• Tafakkurning tezligi
  • Ona tili va o‘qish savodxonligi darslarini innovatsion yondashuv asosida tashkil qilish” kursining mazmun-mohiyati, maqsad va vazifalari




    Download 1,43 Mb.
    bet46/63
    Sana13.05.2024
    Hajmi1,43 Mb.
    #228404
    1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   63
    Bog'liq
    Majmua 4-k Ona tili va o`qish sav.2023 (1)

    Tafakkurning ixchamligi deganda, muammoni hal qilishning dastlab tuzilgan rejasi (plani) mazkur jarayonda masala yechish shartini qanoatlantirmay qolsa, nomutanosiblik hosil bo‘lsa, hech ikkilanmay elastik ravishda o‘zgartishlar kiritishdan iborat fikr yuritish faoliyatini tasavvur qilmog‘imiz shart. Fikrning operativ jihatdan, tezkorlik bilan o‘zgartishdan va to‘g‘ri yo‘nalishiga yo‘llab yuborishdan iborat tafakkur sifati uning ixchamligi deyiladi. Masa lan, “O‘quvchi imtihonda avval g‘oyani noto‘g‘ri yoritayotib, o‘z-o‘ziga “birdaniga” xatosini anglab, to‘g‘ri javob bera boshlashi” kabilar. Demak, tafakkurning mazkur sifati fikrlarni, inshaklsiyalarni tinglovchilarga xato va kamchiliksiz yetkazib berish garovidir.
    Tafakkurning tezligi qo‘yilgan savolga va muammoga to‘liq javob olingan vaqt bilan belgilanadi. Uning tezligi qator faktorlarga: jumladan, fikrlar uchun zarur materialni tez yodga tushira olishga muvaqqat bog‘lanishlarning tezligi, turli hislarning mavjudligiga, insonning diqqatiga, qiziqishiga bog‘liq bo‘ladi. Bundan tashqari, tafakkurning tezligi boshqa shartlarga: insonning bilim saviyasiga, fikrlash qobiliyatiga, mavjud ko‘nikma va malakalariga ham bog‘liq ekanligi isbotlangan.
    Xulosa qilib aytganda, tafakkur jarayonlarining tezligi va jarayonlarning ma’lum fursat ichida qanchalik samara berganligi bilan baholanadi.
    Fikrlarning tezligi oʻquvchilar va o‘quvchilarga juda zarur psixologik qurol bo‘lib xizmat qiladi. Imtihon paytida, seminar mashg‘ulotlarida faol ishtirok qilgan oʻquvchi hayajonlanib, egallagan bilimlarini vaqtincha unutib, o‘zini yo‘qotib qo‘yadi. O‘rinsiz, salbiy emotsiyalar (his-tuyg‘ular) uning tafakkurini tormozlab, muvaffaqiyatsizlikka olib keladi, ya’ni fikrni bayon qilishda inertlik paydo bo‘lib, keyinchalik butunlay tormozlanishga aylanadi. Ba’zi oʻquvchilar, aksincha, imtihonda hayajonlanib, fikrlari ravonlashadi. Qattiq hayajonlanish, qattiq tashqi ta’sir natijasida uyqudagi ayrim neyronlar uyg‘onib funksiyasi jadallashib ketadi va fikr “birdaniga” ravshanlanishi mumkin. Shuning uchun o‘qitish jarayonida oʻquvchi va o‘quvchilarning aqliy faoliyatini to‘g‘ri baholashda ularning individual topologik xususiyatlarni hisobga olish maqsadga muvofiqdir.
    Ta’lim oluvchining tafakkur tiplari ham o‘zlashtirsh va fikrlash jarayoniga ta’sir etishi tabiiy. Tafakkur qilishga odatlar - 16 aqliy xulq harakatlar. Tafakkur qilishga odatlar - intellektual xulqning xillarixususida amerikalik olimlar doktor Arthur Costa va Dr Bena Kallickning to‘rttomlik “Tafakkur qilishga odatlar”: Rivojlanish bilan bog‘langan qator (2000) nomli asarida keltirilgan. Ularning fikricha, maktablar va firmalarda odamlar xalqaro tarmog‘ini yaratish, to‘la fikrlashni o‘rganish uchun qandaydir tuzilish jamg‘arma va uyushmalarni yaratish kerak.
    “Tafakkur qilishga odat” ning ma’nosi - muammolar bilan to‘qnashganda va tayyor javoblar bo‘lmagan darhol ma’lum bo‘ladi.
    Tafakkur qilishga odat oʻquvchilarga maktabda va kundalik hayotida yordam berishi mumkin, chunki ular muammolar, dilemmalar va topishmoqlar bilan har kuni to‘qnashadilar. Bu odat qachonki siz javobni bilmasangizda o‘zingizni qanday tutish kerakligini ko‘rsatadi. Costa va Kallick tasdiqlaydilarlarki, “tanqidiy fikrlashning nafaqat axboroti ma ’lum, balki qanday harakat qilish kerakligi ham mavjuddir”.
    “Qachon o‘qituvchilar ataylab tanqidiy fikrlashni qabul qiladilar va baholaydilar, bu ularning loyiha harakatlarini o‘zgartiradi, ularni mazmun tanlashni aniqlaydi va ular baholashini oshiradi. Natijalar yashaydigan doira qancha keng bo‘sa, shuncha har bir odatning qadriyatlariga ularning ta ’siri kattaroq imkoniyatlarini ko‘rish mumkin”.
    O`quvchilar tanqidiy fikrini rivojlantirishda interfaol metodlarning o‘rni.
    Tanqidiy fikr - bu qo‘yilgan masala yoki muammo yuzasidan o‘z fikrini bayon qilish, o‘zgalarning fikrlarini tanqidiy qayta idrok etish, o‘z nuqtai nazarini asoslab berish va saqlab qolish imkoniyatiga ega bo‘lishga asoslangandir. Yana bu qoidaga aniqlik kiritadigan bo‘lsak, fikrlash – bu o‘qish, yozish, so‘zlash va eshitishga o‘xshash jarayon. U faol, muvofiqlashtiruvchi shunday jarayonki, o‘zida biror haqiqat to‘g‘risidagi fikrlarni qamrab oladi.
    Tanqidiy (tahliliy) fikr shu bilan ahamiyatlidir:
    - hayotning murakkab o‘zgaruvchanlik ma’nosini tushunib yetishga yordam beradi;
    - jamoaning ochiq fikrini rag‘batlantiradi;
    - shaxsning rivojlanishiga sharoit yaratishi va boshqalar.
    Ta’lim jarayonida tanqidiy (tahliliy) fikrlashning asoslanishi:
    1. O‘qituvchi (pedagog) o‘quvchi o‘rtasida hamda o‘quvchining o‘zaro hurmatini tarbiyalaydi.
    2. Mashg‘ulot jarayonida o‘quvchi tajribasidan foydalaniladi.
    3. O‘quv mazmuni o‘quvchining talablariga mos va aniq belgilanadi.
    4. Muammoni hal qilishda o‘quv materiallaridan foydalaniladi.
    5. Har xil buyum va qarashlar integratsiyalashadi.
    6. Dastlabki shart-sharoitlar qabul qilinadi va tekshirib ko‘riladi.
    7. Ta’lim o‘qituvchi (pedagog) va o‘quvchi, o‘quvchini o‘zaro munosabati orqali berib boriladi.
    8. O‘quvchi mustaqil ta’lim olishi uchun sharoit yaratiladi - o‘quvchini tayyorlash darajasiga muvofiq metodlar tanlanadi.
    Interfaol metodlar - o‘zaro fikr almashishga, o‘zaro fikrlarni to‘ldirishga, noverbal va verbal ta’sir o‘tkazishga qaratilgan harakatlar majmuasidir. Interfaol metodlar o‘zaro ta’sir asosida qurilgan intellectual harakatlar shunchaki ta’sir, turtki vazifasini bajarish bilan cheklanib qolmasdan, balki hamkorlik subektlarini ijodiy izlanishga yo‘naltirish, noma’lum holatni ochishga, kashf etishga ko‘mak beruvchi nazariy-aqliy mulohazalarda ifodalanishi mumkin.
    Ta’lim mazmunini o‘zlashtirishda o‘quvchilarning bilim saviyasi, o‘zlashtirish darajasi, ta’lim manbai, didaktik vazifalariga qarab, munosib ravishda quyidagi interfaol metodlar qo‘llaniladi:
    - o‘qitishning ko‘rgazmali metodi;
    - mustaqil ishlar metodi;
    - muammoli evristik modellashtirish metodi;
    - ilmiy tadqiqot metodlari;
    - o‘qitishning muammoli-izlanish va reproduktiv metodi;
    - o‘qitishning induktiv va deduktiv metodi;
    - o‘qitishning nazorat va o‘zini o‘zi nazorat qilish metodi.

    Download 1,43 Mb.
    1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   63




    Download 1,43 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ona tili va o‘qish savodxonligi darslarini innovatsion yondashuv asosida tashkil qilish” kursining mazmun-mohiyati, maqsad va vazifalari

    Download 1,43 Mb.