham mazmuniy jihatdan qayta ko‘rib 
chiqishni taqozo etadi. 
O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonunida 
ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari belgilangan 
bo‘lib, unda ta’lim va tarbiyaning insonparvar, demokratik xarakterda 
ekanligi; ta’limning uzluksizligi va izchilligi; umumiy o‘rta, 
shuningdek, o‘rta maxsus, kasb - hunar ta’limining majburiyligi; 


4
ta’lim tizimining dunyoviy xarakterda ekanligi; davlat ta’lim 
standartlari (DTS) doirasida ta’lim olishning hamma uchun ochiqligi
ta’lim dasturlarini tanlashda yagona va tabaqalashtirilgan yondashuv; 
bilimli bo‘lish va iste’dodni rag‘batlantirish; ta’lim tizimida davlat va 
jamoat boshqaruvini uyg‘unlashtirish o‘z ifodasini topgan. 
Maktabda ona tilining o‘qitilishi «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonunda 
belgilangan ana shu prinsiplarga tayanadi. 
Modomiki, maktab ta’limida ona tili eng asosiy va yetakchi o‘quv 
fanlaridan biri ekan, oliy ta’limning bakalavr tizimida «Ona tili 
o‘qitish metodikasi» ham xuddi shunday mavqega ega. 
Har bir avlod oldida insoniyat yaratgan jamiki boyliklarni, 
bilimlarni o‘rganish, o‘zlashtirish va rivojlantirish vazifasi turadi.
Hayot taraqqiyoti va jamiyat rivojini shusiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. 
Bu vazifani amalga oshirishning birdan-bir yo‘li ta’lim tizimini 
tinmay takomillashtirib borish orqali yosh avlodni ilm-fan asoslari 
bilan chuqur qurollantirishdir. 
O‘quvchi va talabalarni ona tili darslarida mustaqil, ijodiy 
fikrlashga o‘rgatish, ular ongida ma’naviy-ma’rifiy inqilob hosil 
qilishga intilish lozim. Shuning uchun yangi dastur va darsliklarda 
grammatik qoidalarni yodlatishdan voz kechish, ijodiy tafakkur tarzini 
shakllantirish, dars va mashg‘ulotlarni o‘quvchi va talabalarning 
nutqiy malakasini yuzaga keltirishga qaratish maqsad qilib olindi. 
Til o‘qitishda til va nutq hodisalarining farqiga yetmaslik ko‘pgi-
na chalkashliklarni keltirib chiqarmoqda. Til va nutq tushunchalarini 
bir-biridan ilmiy asosda farqlash uni o‘qitish metodikasi uchun katta 
ahamiyat kasb etadi. Chunki til birliklarining grammatik belgilarini, 
birikuvini va vazifasini bilishning o‘zi mazkur tildagi nutqni egallash 
uchun yetarli emas. Asosiy maqsad tilning grammatik qurilishi 
asosida nutq faoliyatini egallash bo‘lganligi sababli, mashg‘ulot 
materiallarini tanlash, darslarni tashkil etish ishlari o‘quvchi va 
talabaning nutqini shakllantirish va rivojlantirishga qaratilishi lozim. 
Shuning uchun til ma’ruza orqali emas, balki nutq ko‘rinishlarini tahlil 
qilish, so‘z birikmasi va gap modellarini o‘zlashtirish, esda saqlash 
orqali o‘rganiladi. 


5
Hozirgi dolzarb masalalardan biri o‘zbek tilining kasb-hunar, ilm-
fan va texnika tili sifatidagi lisoniy asosini kengaytirish, atamalarini 
boyitishdir. Uzoq yillar bu soha chetda qolib keldi. Кeyingi yillarda bu 
sohada burilish yuz berdi: tilimizning kasb-hunar va ilmiy-texnika tili 
va atamalarida katta o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. Adabiy tilimizdagi 
mazkur yangilik va o‘zgarishlarning asoslarini o‘quvchi to‘g‘ri 
anglashni maqsad qilib, unga dastur va darsliklarda alohida o‘rinlar 
ajratiladi. 
«Ona tili» darslarida uzundan-uzoq, murakkab grammatik 
qoidalarni, «O‘zbek adabiyoti» darslarida ijodkor hayotidagi o‘tkinchi 
sana va voqealarni yodlashga majbur qilmasdan, balki ona tilida sof 
so‘zlash, o‘z fikrini to‘g‘ri ifodalay olish, mustaqil fikrlash, badiiy 
asarni ifodali o‘qish, uning ruhini his qilish, badiiy san’atidan 
lazzatlanish, so‘zdan zavqlanish ruhida ta’lim bermoq kerak. Ona tili 
va adabiyot o‘qitishdan kutilgan pirovard natija – shu! 
Shunday qilib, ona tili o‘qitishning samarali bo‘lishi ko‘p jihatdan 
uni adabiyot bilan bog‘lab olib borishga bog‘liq, yoki aksincha. 
Aslida, ona tili, adabiyot darslarida ham o‘rganiladi. Masalan, badiiy 
asarning tilini tahlil etish davomida ba’zi grammatik shakllarning 
uslubiy ahamiyati, sinonimlarning nutqda tutgan o‘rni izohlanadi va 
hokazo; o‘quvchi va talabalar tilning turli ifoda vositalari bilan 
tanishib boradilar. Badiiy asar tili bo‘yicha muayyan bir izchillikda 
olib boriladigan ishlar o‘quvchi va talabalarning so‘z boyligini 
oshiradi va nutqini o‘stiradi. Adabiy asarning tasviriy vositalari 
bo‘yicha sinfda va undan tashqari bajarilgan ishlar natijasida 
o‘quvchi va talabalar so‘z haqida, uning turli nutq uslubidagi 
o‘rni haqida kengroq tushunchaga ega bo‘la boradilar. Xilma-xil ifoda 
jilolari tilning estetik ta’siri va ahamiyatini chuqurroq anglashga 
yordam beradi. Ona tili o‘rta maktab, akademik litseylar va kasb-
hunar kollejlarida o‘rganiladigan barcha fanlarni puxta o‘zlashtirish 
uchun muhim «kalit» sanaladi. Til vositasida o‘quvchi va talaba 
boshqa fanlarni o‘rganadi. Barcha fanlar yuzasidan fikrni yozma va 
og‘zaki ravishda bayon qilish orqali u o‘z ona tilini ham mukammal 
o‘rganib boradi. 


6
Ma’lumki, pedagogika institutlari va universitetlarning filologiya 
fakultetlari bakalavriyatini bitirib chiqadigan mutaxassislarning asosiy 
qismi o‘zbek tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi sifatida umumiy o‘rta 
ta’lim maktablariga boradi. Shu bois, bo‘lajak mutaxassislar uchun 
«Ona tili o‘qitish metodikasi» fani yetakchi fanlardan biri bo‘lib, 
uning oliy o‘quv yurtlarida o‘qitilishi muhim zaruriyatdir. 
«Ona tili o‘qitish metodikasi» fanining oliy o‘quv yurtlarida o‘qi-
tilishi maktabda ona tili fanining tutgan o‘rni bilan ham belgilanadi. 
«Ona tili» maktab ta’limi tizimida eng yetakchi fanlardan biri bo‘lib, 
jamiyat a’zolarini ijodiy fikrlashga, fikr mahsulini nutq sharoitiga mos 
ravishda og‘zaki va yozma shakllarda bayon qilishga o‘rgatadi. 
«Ona tili o‘qitish metodikasi» pedagogik sikldagi fanlardan biri 
bo‘lib, u didaktika bilan uzviy bog‘langan va xususiy didaktika 
sikldagi fanlardan biri sanaladi. Chunki umumiy didaktikaning barcha 
masalalari bevosita xususiy didaktika, shu jumladan, ona tili ta’limi 
bilan bevosita aloqadordir. Ta’limning umumdidaktik asoslaridan 
xabardor bo‘lgan talaba «Ona tili o‘qitish metodikasi» fanini osonlik 
bilan o‘zlashtiradi. 
«Ona tili o‘qitish metodikasi» o‘ziga xos mustaqil fan sanaladi. 
Chunki bu fan maktabda ona tili «Nima uchun o‘qitiladi?», «Nega 
shunday o‘qitiladi?», «Nima o‘qitiladi?», «Qanday o‘qitiladi?», «Ona 
tili ta’limi qanday tashkiliy shakllar vositasida amalga oshiriladi?» 
degan savollarga javob izlaydi. 

Download 1.12 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   218




Download 1.12 Mb.
Pdf ko'rish