|
Ona tili va o‘qish savodxonligi darslarini innovatsion yondashuv asosida tashkil qilish” kursining mazmun-mohiyati, maqsad va vazifalari
|
bet | 56/63 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 1,43 Mb. | | #228404 |
Bog'liq Majmua 4-k Ona tili va o`qish sav.2023 (1)1. Tahlil bosqichi (unda oʻquv muassasining masofaviy ta’limni tashkil etishga boʻlgan ehtiyoji, ta’lim oluvchilarning soni, ta’lim shakli, metod va vositalari, loyihani amalga oshirish uchun zarur boʻlgan texnik, dasturiy va inson resurslari, loyihani iqtisodiy asoslari tahlil qilinadi).
2. Loyihalashtirish bosqichi (unda tahlillar natijasida amalga oshiriladigan ishlar koʻlami va texnik topshiriqlar loyihalashtiriladi).
3. Joriy qilish bosqichi (ushbu bosqichda masofaviy ta’lim jarayonini boshqaruvchi dasturiy majmua tegishli serverda oʻrnatiladi, tizimga muvofiq domen tanlanadi; masofaviy ta’lim jarayonini boshqaruvchi dasturiy majmuadan foydalanish va unga texnik xizmat koʻrsatishni ta’minlovchi xodimlarga ish oʻrgatish boʻyicha oʻquv mashgʻulotlari tashkil etiladi).
4. Oʻquv kontentlarini yaratish bosqichi (unda soha mutaxassislari bilan hamkorlikda masofaviy ta’limning asosiy elementlaridan biri – oʻquv kontentlari yaratilib, ular ekspertlar tomonidan ekspertizadan oʻtkaziladi).
5. Ishga tushirish bosqichi (unda masofaviy ta’lim jarayoni ishga tushiriladi; o‘quv jarayoni doimiy nazoratga olinadi; tizim xavfsizligi monitoring qilib boriladi).
6. Rivojlantirish bosqichi (unda yuqorida keltirilgan bosqichlarda mavjud bo‘lgan kamchiliklar to‘g‘rilanadi, yangi o‘quv kurslar yaratiladi, texnik imkoniyatlar kengaytiriladi, tizimning rivojlanishiga tegishli bo‘lgan ishlar ko‘lami bajariladi).
Masofaviy ta’lim texnologiyalari ta’li mning belgilangan mazmun asosida amalga oshirilishini ta’minlashga yo‘naltirilgan shakl, metod va vositalar majmuasidir.
Ushbu texnologiyalar ta’lim axborotlarini taqdim etish, ta’lim axborotlarini uzatish hamda ta’lim axborotlarini saqlash va qayta ishlash texnologiyalarini o‘z ichiga oladi. Masofaviy ta’lim texnologiyalari orasida elektron axborot-ta’lim resurslari (EATR) muhim o‘rin tutadi. Masofaviy ta’lim tizimida EATR elektron axborot tashuvchi vositalar - disketa, SD-ROM, DVD kabilarda o‘quv axborotini tashish yoki Internet tarmog‘i orqali elektron pochta orqali yuborish imkoniyatini ta’minlaydi. Aksariyat hollarda tinglovchilar EATR bo‘yicha o‘quv axborotlarini Internet tarmog‘iga bog‘langan holda tegishli saytlardan oladi.
22- mavzu: O‘quvchilarni PIRLS topshiriqlari asosida badiiy asarni tahlil qilishga o‘rgatish. Bo‘lajak boshlang’ich sinf o‘qituvchilarini PIRLS tizimi asosida baholashga o‘rgatish.
Reja:
1. PIRLS xalqaro tadqiqotining mazmun-mohiyati
2. PIRLS xalqaro tadqiqotiining o‘ziga xos xususiyatlari
3.PIRLS tadqiqotida o‘qish savodxonligi
4. Matn va mazmunga oid birliklarni baholash va tanqidiy tahlil qilish.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Ona tili va o‘qish savodxonligi darslarini innovatsion yondashuv asosida tashkil qilish” kursining mazmun-mohiyati, maqsad va vazifalari
|