• BAYON MATNLARI UCHUN NAMUNA HAMISHA SHUNDAY BO‘LAVERMAYDI
  • Ona tili va adabiyot fanlaridan metodik tavsiya va materiallar




    Download 186.98 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet4/6
    Sana04.05.2023
    Hajmi186.98 Kb.
    #56446
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    [@ustoz] ONA TILI VA ADABIYOT 9-SINF 2023
    Mohichehra.inklyuziv
     
     
     
    Eslatma: 
    1. Yozma ishni baholashda o‘quvchining mustaqil (mantiqiy, kreativ, asosli) 
    fikrlari, qiyoslash, tasvirlash uslubi, zamonga mos talqinlar, yozma nutq savodxonligi, 
    gap qurilishi, yagona fikrlarning o‘rinli ishlatilishi, ijodiy yondashishiga qarab bir ballga 
    oshirib qo‘yilishi mumkin. 
    2. Agar matnning hajmi belgilangan betdan 1,5 yoki 2 baravar ortiq bo‘lsa, 
    yuqorida ko‘rsatilgan mezondan bittaga oshiriladi. Ammo “5” baho qo‘yiladigan yozma 
    ish bundan mustasno. Masalan “4” baho qo‘yiladigan yozma ishda xatolar soni har 
    biridan (yuqorida belgilangan imlo, ishora kabi) 1 taga, “3” qo‘yiladigan yozma ishda 2 
    taga oshiriladi. 
    3. Matnning mavzusi umuman yoritib berilmagan bo‘lsa, birinchi baho 
    to‘g‘ridan to‘g‘ri “qoniqarsiz” qo‘yiladi. 


    BAYON MATNLARI UCHUN NAMUNA 
     
    HAMISHA SHUNDAY BO‘LAVERMAYDI 
     
    Bir kuni ko‘chada sayr qilib yurgan kishi yo‘l chetida o‘tirgan keksa odamni ko‘rib 
    qoldi. U mo‘ysafidning qarshisiga kelib, murojaat qildi: 
    – Otaxon, ulug‘ yoshli inson ekansiz, anchagina uzoq hayot yo‘lini bosib o‘tgansiz. 
    Shubhasiz, juda dono bo‘lsangiz kerak. Ayting-chi, mana, men kuchliman-u, ammo hech 
    qayerdan ish topa olmayapman. O‘g‘lim giyohvandlikka berildi, qizimni ham yaxshi 
    tarbiyalay olmayapman. Ayolim esa kun bo‘yi uyda o‘tirsa ham, hech qayerga qaramaydi. 
    Xo‘sh, men bu vaziyatda qanday yo‘l tutishim kerak? Nima qilsam, bularning hammasini 
    o‘zgartira olaman? 
    Qariya javob berdi: 
    – Eshiging ustiga kichkinagina taxtacha osib, unga “Hamisha shunday bo‘lavermaydi” 
    deb yozib qo‘y. 
    – Shu xolosmi? – hayron bo‘ldi erkak. 
    – Shu xolos, – javob qildi keksa kishi. 
    U uyiga borib, qariya aytgandek qildi. Bir qancha vaqt o‘tgach, uning o‘g‘li 
    giyohvandlikni tashladi. Qizi bir yaxshi yigit bilan oila qurdi. Ayoli ham o‘zgardi va 
    risoladagidek bekaga aylandi. Erkakning o‘zi esa serdaromad ishga joylashdi va ko‘p o‘tmay 
    mashina ham sotib oldi. 
    Kunlarning birida u tanish ko‘chadan o‘tib borayotib, ikki yilcha oldin keksa 
    mo‘ysafidni uchratgan joyida to‘xtadi. Qariya hali ham shu yerda o‘tirgandi. Erkak uning 
    oldiga yaqinlasharkan, mashinadan tushmagan holda, uning oynasini ochib, so‘z qotdi: 
    – Ha, boboy, haliyam o‘tiribsizmi? Mana, men, ko‘rib turganingizdek, ancha narsaga 
    erishdim. O‘g‘lim giyohvandlikni tashladi, qizimni turmushga berdim. Ayolim ham yaxshi 
    rafiqaga aylandi. O‘zim ishga joylashdim va endi martabali boshliqman. Siz esa haliyam 
    o‘shandek o‘tiribsiz, no‘noq chol! Xo‘sh, endi menga nima deb maslahat berasiz? 
    Bu gaplardan qariyaning chehrasi o‘zgarmadi, aksincha, u suhbatdoshiga xotirjam 
    tikilgancha dedi: 
    – Haligi taxtacha bor edi-ku, shuni olib tashlamagin… 
     
    (Ruschadan Muhabbat Sharifova tarjimasi) 

    Download 186.98 Kb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 186.98 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ona tili va adabiyot fanlaridan metodik tavsiya va materiallar

    Download 186.98 Kb.
    Pdf ko'rish