Ona tili o‘qitish metodiкasi




Download 1.12 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/218
Sana14.12.2022
Hajmi1.12 Mb.
#34759
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   218
Bog'liq
ONA TILI O‘QITISH METODIКASI
adcc08b6-1e2c-4ce4-80df-a7573d6d098f, 1-oktabrga senariy (1), 220448, 1-Ma’ruza. Chiziqli algebra, 1-3 AMALIY topshiriq uchun, 1-amaliy topshiriq, Kabulova N Falsafa slayd, Muhammadsoliyeva Sadoqat falsafa, Hujjat (4) (3), ИНваДА Маъруза матни 2020 21 16.01.21 Имзо, RAQAMLI TIZIMNING JAHON GLOBALLASHUVI JARAYONIDA TUTGAN O\'RNI, NEMATOV, 2.2, Dasturlash texnologiyalari.doc, 111111111111111111111111111111111111111
Metodik eksperiment. Ilmiy tadqiqot ishi yuzasidan aniq 
ma’lumotlar to‘plashda pedagogik eksperimentning imkoniyatlari 
benihoya katta. Bu metod ona tilidan yaratilgan dastur va darsliklarni 
sinovdan o‘tkazib, ularning yutuq va kamchiliklarini aniqlash, ona tili 
darslari hamda sinfdan va maktabdan tashqari ishlarni tashkil etish 
yuzasidan ishlab chiqilgan metod, vosita va usullarni tekshirib ko‘rib, 
ularning samaradorlik darajasini belgilash imkonini beradi. U 
O‘zbekiston Respublikasi XTV ning roziligi olingandan keyin maktab 
pedagogika kengashining maxsus qarori bilan rasmiylashtiriladi. 
Pedagogik eksperiment uch bosqichdan iborat bo‘lishi mumkin: 
1)aniqlovchi eksperiment; 
2)shakllantiruvchi eksperiment; 
3)yakuniy nazorat eksperimenti.
Eksperimentning birinchi bosqichi tadqiqot muammosi, uning 
obyekti, predmeti, ilmiy farazi, yangiligini aniqlashni, hal qilinadigan 
asosiy masalalar doirasini belgilashni taqozo etadi. Bu bosqichda 
tadqiqot yo‘nalishi bilan bog‘liq ilmiy-pedagogik va ilmiy-metodik 
adabiyotlar har tomonlama chuqur o‘rganiladi hamda tahlil etiladi; 
o‘quvchi va o‘qituvchi faoliyati shu nuqtayi nazardan o‘rganilib, 
mavjud holat yuzasidan ilmiy xulosalar chiqariladi. 


22
Ikkinchi bosqichda ishlab chiqilgan metodika (ta’lim mazmuni, 
o‘qitishning yangi usullari va vositalari kabilar) eksperimental 
sharoitda sinovdan o‘tkaziladi; natijalar qayd qilib boriladi. Buning 
uchun nazorat guruhlari (sinflari) va tajriba-sinov guruhlari (sinflari) 
tanlanadi, eksperimentator o‘qituvchilar belgilanadi, bu
o‘qituvchilar maxsus tayyorgarlikdan o‘tkaziladi va h.k. Tajriba-
sinov ishlarining sinov natijalari magnit lentasiga yozib olinishi va 
keyinchalik o‘rganilib, tahlil etilishi ham mumkin. Eksperiment 
tajriba-sinov ishlarining boshi va oxirida, maxsus bo‘lim 
o‘rganilgandan keyin yoki har bir chorakning oxirida o‘tkazilishi 
mumkin. Yerishilgan natijalar matematik tahlildan o‘tkaziladi va 
qiyoslanadi. 
Eksperimentni faqat tajriba-sinov sinfi doirasida o‘tkazish ham 
mumkin. Unda nazorat sinfi tanlanmaydi va erishilgan natijalar 
eksperimentning boshlanish paytidagi holat bilan qiyoslanadi. 
Shakllantiruvchi bosqich eksperimentatordan o‘quvchilar 
faoliyatini diqqat bilan kuzatishni, olinayotgan natijalarni tahlil etib, 
yutuq va kamchiliklarni hisobga olib borishni, maxsus qaydlar 
yuritishni talab etadi. Agar zaruriyat tug‘ilsa, ayrim o‘rinlar takroriy 
eksperimentdan o‘tkazilishi mumkin. 
Yakuniy nazorat eksperimenti shakllantiruvchi eksperiment 
tugagandan so‘ng o‘kaziladi. Yakuniy nazorat yozma ish, og‘zaki 
savol-javob, test sinovlari orqali o‘tkazilishi mumkin. O‘quvchilardan 
olinadigan nazorat diktantlari, bayon va insholar, ular tuzgan matnlar 
yakuniy eksperiment natijalaridir. 

Download 1.12 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   218




Download 1.12 Mb.
Pdf ko'rish