• Tayanch tushunchalar
  • -mavzu: Masofali o‘qitish texnologiyalari va ularni boshlang‘ich ta’limda qo‘llash masalalari




    Download 1,43 Mb.
    bet54/63
    Sana13.05.2024
    Hajmi1,43 Mb.
    #228404
    1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   63
    Bog'liq
    Majmua 4-k Ona tili va o`qish sav.2023 (1)

    15-mavzu: Masofali o‘qitish texnologiyalari va ularni boshlang‘ich ta’limda qo‘llash masalalari
    Reja:

    1. Masofali o‘qitish va uning mohiyati, o‘ziga xos jihatlari.

    2. Masofadan o‘qitishning tashkiliy-metodik modeli.

    3. Masofaviy ta’limining ustuvor tamoyillari.

    4. Masofaviy ta’limni tashkil etish bosqichlari



    Tayanch tushunchalar: Masofali oʻqitish, masofaviy ta’lim, masofaviy ta’lim tamoyillari, masofaviy ta’lim bosqichlari, birlamchi model, ikkilamchi model, aralash model.
    Masofali oʻqitish zamonaviy ta’limning eng muhim va tobora ommaviylashib borayotgan shakli sanaladi. Zamonaviy sharoitda axborot-kommunikatsion texnologiyalarning tezkor rivojlanishi ta’lim jarayonida ularning imkoniyatlaridan foydalanish uchun qulay sharoitni vujudga keltirdi. Ayni vaqtda yetakchi xorijiy mamlakatlar masofadan oʻqitish borasida boy tajriba toʻplangan.
    Masofaviy ta’lim – muayyan nuqtadan axborot-kommunikatsiya vositalari (video, audio, kompyuter, multimedia, radio, televidenie va b.) yordamida ta’lim xizmatlarini koʻrsatish, ta’limiy mahsulotlarni tarqatish va yetkazib berishdai an’anaviy hamda innovatsion shakl, metod, vositalarga asoslangan holda ta’lim resurslaridan foydalanishga yoʻnaltirilgan ta’lim.
    Masofaviy ta’lim texnologiyasi 1969- yilda Angliya premer-ministri G.Vilson tashabbusiga koʻra shakllantirilgan deb hisoblanadi.
    Ammo masofadan oʻqitish ancha oldinroq, ya’ni, birinchi barqaror, muntazam pochta aloqasining shakllanish davrida yuzaga kelgan. 1858-yildan boshlab London universitetida barcha xohlovchilarga ularning mustaqil bilim olishlari, barcha ixtisosliklar va barcha sohalardagi akademik daraja uchun imtihon topshirishlariga ruxsat etilgan. 1938-yildan buyon Sirtqi ta’lim boʻyicha Xalqaro kengash, 1982-yildan boshlab, Masofaviy ta’lim boʻyicha Xalqaro Kengash nomi bilan mashhur xalqaro ta’lim tashkilotlari sifatida faoliyat koʻrsatmoqda.
    Ochiq universitetlardagi oʻqish harajatlari an’anaviy institutlarda oʻqitishga qaraganda 8-10 marta arzon. M: Angliyada turgʻun oʻqishga 3000, masofaviy oʻqitish orqali bilim olishga esa atiga 300 funt sterling toʻlanadi. Binolarga xizmat koʻrsatish, jihozlar va laboratoriya uchun harajatlar, oʻqituvchi, ma’muriyatlar va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar shtati qisqaradi. Ta’lim oluvchilarga filiallar tarmogʻi, telestudiya va kompyuter tarmogʻi orqali maslahatlar beriladi. Angliyada oʻquvchilarni tayyorlash dasturi 130 ta kursni oʻz ichiga qamrab oladi, ularning koʻplari fanlararo bogʻlanish xususiyatiga ega.
    Masofaviy ta’lim AQShda oʻtgan asrning 60-yillarning oʻrtalaridan, Yevropada esa 70-yillarning boshlarida jadal rivojlana boshlandi.
    Oʻqitishning bu shakli ta’lim oluvchilar va oʻqituvchilarning bir-birlari hamda oʻqitish vositalari bilan oʻzaro ta’sirining maqsadga yoʻnaltirilgan interfaol jarayonidan iborat boʻlib, bunda ta’lim jarayoni ularning geografik fazoviy joylashishiga bogʻliq boʻlmaydi.
    Ta’lim jarayoni kichik tizimlardan iborat, ya’ni oʻqitish maqsadi, mazmuni, metodlari, vositalari, tashkiliy shakllari, nazorat, oʻquv-moddiy, moliyaviy-iqtisodiy, me’yoriy-huquqiy va marketing kabi elementlarni qamrab olgan oʻziga xos pedagogik tizimda kechadi.
    Axborot-ta’lim muhiti ma’lumotlarni uzatish vositalari, axborot resurslari, oʻzaro muloqot bayonlari, foydalanuvchilarning ta’lim olishga boʻlgan ehtiyojlarini qondirishga yoʻnaltirilgan apparat-dasturiy, tashkiliy-uslubiy ta’minot va boshqalar masofadan ta’limning tizimiy-tashkiliy majmui sanaladi.
    Masofaviy ta’lim oʻqitishning an’anaviy usullaridan foydalanish, turgʻun sharoitda oʻqish imkoniyatiga ega boʻlmagan, imkoniyatlari tibbiy shart-sharoitlar tufayli chegaralangan shaxslar, shuningdek, kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslarining tinglovchilari, xorijiy mamlakatlarning ta’lim muassasalarida oʻqitish istagida boʻlgan abiturientlar, ikkinchi mutaxassislikni egallashni xohlovchi kadrlarga juda qulay sharoitni yaratib beradi.
    Mazkur ta’limni tashkil etishda oʻqituvchilarning faoliyati faqat oʻquv axborotlarini uzatish bilan cheklanmaydi. Shu sababli bu turdagi ta’limni tashkil etishga bir necha mutaxassis jalb qilinadi. Ular oʻz vazifalariga koʻra turlicha nomlanadi. Xususan:
    1. Oʻqituvchi – masofaviy ta’limni tashkil etishda foydalaniladigan oʻquv-metodik qoʻllanmalarning muallifi.
    2. Moderator – masofaviy ta’lim negizida tashkil etilayotgan seminar, trening, davra suhbati va forumlarga boshchilik qiluvchi (boshqaruvchi) pedagog (muloqot jarayonining toʻgʻri tashkil etilishini ta’minlaydi, bildirilayotgan fikrlarni umumlashtiradi, zarur boʻlganda ularni toʻgʻrilaydi, ta’lim oluvchilarning mustaqil fikrlash va ishlash qobiliyatlarini rivojlantiradi, bilish faoliyatlarini faollashtiradi).
    3. Tyutor (lot. “tutorem”) – oʻquv kurslari uchun interfaol metodlarni tanlovchi, ma’ruza oʻqituvchisi bilan oʻquvchi oʻrtasida ta’limiy aloqani oʻrnatuvchi pedagog (ustoz, murabbiy).
    4. Edvayzer (fr. “avisen” – “oʻylamoq”, “advisor” – “oʻylovchi”) bitiruv malakaviy ishi, kurs loyihalarining ta’lim oluvchilar tomonidan individual, mustaqil bajarilishi vaqtida metodik yordam beradigan maslahatchi.
    5. Fasilitator (lot. “facilis”, ingl. “facilitator” – yengil, qulay) – masofaviy ta’lim xizmatidan foydalanayotgan guruhlarning faoliyatini muammoning yechimini topishga yoʻnaltiruvchi, guruhlarda yuzaga keladigan muloqotni rivojlantiruvchi, shuningdek, guruhlar faoliyatini xolis, samarali baholovchi pedagog.
    6. Invigilator – masofaviy ta’lim asosida tashkil etiladigan oʻqitish natijalarini nazorat qiluvchi mutaxassis-pedagog.
    Masofaviy ta’lim tizimida produktiv, reproduktiv, muammoli bayon, evristik va ilmiy izlanish (tadqiqot) metodlari qoʻllaniladi. Bu tizimda oʻqitish vositalari sifatida quyidagilardan foydalaniladi:
    Kitoblar (bosma va elektron shaklda); didaktik materiallar; kompyuter o‘quv tizimlari (oddiy va multimedia shaklida); audio o‘quv axborotlari; video o‘quv axborotlari; virtual stendlar trenajyorlar; ma’lumotlar bazasi; texnik vositalar - radio, televidenie magnitofon, videomagnitofon, kinoproektor, diaproektor, videoproektor kodoskop, kompyuter, internet tarmog‘i va b.
    Oʻquv kurslarida bir tinglovchining oʻrniga boshqa tinglovchi qatnashishi, uning oʻrniga sinov topshiriqlarini topshirishning olini olish maqsadida masofaviy ta’lim tizimida nazorat videokonferentsiyalarni tashkil etilishiga asoslanadi.
    Masofaviy ta’lim tizimiga koʻra mashgʻulotlar ma’ruza, seminar, laboratoriya mashgʻuloti, kurs ishi, sinov, imtihon, maslahat, mustaqil ish kabi shakllarda yoʻlga qoʻyiladi.
    Avvaldan yozib olingan videoma’ruzalar ta’lim oluvchilarga ma’ruzalarni tinglash va koʻrish uchun sharoit yaratsa, faksimal aloqa, xabar, topshiriqlarni tarmoq orqali tezkor almashinish oʻquvchilarga oʻzaro teskari aloqa orqali oʻqitish imkonini beradi. Zamonaviy sharoitda telekommunikatsiya vositalari – bosma matnlar, audio va videoyozuvlar oʻrni elektron oʻquv-axborot resurslari, dasturlari bilan toʻldirilmoqda.
    Masofadan oʻqitishning tashkiliy-metodik modeli sifatida quyidagilar tavsiflanadi:
    -eksternat asosida o‘qitish;
    - bir universitet negizida o‘qitish;
    - bir necha o‘quv yurtining hamkorligi;
    - maxsus masofaviy o‘qitish maqsadida tashkil etilgan avtonom ta’lim muassasalari;
    - avtonom o‘qitish tizimlari;
    - multimedia dasturi asosida norasmiy integrallashgan masofali o‘qitish;
    -yagonalik modeli va b.
    Hozirda rivojlangan xorijiy mamlakatlarda masofaviy ta’limning quyidagi modellari (YUNESKO, 2000-yil) amal qilmoqda:
    1. Birlamchi model (u faqat masofaviy ta’limni tashkil etishga xizmat qiladi; unga koʻra ta’limning kunduzgi shakli zarur boʻlmaydi; ta’lim barcha holatlarda masofadan tashkil etiladi; oʻqituvchi va ta’lim oluvchilar oʻquv faoliyatining shakl, metod va vositalarini erkinlik tanlash huquqiga ega; vaqt va oʻquv jadvallariga qat’iy chegaralar qoʻyilmaydi; hududiy markazlar tashkil etilgan boʻlib, ularda ta’lim oluvchilar oʻqituvchilardan maslahat olish, yakuniy imtihonlarni topshirish imkoniyatiga ega boʻladi; Buyuk Britaniyaning Ochiq universiteti (United Kingdom Open University) ana shu model asosida faoliyat koʻrsatadi).
    2. Ikkilamchi model (unga koʻra ta’lim qisman OTMda, qisman masofali dastur asosida tashkil etiladi; har ikki holatda ham dars jadvallari, oʻqitish dasturlari, imtihonlar va baholash mezonlari bir xil boʻlib, e’tibor amaliy tajribaga, pedagogika innovatsiyalarni tadqiq etishga qaratiladi; Avstraliyadagi Yangi Angliya universiteti (University of New England) shu model asosida ishlaydi).
    3. Aralash model (masofaviy ta’limning turli shakllari, bir necha shakllarning integratsiyasiga asoslangan model; ta’lim oluvchilar masofaviy ta’lim kurslari va universitet dasturlarini oʻzaro parallel ravishda oʻzlashtiradi; an’anaviy kurslar doirasida virtual seminar, taqdimot va video-ma’ruzaga asoslangan mashgʻulotlar tashkil etiladi; bu kabi integrallashgan kurslar Yangi Zelandiyaning Massey universiteti (Massey University, New Zealand)da tashkil etiladi.
    4. Konsorsium (lot. “consortium” – “sheriklik”, “birgalikda ishtirok etish”; masofaviy ta’limni tashkil etuvchi ikki universitetdan iborat birlashma; universitetlar oʻquv materiallarini oʻzaro almashtiradi yoki muayyan vazifalarni oʻzaro boʻlishib olgan holda bajaradi; m: bir universitet masofaviy ta’lim uchun oʻquv materiallarini tayyorlasa, ikkinchisi virtual oʻquv guruhlarini oʻqituvchilar bilan ta’minlaydi yoki masofaviy ta’lim dasturlarining akkreditatsiyasini ta’minlaydi; bunday holatda universitet, uning markazlari, fakultetlari, nodavlat tashkilotlari, davlat muassasalari universitetlar bilan hamkorlikka erishishlari mumkin; Kanadadagi Ochiq oʻquv Agentligi (Open Learning Agency, Canada) ushbu model asosida ish koʻradi).
    5. Franchayzing (ingl. “franchise” – “litsenziya”, “huquq”; oʻzaro hamkor universitetlarning bir-birlariga oʻzlari tomonidan tashkil etiladigan masofaviy ta’lim kurslarini tashkil etish huquqining berishi; ushbu model asosida ta’lim oluvchilar garchi muayyan universitetda tahsil olsalar-da, konsortsiumga a’zo yetakchi oliy ta’lim muassasasining oʻquvchisi oladigan hajmda sifatli ta’lim xizmatlaridan foydalanish huquqiga, qolaversa, ular kabi diplomga ega boʻladi; Buyuk Britaniyaning Ochiq universiteti qoshidagi Biznes Maktabi (Open University Business School, Great Britain) bilan oʻzaro hamkorlikka erishgan Sharqiy Yevropadagi qator universitetlar ana shu modelga asoslanib faoliyatni tashkil etadi).
    6. Validatsiya (ingl. “validation” – “qondirish”; ta’lim mahsuloti, ta’lim xizmatlari yoki ta’lim tizimi iste’molchilari ehtiyojlarining qondirilishi; masofali ta’limning keng tarqalgan bu modeliga koʻra oʻzaro hamkor ta’lim muassasalari tenglik tamoyiliga muvofiq masofaviy ta’limni barcha darajada birgalikda tashkil etish xususida kelishib oladi; ularning biri diplom validatsiyasi, ikkinchisi oʻquv kurslari, dasturlarini akreditatsiya qiladi, uchinchisi namunadagi diplom hamda sertifikatlarni berish uchun mas’ul boʻladi, ilmiy darajalar beradi va h.k.).
    7. Uzoqlashtirilgan auditoriyalar (unga koʻra zamonaviy axborot texnologiyalari va innovatsion harakterdagi ta’lim vositalari keng qoʻllaniladi; bir oliy oʻquv yurtida tashkil etilayotgan oʻquv kurslari, ma’ruza va seminarlar undan uzoq masofada joylashgan ta’lim muassasalarining oʻquv auditoriyalarga telekommunikatsiya vositalari orqali sinxron telekoʻrsatuv, videoanjuman va radioeshittirish koʻrinishida uzatiladi; oʻqituvchi bir vaqtning oʻzida oʻquvchilarning kata auditoriyasi bilan ishlaydi; AQShning Viskonsiya universiteti (Wisconsin University, USA), Xitoyning markaziy radio va televedenie universiteti (China Central Radio and TV University)da masofaviy ta’limning ushbu modelidan foydalaniladi.
    8. Loyihalar (u davlat ta’lim yoki ilmiy-tadqiqot dasturlari doirasida keng qamrovlik loyihani amalga oshirish uchun moʻljallanadi; asosiy e’tibor oʻquv materiallarini tayyorlovchi yetakchi mutaxassislar, xodimlar, masofaviy ta’lim kurslarini tashkil etadigan oʻqituvchi va olimlardan iborat ilmiy-metodik markazni shakllantirishga qaratiladi; markaz tomonidan tayyorlangan masofaviy ta’lim kurslari muayyan davlat hududida katta auditoriyaga uzatiladi; loyiha doirasida rejalashtirilgan ishlar bajarilgach (tugatilgach) yakunlanadi; Afrika va Lotin Amerikasining rivojlanayotgan davlatlarida turli xalqaro tashkilotlar tomonidan qishloq xoʻjaligi, agrotexnika, ekologiya boʻyicha tashkil etiladigan ana shu modelga misol boʻla oladi).
    Masofaviy ta’lim ham barcha ta’lim turlari kasbi muayyan tamoyillar asosida tashkil etiladi. Ular quyidagilardir:

    Download 1,43 Mb.
    1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   63




    Download 1,43 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -mavzu: Masofali o‘qitish texnologiyalari va ularni boshlang‘ich ta’limda qo‘llash masalalari

    Download 1,43 Mb.