• Tanqidiy fikrlashning rivojlanish muhitini yaratish.
  • Ona tili va o‘qish savodxonligi darslarini innovatsion yondashuv asosida tashkil qilish” kursining mazmun-mohiyati, maqsad va vazifalari




    Download 1,43 Mb.
    bet50/63
    Sana13.05.2024
    Hajmi1,43 Mb.
    #228404
    1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   63
    Bog'liq
    Majmua 4-k Ona tili va o`qish sav.2023 (1)

    Tanqidiy fikrlash nima?
    Fikrlash - o‘qish, yozish, so‘zlash va eshitishga o‘xshash jarayon. U faol, muvofiqlashtiruvchi shunday jarayonki, unda o‘zida biror haqiqat to‘g‘risidagi fikrlarni qamrab oladi. Fikrlash kontekstdan tashqarida hosil qilinadigan ko‘nikma emas. Tanqidiy fikrlash ta’limiy dastur yoki kundalik hayotning umumiy kontekstidan yiroqlashgan sharoitda o‘rganilishi lozim bo‘lgan hodisa ham emas.
    Braun (1989) ta’kidlaydiki, vazifa va real hayot maqsadlaridan ajratilgan o‘quv ko‘nikmalari ta’lim oluvchilarga ob’ektiv testlarni yaxshi topshirish imkoniyatini berishi mumkin, lekin ular bu ko‘nikmalarni yangi vaziyatlarda qo‘llay olmaydilar.
    Rixer ta’biri bo‘yicha o‘rganish va fikrlashning ta’rifi kognitiv psixologiya, falsafa va multmedia madaniyati ta’limi sohasidagi tadqiqotlar natijalariga asoslanadi.
    Bu tadqiqotlarning asosiy natijalari:
    1.Samarali va muttasil o‘rganish asosida o‘quvchilarning axborotlarni o‘zlashtirish, sintezlash va ularni to‘la egallash faolligi yotadi (Anderson va unga hammualliflar, 1985).
    2.O‘rganish jarayoni fikrlash faoliyatini rivojlantirishning turli tuman strategiyalaridan foydalangandagina muvaffaqiyatliroq bo‘ladi. Bunday strategiya o‘rganish jarayonini yanada onglilashtiradi (Palinskar va Braun, 1989).
    3. O‘rganish va tanqidiy fikrlash o‘quvchilarning aniq vazifalarga nisbatan yangi bilimlarni qo‘llash imkoniyatlariga ega bo‘lgan taqdirda rivojlanadi (Resnik,1987).
    4. O‘rganish o‘quvchilarning oldingi bilimlari, tajribalariga tayangandagina mustahkamlanadi. Bular o‘quvchilarning bilgan bilimlarini yangi axborotlar bilan bog‘lash imkoniyatini beradi (Ros,1990).
    5. Tanqidiy fikrlash va o‘rganish g‘oya va tajribalarning turlitumanligini pedagoglar tushungan va qadrlagan vaqtdagina amalga oshadi.
    Tanqidiy fikrlash «yakkayu yagona to‘g‘ri javob»ni qabul qiladigan mentalitet jarayonida yuz bermaydi.
    Tanqidiy fikrlashning rivojlanish muhitini yaratish. Tanqidiy fikrlashni rivojlantirish oson ish emas. Bu muayyan yosh davrida tugallangan va esdan chiqarilgan vazifa ham emas. Shu bilan birga tanqidiy fikrlashga olib boradigan tugallangan yo‘l ham yo‘q. Lekin tanqidiy fikrlovchilarning shakllanishiga yordam beruvchi muayyan o‘quv sharoitlari to‘plami mavjud. Uning uchun:

    Download 1,43 Mb.
    1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   63




    Download 1,43 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ona tili va o‘qish savodxonligi darslarini innovatsion yondashuv asosida tashkil qilish” kursining mazmun-mohiyati, maqsad va vazifalari

    Download 1,43 Mb.