Pirls tadqiqotida o‘qish savodxonligi




Download 1,43 Mb.
bet59/63
Sana13.05.2024
Hajmi1,43 Mb.
#228404
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   63
Bog'liq
Majmua 4-k Ona tili va o`qish sav.2023 (1)

Pirls tadqiqotida o‘qish savodxonligi. O‘qish savodxonligi – jamiyat tomonidan talab qilinadigan va inson tomonidan qadrlanadigan yozma tilning shakllarini idrok etish va amaliyotda qo‘llay olish qobiliyatidir.
Ushbu nuqtayi nazar o‘quvchilarning o‘qishdan olingan ma’lu mot lardan foydalanish qobiliyatiga tobora ko‘proq e’tibor qaratadigan zamonaviy jamiyatda dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Asosiy e’tibor tushunishni namoyon qilishdan o‘zlashtirilgan ma’lumotlarni qanday qilib yangi loyihalar va vaziyatlarda qo‘llay olish qobiliyatlarini namoyon qilishga qaratilmoqda.
PIRLSning o‘qishdagi yutuqlarni baholash doiralari IEA tomonidan
1991-yilda o‘qish savodxonligi bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlardan foydalangan holda, ilk marotaba, 2001-yildagi tadqiqotlar uchun ishlab chiqilgan. Shundan buyon PIRLSning baholash doiralari tadqiqotning har bir davri uchun, shu jumladan, 2021-yildagi tadqiqot davri uchun ham yangilandi.
Hozirgi vaqtda PIRLS ta’rifiga ko‘ra, o‘qish savodxonligi jamiyat tomonidan talab qilinadigan va inson tomonidan qadrlanadigan yozma til shakllarini tushunish va ulardan foydalanish, shuningdek, matnlardan turli shakllarda ma’no hosil qila olish qobiliyati hamdir. O‘qish savodxonligining bu ko‘rinishi konstruktiv va interaktiv jarayon sifatida ko‘plab o‘qish nazariyalarini aks ettiradi. O‘quvchining matn bilan ishlashi jarayonida o‘quvchi va matn orasidagi muloqot orqali (shuning uchun ham bu jarayon interaktiv deyiladi) o‘quvchi ma’noni yaratadi (shuning uchun ham bu jarayon konstruktiv inglizcha «construct» – yaratmoq deyiladi). O‘quvchi bu jarayonning faol qatnashuvchisi bo‘lib, ma’no yaratadi, matn ustida mushohada yuritadi va samarali o‘qish strategiyalarini ongli ravishda tanlab qo‘llaydi. Har bir matn turi odatiy shakl va qoidalarga amal qilgan holda o‘quvchiga matnni sharhlashga yordam beradi. Har qanday matn turli shaklga ega bo‘lishi mumkin. Bular an’anaviy kitoblar, jurnallar, hujjatlar va gazetalar, shuningdek, raqamli ko‘rinishdagi yozma shakllarni ham o‘z ichiga oladi.
PIRLS yosh o‘quvchilarning sinfda va sinfdan tashqari o‘qishining
ikkita keng qamrovli maqsadiga qaratilgan. Bular badiiy tajriba orttirish hamda ma’lumot olish va ulardan foydalanish uchun o‘qishdir.
Bundan tashqari, PIRLS o‘qish maqsadlarining har birida to‘rtta keng tushunish jarayonini birlashtiradi. Bular:

  1. diqqatni jamlash va aniq ko‘rsatilgan ma’lumotlarni topish;

  2. to‘g‘ridan to‘g‘ri xulosalar chiqarish;

  3. g‘oyalar va axborotni talqin qilish va uyg‘unlashtirish;

  4. kontent va matn elementlarini baholash va tanqid qilish.


Download 1,43 Mb.
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   63




Download 1,43 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Pirls tadqiqotida o‘qish savodxonligi

Download 1,43 Mb.