Ona tili va o‘qish savodxonligi darslarini innovatsion yondashuv asosida tashkil qilish” kursining mazmun-mohiyati, maqsad va vazifalari




Download 1,43 Mb.
bet47/63
Sana13.05.2024
Hajmi1,43 Mb.
#228404
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   63
Bog'liq
Majmua 4-k Ona tili va o`qish sav.2023 (1)

Metodlar quyidagi guruhchalarni o‘z ichiga oladi:
1. O‘quv axborotlarini eshitish orqali qabul qilish metodlari (og‘zaki metodlar: hikoya, ma’ruza, suhbat va boshqalar).
2. O‘quv axborotlarini ko‘rgazmali uzatish va ko‘rish orqali qabul qilish metodlari (ko‘rgazmali metod, tasviriy namoyish qilish va boshqalar).
3. O‘quv axborotlarini amaliy mehnat harakatlari orqali berish (amaliy metodlar, mashqlar, laboratoriya ishlari, dastur tuzish, pedagogic masalalarni yechish, mehnat harakatlari va boshqalar).
Interfaol metodlar asosida tuzilgan dars tizimlarida turli strategiyalardan foydalaniladi. Bunda o‘quvchilarga kitoblar, daftar va boshqa usullardan foydalanish taqiqlanmaydi, aksincha bunday usullarni qo‘llash rag‘batlantiriladi.
O‘quvchilarning ijodiy imkoniyatlarini rivojlantirish, muammolarni hal qilishda tayyor standart yechimlar bilan birga nostandart yechimlar qilishga undash, o‘quvchilar ichki hissiyotlarini yuzaga chiqarib, ularni mantiqiy fikrlashga chorlash, ularni solishtirish, xususiy analitik fikr yuritishga o‘rgatish, o‘quvchilar intellektual, zukkolik xislatlarini shakllantirish va ma’lum yo‘nalishda yanada yuqori darajada rivojlantirish maqsadida muammoli uslubdan foydalaniladi.
Muammoli vaziyat qanday hosil qilinadi? Buning uchun bajarilishi lozim bo‘lgan topshiriq e’lon qilinadi. Endi shu vazifani bajarish uchun o‘quvchi bor bilim va ko‘nikmalarini eslaydi, topshiriqni bajarishda shu paytgacha egallagan bilimlarining yetishmasligini sezish bilan birga o‘quvchi shaxsida ma’lum psixologik qarama-qarshilik shaklidagi holat yuz beradi.
Galdagi muammo topshiriqni bajarish va shu topshiriqni bajarish uchun yangi bilim, iqtidor va ko‘nikmalarni izlash muammosi paydo bo‘ladi. Ana shu vaziyat esa, muammoli tahsilning boshlanish jarayoni hisoblanadi.
Pedagog o‘quvchilarning topshiriqni mustaqil bajarish jarayonini zukkolik bilan boshqaradi, e’tibor bilan kuzatadi, kerak bo‘lganda jonli muloqotga chorlaydi. O‘quvchilar mantiqiy fikrlash davomida ularning jonli mushohadasi, fikr doirasi pedagog tomonidan izchillik bilan hisobga olinib tahsil oxirida faol o‘quvchilarga qo‘yilgan ballar yoki baholarni e’lon qiladi.
O‘quvchilarda umumlashgan psixologik va uslubiy bilim, iqtidor va ko‘nikmalarni shakllantirish, o‘z tajribalarini tanqidiy nuqtai nazardan yanada mustahkamlash, real haqiqiy amaliyotdagi sharoitda sinash va amaliy ko‘nikmalarni yangi bilimlar bilan yanada boyitish maqsadida shu uslubdan foydalaniladi.
Ma’lumki, har qanday fan o‘qitilishi uchun, belgilangan maqsadga ko‘ra, uning mazmuni, o‘zlashtirish uchun mos metodlari, o‘quv vositalari va ularga mos ravishda o‘qitish shakli tanlanadi.
O‘quvchilarning psixologik tayyorgarliklari, fikrlash darajalari yoki olgan bilimlarini o‘zlashtirish darajalariga qarab, har bir ta’lim bosqichi uchun mos mazmun va metodlar tanlanadi. Ta’limda har doim mazmun va metodlar muammosi mavjud, bu muammolar bir-biri bilan uzviy bog‘langan. Ta’lim metodlaridagi muammolar «Kimni qanday o‘qitamiz?» degan savol bilan bog‘liq bo‘lib, bundan ta’lim metodlarini ishlab chiqish uning mazmuniga bog‘liq ekanligi kelib chiqadi. Bu ikki muammo o‘zaro qarama-qarshilikda bo‘lib, bir-birini to‘ldirib boradi.
Metodikaning maqsadi mazkur fandan yangi o‘quv fani (o‘quv predmeti)ni yaratish va bu fanning o‘zlashtirilishini ta’minlashdan iborat.
Bunday o‘quv fanlari o‘quvchining barcha talab va ehtiyojlarini qoniqtirishi, zamonaviy pedagogik texnologiya talablari asosida avval «o‘qish so‘ngra, bu o‘qishga o‘rgatish uchun o‘qitish» tamoyiliga asoslanishi, o‘quvchining o‘quv materialini o‘zlashtirishdagi darajalari, nazariy va amaliy bilimlarini egallashda «soddadan-murakkabga» qoidasiga asoslangan nazorat topshiriqlarini belgilash o‘quvchilarga individual va tabaqalashgan yondashuv xususiyatlarini hisobga olishi lozim.
An’anaviy metodikada o‘quvchi shaxsining rivojlanishini hisobga olgan holda uning bilimi ko‘nikmaga, undan esa malakagacha rivojlanishiga ahamiyat berilmasligi ayon. O‘qituvchi o‘quvchiga iloji boricha o‘rganilayotgan mavzudan ko‘proq axborot berishga harakat qiladi. O‘qituvchi: axborotlarni to‘plash, tanlash, qayta ishlash va o‘rganilgan axborotlarni qo‘llash kabi bilishning uchta bosqichdan iborat modeliga rioya qilavermaydi. Keyingi navbatda o‘quvchining bilish faoliyati (olgan bilimi) uning yangi pog‘onasiga, ya’ni bilish faoliyatining faollashuv jarayoniga o‘tishi kerak. Shundagina bilim ko‘nikmaga, ko‘nikma esa malakaga aylanadi. O‘quvchilar bilish faoliyatining faollashuvi qator tamoyillarga tayanadi: fanni o‘rganishga qiziqtirish, tayanch iboralarga asoslanish, muammoli metodlarni qo‘llash, mustaqil ishlarni tashkil etish, yalpi va yakka ishlarni tashkillashtirish, ko‘rgazmali va texnik vositalardan foydalanish, ta’lim mazmunini turmush bilan bog‘lash, fanlararo aloqadorlikni o‘rnatish va hokazo. Bundan esa, ta’lim jarayonida o‘qituvchi rioya qilishi kerak bo‘ladigan asosiy tamoyillar kelib chiqadi:
- o‘quvchida o‘z kuchiga ishonish hissiyotini uyg‘otish;
- o‘quvchiga o‘z vaqtida kerakli yordam berish.
Tanqidiy fikrlashni rivojlantirish oson ish emas. Bu muayyan yosh davrida tugallangan va esdan chiqarilgan vazifa ham emas. Shu bilan birga tanqidiy fikrlashga olib boradigan tugallangan yo‘l ham yo‘q. Ammo tanqidiy fikrlovchilarning shakllanishiga yordam beruvchi muayyan o‘quv sharoitlar to‘plami mavjud.
Tanqidiy fikrlash tajribasini egallashga quyidagilar kiradi:
- o‘quvchilarga fikr yuritish uchun imkoniyat berish;
- turli-tuman g‘oya va fikrlarni qabul qilish;
- o‘quvchilarning o‘quv jarayonidagi faolligini ta’minlash;
- har bir o‘quvchini tanqidiy fikr yuritishga qodir ekanligiga o‘zlarida ishonch hissini uyg‘otish;
- tanqidiy fikrlashning yuzaga kelishini qadrlash lozim.
Shu munosabat bilan o‘quvchilar:
- o‘ziga ishonchni orttirish, o‘z fikri hamda g‘oyalarining qadrini tushunish;
- ta’lim jarayonida faol ishtirok etish;
- turli fikr va g‘oyalarni e’tibor bilan tinglash;
- o‘z hukmlarini shakllantirishga va undan qaytishga tayyor turishi lozim.
Tanqidiy (tahliliy) fikrlash o‘quvchilarning faolligi bilan bevosita bog‘liqdir. Chunki o‘quvchilar sustkash tinglovchilar bo‘lishadi, ularda o‘qituvchi bilimli yoki matnda uning bu bilimlari aks etgan, shu tufayli ularning bilimlariga o‘qituvchi mas’ul degan ishonch shakllanib qolgan.
Ta’lim jarayonidagi o‘quvchilarning faol ishtiroki va ta’limga o‘zlarining mas’ul ekanligiga tayyorligi, tanqidiy fikrlashda kutilgan natijalarni beradi. O‘quvchilarni fikr yuritishga, o‘z g‘oyasi va fikrlari bilan o‘zaro o‘rtoqlashishga da’vat etish kabi pedagogik yondashuv ularning faolligini o‘stiradi.
Fikrlash jarayonini tashkil etish davomida o‘quvchilarning fikrlari, tanqidiy tahlil natijalari qimmatli ekanligini ularning ongiga singdirish zarur. O‘qituvchi (pedagog) o‘quvchilardan muayyan materialni shunchaki qayta ishlashni talab qilganda tayyor qoliplardan, andozalardan holi bo‘lishi lozim. Bu esa o‘quvchilarda o‘zgalar g‘oyalarini mexanik tarzda qayta ishlab chiqish eng muhim va qimmatli ekanligiga ishonch hosil qilishga olib keladi. Aslida o‘quvchilarga o‘z fikri, o‘ziga taalluqli bo‘lgan g‘oya va tasavvurlar qimmatli ekanligini ko‘rsata olish kerak.
O‘quvchilarning o‘zlari ham o‘z fikrlarining qimmatbaho ekanligiga ishonch hosil qila olishlari hamda masalalarni muhokama qilish jarayonida o‘ta muhim vazifa ekanligini tan olishlari kerak.
Fikrlash jarayoni o‘quvchilarning o‘zaro bir-birlari bilan fikr almashishlarini ko‘zda tutadi. O‘zaro fikr almashishda o‘quvchilardan diqqat bilan tinglash, o‘zining qarashlar tizimini so‘rovchiga zo‘rlab o‘tkazish va boshqa so‘zlovchilar fikrini tuzatib turishdan o‘zini tiyib turishi ham talab etiladi. Bunga javoban o‘quvchilar boshqalarning yalpi fikrlaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Keng doiradagi munozara oqibati o‘laroq o‘quvchilar o‘zlariga tegishli bo‘lgan g‘oyalarni tahlil qilish va uni aniqlashga yanada qobiliyati orta boradi hamda ularni o‘z bilimlari va hayotiy tajribalarida yaratgan g‘oyalari tizimiga tirkab boradi. Fikrlash jarayonini tashkil etishda uni o‘tkazishning bir necha modellari mavjud, ya’ni: o‘ziga ishonch hosil qilish, ishda faol ishtirok etish, o‘rtoqlar va o‘qituvchi bilan fikr almashish, o‘zgalar fikrini tinglay olish va boshqalar.

Download 1,43 Mb.
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   63




Download 1,43 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ona tili va o‘qish savodxonligi darslarini innovatsion yondashuv asosida tashkil qilish” kursining mazmun-mohiyati, maqsad va vazifalari

Download 1,43 Mb.