|
-mavzu: Tanqidiy fikrlashni shakllantiruvchi ta’lim texnologiyalari va ularni “Ona tili va o‘qish savodxonligi” darslarida qo‘llashning metodik imkoniyatlari
|
bet | 45/63 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 1,43 Mb. | | #228404 |
Bog'liq Majmua 4-k Ona tili va o`qish sav.2023 (1)14-mavzu: Tanqidiy fikrlashni shakllantiruvchi ta’lim texnologiyalari va ularni “Ona tili va o‘qish savodxonligi” darslarida qo‘llashning metodik imkoniyatlari
Reja:
Tanqidiy tafakkurining o‘ziga xosligi.
Tanqidiy (tahliliy) fikrning ahamiyati.
Ta’lim jarayonida tanqidiy (tahliliy) fikrlashning asoslanishi.
O`quvchilar tanqidiy fikrini rivojlantirishda interfaol metodlar va ularni “Ona tili va o‘qish savodxonligi” darslarida qo‘llashning metodik imkoniyatlari
Tayanch tushunchalar: Tanqidiy tafakkur, tanqidiy (tahliliy) fikr, tafakkurning ixchamligi, tafakkurning tezligi, “Tanqidiy fikrlash” metodi, bahs-munozara, tahlil etish.
Tanqidiy tafakkurining o‘ziga xosligi. Tafakkurning mustaqilligi aqlning sertashabbusligi, pishiqligi va tanqiydiligidan namoyon bo‘ladi. Aqlning sertashabbusligi deganda, insonning o‘z oldida yangi muammo, aniq maqsad va konkret vazifalar qo‘yishini, ana shularning barchasini amalga oshirishda, nihoyasiga yetkazishda, yechimni qidirishda usul va vositalarni shaxsan o‘zi izlashi, aqliy zo‘r berib intilishi, ularga taalluqli qo‘shimcha belgi va alomatlarni kiritishdan iborat bosqichlarning namoyon bo‘lishini nazarda tutamiz.
Aqlning pishiqligi vazifalarni tez yechishda, yechish paytida yangi usul va vositalarni tez izlab topishda, ularni saralashda, ana shu usullar va vositalarni o‘z o‘rnida aniq qo‘llashda, trafaretga aylangan, eski yo‘l hamda usullardan forig‘ bo‘lishda va boshqa jarayonlarda ifodalanadi.
O‘zining va o‘zgalarning mulohazalarini, bu mulohazalarning chin yoki chin emasligini tekshira bilishda va namoyon bo‘lgan mulohazalarga, muhokamalarga, muammotik vaziyatga baho bera bilishda aqlning tanqidiyligi muhim rol o‘ynaydi. Tafakkurning tanqidiyligi obyektiv va subyektiv ravishda ifodalanishi mumkin. Mazkur sifat insonni baholash o‘z-o‘zini baholash kabi tafakkurning individual xususiyatlari bilan bog‘liq ravishda namoyon bo‘ladi. Agar tanqidiylik oqilona, muhim belgilarga, muammo mohiyatining to‘g‘ri ochilishiga (ba’zan etalonga) asoslanib amalga oshsa, unday tanqidiylik ob’ektiv tanqidiylik deb ataladi.
Mabodo tafakkurning tanqidiyligi sub’ektiv xatolarga, umuman sub’ektivizmga og‘ib ketsa, bunday holda sub’ektiv tanqiydilik deyiladi.
Subyektiv tanqidiylik salbiy oqibatga olib keladi, shuningdek, insonlar o‘rtasida “anglashilmovchilik g‘ovi” ni vujudga keltiradi, ikki shaxs o‘rtasida kutilmaganda ziddiyat paydo bo‘ladi. Insonda tafakkurning tanqidiyligi oqilona, ratsional tarzda vujudga kelsa, unda shaxs muhim sifat bilan boyiydi, deb atish mumkin.
Maqsad, muammo va vazifalar o‘zga shaxslar tomonidan qo‘yilib, tayyor usul va vositalarga tayangan holda o‘zga kishilarning bevosita yordami bilan amalga oshirilishi jarayonida bir oz ishtirok etgan tafakkur nomustaqil tafakkur deb ataladi. Nomustaqil tafakkurlari kishilar “tayyor mahsulotlar quli”ga aylanadilar o‘sishdan orqada qolish xavfi tug‘iladi. Natijada aql-zakovatli inson bo‘lish o‘rniga kaltabin, aqlan erinchoq, behafsala odam bo‘lib voyaga yetadi. Demak, tafakkurning nomustaqillik illati jahon progressiga to‘siq bo‘lib, yakka shaxs uchun esa tragediya rolini bajarishi ehtimoldan xoli emas.
Fikrning mustaqilligi uning mahsuldorligi (samaradorligi) bilan uzviy bog‘langan. Agar inson tomonidan muayyan vaqt ichida ma’lum soha uchun qimmatli va yangi fikrlar, g‘oyalar, tavsiyanomalar yaratilgan hamda nazariy va amaliy vazifalar hal qilingan bo‘lsa, bunday kishining tafakkuri sermahsul tafakkur deb ataladi. Demak, vaqt oralig‘ida bajarilgan ish ko‘lami va sifatiga oqilona baho berish- tafakkur mahsuldorligini o‘lchash mezoni sifatida xizmat qiladi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
-mavzu: Tanqidiy fikrlashni shakllantiruvchi ta’lim texnologiyalari va ularni “Ona tili va o‘qish savodxonligi” darslarida qo‘llashning metodik imkoniyatlari
|