Ona tili va adabiyot fanlaridan metodik tavsiya va materiallar




Download 186.98 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/6
Sana04.05.2023
Hajmi186.98 Kb.
#56446
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
[@ustoz] ONA TILI VA ADABIYOT 9-SINF 2023
Mohichehra.inklyuziv
 
 
 
Topshiriqlar: 
1. Matnga reja tuzing. 
2. O‘z fikr-mulohazalaringizni qo‘shib bayon yozing. 


OQ QOG‘OZ VA QORA DOG‘ 
Professor darsxonaga kirib kelishi bilanoq talabalaridan ajoyib bir testga 
tayyorgarlik ko‘rishlarini so‘radi. Talabalar biroz tashvishga tushgan holda test 
boshlanishini kutishar edi. Muallim har doimgidek test qog‘ozini orqa o‘girib tarqatib 
chiqdi. Talabalar test savollarini o‘qish maqsadida qog‘ozni o‘girishdi. Qog‘oz o‘rtasida 
bitta qora nuqtadan boshqa hech qanday topshiriq yo‘q edi. Bundan ajablangan talabalar 
bir-birlariga hayron qarab qolishdi. 
Professor talabalarning yuzida ajablanishni ko‘rishi bilan ularga: “Men qog‘ozda 
nimani ko‘rayotgan bo‘lsangiz, shu haqda yozishingizni so‘rayman”, – dedi. Talabalar 
ikkilanish bilan tushunarsiz shartni bajarishni boshladilar. Darsning oxiriga kelib
professor barchadan qog‘ozlarni yig‘ib olib, har bir talabaninng yozgan javobini ular 
oldida ovoz chiqarib o‘qiy boshladi. Talabalarning barchasi faqatgina qora nuqta haqida, 
uning qog‘oz o‘rtasida joylashgani haqida yozgan, o‘z fikrini bayon qilgan edi. 
Javoblar o‘qib bo‘lingach, oraga sukunat cho‘mdi va biroz o‘tib professor 
talabalarga: “Men bu javoblarga baho qo‘ymoqchi emasman. Sizlarni mulohazaga 
chorlamoqchiman, xolos. Hech kim o‘z javobida qog‘ozning oq qismi haqida hech narsa 
yozmabdi. Barcha diqqat-e’tiborni qora nuqtaga qaratibdi. Afsuski, xuddi shu holat 
bizning hayotimizda ham mavjud. Biz har doim insonlarning yomon odatlariga e’tibor 
beramiz, xuddi qog‘ozdagi qora nuqta kabi. Aslida, qog‘ozning oq joyi qora nuqtaga 
qaraganda ancha ko‘p. Tiriklik – bir-birimizga yordam berish, qayg‘urish uchun berilgan 
sovg‘a. Hayotimiz xursandchiliklarga, yaxshiliklarga, yaxshi insonlarga to‘ladir. To‘g‘ri, 
o‘sha qora nuqtaga ham e’tibor qaratishimiz, uni to‘g‘rilashga yordam berishimiz kerak. 
Lekin bu oq joylarni unutmagan holda bo‘lishi kerak. Qora nuqta esa oq joylarga nisbatan 
juda ham kichkina, ko‘rinmasdir”, – dedi. 
(Mirnosir Hasanov tarjimasi

Download 186.98 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 186.98 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ona tili va adabiyot fanlaridan metodik tavsiya va materiallar

Download 186.98 Kb.
Pdf ko'rish