• «Ona tili o‘qitish metodikasi» fanining falsafa bilan aloqadorligi.
  • «Ona tili o‘qitish metodikasi» fanining boshqa fanlar bilan




    Download 1.12 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet8/218
    Sana14.12.2022
    Hajmi1.12 Mb.
    #34759
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   218
    Bog'liq
    ONA TILI O‘QITISH METODIКASI
    adcc08b6-1e2c-4ce4-80df-a7573d6d098f, 1-oktabrga senariy (1), 220448, 1-Ma’ruza. Chiziqli algebra, 1-3 AMALIY topshiriq uchun, 1-amaliy topshiriq, Kabulova N Falsafa slayd, Muhammadsoliyeva Sadoqat falsafa, Hujjat (4) (3), ИНваДА Маъруза матни 2020 21 16.01.21 Имзо, RAQAMLI TIZIMNING JAHON GLOBALLASHUVI JARAYONIDA TUTGAN O\'RNI, NEMATOV, 2.2, Dasturlash texnologiyalari.doc, 111111111111111111111111111111111111111
    «Ona tili o‘qitish metodikasi» fanining boshqa fanlar bilan 
    aloqasi. «Ona tili o‘qitish metodikasi» fani falsafa, tilshunoslik 


    24
    siklidagi fanlar, didaktika, ruhshunoslik bilan uzviy bog‘liqdir. 
    Demak, maktabda «Ona tili» o‘quv fanidan dars beradigan yetuk 
    mutaxassis bo‘lish uchun shu fanlarni puxta bilish zarur. 
    «Ona tili o‘qitish metodikasi» fanining falsafa bilan 
    aloqadorligi. «Ona tili o‘qitish metodikasi» xususiy pedagogik 
    sikldagi fan bo‘lganligi uchun ham, ijtimoiy fanlar guruhiga kiradi va 
    ijtimoiy fanlarning asosini tashkil etadigan falsafa bilan chambarchas 
    bog‘langan. Mazkur fanning falsafa bilan aloqadorligi ona tilining 
    maqsad va vazifalarini tushunishingizga, bu fanning ta’lim mazmunini 
    to‘g‘ri belgilashingizga, o‘quvchi faoliyatini to‘g‘ri uyushtirishin-
    gizga, o‘qitishning eng samarali metod, vosita va usullarini 
    tanlashingizga, faoliyat mahsulini nazorat qilishingizga yor-
    damlashadi. 
    O‘quvchiga o‘z ona tilini o‘rgatish tafakkur bilan chambarchas 
    bog‘langan. Chunki til hodisalarining o‘quvchi ongida voqelanishi 
    tafakkur orqali yuzaga chiqadi. Til va tafakkurning aloqadorligi ona 
    tili darslarida ijodiy tafakkur sohibini tarbiyalash muammosini hal 
    qilishga ko‘maklashadi. 
    Ma’lumki, falsafada har bir umumiy tushuncha yakka, juz’iy 
    tushunchalar yig‘indisidan tarkib topadi, degan qoida mavjud. Ona tili 
    mashg‘ulotlarida o‘quvchi faoliyatini tashkil etishda ham biz xuddi 
    shu qoidaga asoslanamiz. Muayyan bo‘laklarga ajratilgan til 
    hodisalarini kuzatish, ularning birini ikkinchisi bilan taqqoslash orqali 
    o‘quvchi umumiy ta’rif, qoida va xulosalarga keladi. 
    Falsafa fikrlash va rivojlanishga o‘zaro uyg‘unlikda qaraydi. 
    Sharqning buyuk ensiklopedist olimlari (Umar Xayyom, Abu Rayhon 
    Beruniy, Abu Nasr Forobiy, Abu Ali ibn Sino va h.k.) rivojlanishni 
    fikrlashning mahsuli deb biladilar. Masalan, Umar Xayyom o‘zining 
    «Matematik traktatlar»ida «Ozgina o‘yla, o‘zing topasan»,»Ozgina 
    fikrla, bilib olasan» singari xitoblari orqali ma’lumdan noma’lumga 
    borish g‘oyasini ilgari surgan. 
    Til materiallari o‘quvchi tomonidan ijodiy fikrlash orqali 
    egallangan bo‘lsa, u amaliy ahamiyatga molik bilim, ko‘nikma va 
    malakalar bo‘lib sanaladi. 


    25
    Shuni unutmaslik lozimki, til hodisalarining mohiyatini anglash, 
    ular orasidagi o‘xshash va farqli tomonlarni aniqlash, til 
    imkoniyatlaridan nutqiy faoliyatda foydalanish singari zaruriy 
    malakalar ijodiy fikrlash orqali ro‘yobga chiqadi. 

    Download 1.12 Mb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   218




    Download 1.12 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    «Ona tili o‘qitish metodikasi» fanining boshqa fanlar bilan

    Download 1.12 Mb.
    Pdf ko'rish