• Birinchi bosqich
  • Ikkinchi bosqich
  • Metodik merosni o‘rganish.
  • Ona tili o‘qitish metodiкasi




    Download 1.12 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet7/218
    Sana14.12.2022
    Hajmi1.12 Mb.
    #34759
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   218
    Bog'liq
    ONA TILI O‘QITISH METODIКASI
    adcc08b6-1e2c-4ce4-80df-a7573d6d098f, 1-oktabrga senariy (1), 220448, 1-Ma’ruza. Chiziqli algebra, 1-3 AMALIY topshiriq uchun, 1-amaliy topshiriq, Kabulova N Falsafa slayd, Muhammadsoliyeva Sadoqat falsafa, Hujjat (4) (3), ИНваДА Маъруза матни 2020 21 16.01.21 Имзо, RAQAMLI TIZIMNING JAHON GLOBALLASHUVI JARAYONIDA TUTGAN O\'RNI, NEMATOV, 2.2, Dasturlash texnologiyalari.doc, 111111111111111111111111111111111111111
    Diagnostik tahlil. «Diagnostika» tushunchasi yunoncha so‘zdan 
    kelib chiqqan bo‘lib, «aniqlashga qodir» ma’nosini ifodalaydi. O‘zbek 
    tili o‘qitish nazariyasi va usuliyatidan zarur ilmiy xulosalar 
    chiqarishda tadqiqotning bu metodidan keng foydalaniladi. 
    Diagnostik tahlil olingan yozma ishlar, o‘tkazilgan savol-javoblar 
    hamda kuzatishlar asosida uyushtiriladi va u uch bosqichni o‘z ichiga 
    qamrab oladi: 
    Birinchi bosqich tadqiqot predmetini aniqlash. Masalan, ona tili 
    ta’limi jarayonida o‘quvchilar nutqidagi dialektal xatolarning oldini 


    23
    olish va bartaraf etish, og‘zaki talaffuz me’yorlari ustida ishlash
    o‘quvchilarning so‘z zaxirasini oshirish jarayonlari tadqiqot predmeti 
    bo‘lishi mumkin. 
    Ikkinchi bosqich yuzaga kelgan murakkab holatning kelib chiqish 
    sabablarini aniqlashdir. 
    Uchinchi bosqich yuzaga kelgan murakkab holatni bartaraf etish 
    yo‘llarini belgilashdan iborat. Tadqiqotchi bir necha yo‘lni belgilashi 
    va ularning samaradorligiga umid bog‘lashi mumkin. Bu belgilangan
    yo‘llardan qaysi birining ko‘proq samara berishini o‘tkaziladigan 
    eksperiment natijalari ko‘rsatadi. Masalan, tadqiqotchi shevaga oid 
    xatolarni bartaraf etish maqsadida lug‘at diktantlari o‘tkazish, shevada 
    talaffuzi adabiy tildan farq qiluvchi so‘zlar ro‘yxatini tuzish, yo‘l 
    qo‘yilgan xatolar bilan bog‘liq ta’rif va qoidalarni eslash
    o‘quvchilarni bir necha guruhlarga bo‘lib ular o‘rtasida «Topqirlar 
    bellashuvi» o‘tkazish kabilardan foydalanishni tavsiya etgan bo‘lishi 
    mumkin. Bu tavsiyalarning samaradorlik darajasi tajriba-sinov ishlari 
    orqali aniqlanadi. 
    Metodik merosni o‘rganish. Metodik merosni o‘rganish ilmiy 
    tadqiqotning eng muhim metodlaridan biri sanaladi. Ona tili 
    ta’limining u yoki bu masalasini o‘rganishda agar uning tarixiga 
    murojaat etiladigan bo‘lsa, bu metoddan foydalanishga to‘g‘ri keladi. 
    Masalan, «Ona tili ta’limi jarayonida takrorlash darslarini tashkil 
    etish» masalasini ilmiy nuqtayi nazardan tahlil etish uchun shu 
    masalaning tarixiga, ya’ni Sharqning buyuk mutafakkirlarining 
    takrorlash xususida bayon qilgan fikrlariga to‘xtalishga to‘g‘ri keladi. 
    Tadqiqotchi bu haqda Abu Rayhon Beruniy, Abu Nasr Forobiy, Umar 
    Xayyom, Alisher Navoiy va boshqa allomalarning asarlarini o‘qib, 
    ularning shu borada bayon qilgan fikrlariga tayanadi. 
    Agar ona tilidan ta’lim mazmuni tadqiqot obyekti qilib tanlangan 
    bo‘lsa, tadqiqotchi turli davrlarda ona tili ta’limining maqsadi qanday 
    belgilanganligini aniqlaydi va muammoning tarixiga to‘xtalishga 
    zaruriyat sezadi. 

    Download 1.12 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   218




    Download 1.12 Mb.
    Pdf ko'rish