Pirls xalqaro tadqiqotiining o‘ziga xos xususiyatlari




Download 1,43 Mb.
bet58/63
Sana13.05.2024
Hajmi1,43 Mb.
#228404
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   63
Bog'liq
Majmua 4-k Ona tili va o`qish sav.2023 (1)

Pirls xalqaro tadqiqotiining o‘ziga xos xususiyatlari. PIRLS dasturi 2001-yilda Ta’lim sohasidagi yutuqlarni baholash xalqaro assotsiatsiyasi (IEA–International Association for the Evaluation of Educational Achievement) tomonidan tashkil etilgan. Xalqaro tadqiqotni tashkil etish uchun barcha mas’uliyat Chestnut Hill (Massachusets, AQSh) Boston kollejiga yuklatilgan. Shuningdek, tadqiqot uchun topshiriqlarni tayyorlash Germaniya (Gamburg) ma’lumotlar markazida amalga oshiriladi.
Xalqaro baholash dasturi PIRLS (Progress In International Reading And Literacy Study) dunyoning turli mamlakatlari milliy ta’lim tizimida o‘qish savodxonligi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar va natijalarni qiyoslashga yo‘naltirilgan.Tadqiqotlar 2001, 2006, 2011, 2016-yillarda o‘tkazilgan bo‘lib, 2021-yil tadqiqotning beshinchi davriyligi hisoblanadi. Shuni ta’kidlash joizki, 2021-yilda o‘tkazilgan tadqiqotlar 2001-yildan boshlab uzluksiz qatnashib kelayotgan davlatlarning 20 yil davomida erishgan yutuqlarini baholash imkonini beradi. Har besh yilda o‘tkaziladigan PIRLS dasturi 4-sinf o‘quvchilarining o‘qish savodxonligini xalqaro darajada baholaydi. Mazkur dastur IEA tashkilotining 4-sinf o‘quvchilarini matematika va tabiiy fanlardan savodxonligini baholaydigan TIMSS dasturini to‘ldirishga yo‘naltirilgan bo‘lib, Boston kollejidagi TIMSS va PIRLS xalqaro o‘quv markazi IEA tashkilotining Gamburg va Amsterdam shaharlaridagi idoralari bilan yaqindan hamkorlikda boshqariladi.
2016-yildan boshlab qo‘shimcha tanlov asosida ePIRLS tizimi joriy
qilingan bo‘lib, u o‘quvchilarning onlayn o‘qish savodxonligini baho lashga mo‘ljallangan. Internet o‘quvchilar uchun ma’lumotlar olishning boshlang‘ich yo‘li hamda maktab fanlari doirasida izlanishlar olib bo rish uchun markaziy manba hisoblanadi.
2021-yilda o‘tkazilgan PIRLS tadqiqotlarida dasturning birinchi marta raqamli formatga (digital PIRLS, lekin shu bilan birga an’anaviy qog‘oz format bo‘ladi) o‘tishi hamda ePIRLS, 2016-yilda boshlangan internet muhitida boshqariladigan onlayn o‘qishni kompyuterda baholash ko‘zda tutildi.PIRLS dasturida qatnashuvchi mamlakatlar soni yildan yilga ko‘payib bormoqda. Masalan, dasturda 2001-yilda 35 ta mamlakat qatnashgan bo‘lsa, 2006-yilda 40 ta, 2011-yilda 45 ta, 2016-yilda 50 ta mamlakat va navbatdagi 2021-yilda o‘tkaziladigan tadqiqotda 60 ta mamlakatning ishtirok etdi. 2016-yilda tadqiqotga Rossiya Federatsiyasining 42 ta hududidan 206 ta umumiy o‘rta ta’lim maktabi va 4577 ta boshlang‘ich sinf o‘quvchilari jalb etilgan bo‘lib, tadqiqot natijalariga ko‘ra Rossiya Federatsiyasi dunyo bo‘yicha birinchi o‘rinni egallagan.
O‘qish savodxonligi o‘quvchilarning ilmiy va shaxsiy muvaffaqiyatini o‘sishi uchun asos bo‘lib xizmat qiladi, shuningdek, PIRLS ta’lim sohasida olib borilayotgan siyosatning muvaffaqiyatga ta’sirini baholash uchun qimmatli vosita hisoblanadi.

Download 1,43 Mb.
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   63




Download 1,43 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Pirls xalqaro tadqiqotiining o‘ziga xos xususiyatlari

Download 1,43 Mb.