|
-mavzu: “Ona tili va o‘qish savodxonligi” darslarida grafik organayzerlardan foydalanish
|
bet | 41/63 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 1,43 Mb. | | #228404 |
Bog'liq Majmua 4-k Ona tili va o`qish sav.2023 (1)12-mavzu: “Ona tili va o‘qish savodxonligi” darslarida grafik organayzerlardan foydalanish
Reja:
Grafik organayzerlar va ualardan ta’lim jarayonida foydalanish.
“Ona tili va o‘qish savodxonligi” darslarida grafik organayzerlarni qoʻllash.
Tayanch tushunchalar: grafik organayzer, “Baliq skeleti”, “BBB”, “Kontseptual jadval”, “Venn diagrammasi”, “Insert”, “Klaster”, “Nima uchun?”, “Qanday?”.
“Bilaman. Bilib oldim. Bilishni xohlayman”organayzeri. Sinf oʻquvchilari beshta guruhga boʻlinadilar, guruhlar nomlanadi. Yozuv taxtasi uch qismga ajratiladi. Birinchi bandning yuqori qismiga «Bilaman», ikkinchi bandning yuqori qismiga «Bilib oldim», uchinchi bandning yuqori qismiga esa «Bilishni xohlayman»degan soʻzlar yoziladi. Soʻngra oʻqituvchi oʻquvchilardan mavzu yuzasidan qanday ma'lumotlarga ega ekanliklarini soʻraydi va bildirilgan fikrlarni
«Bilaman »nomli bandga yozib qoʻyadi. Ushbu hguruhlar tomonidan fikrlar toʻla bayon etilganga qadar davom etadi. Mazkur jarayonda guruhlarning barcha a'zolari faol ishtirok etishlariga ahamiyat berish zarur. Oʻquvchilar tomonidan bildirilayotgan notoʻg’ri fikrlar ham inkor etilmasligi zarur (zero bunday harakat oʻquvchilarning faolligiga salbiy ta'sir koʻrsatadi).
Keyingi bosqichda oʻquvchilarga mavzuga oid matnlar tarqatiladi. Ushbu matn mavzu boʻyicha eng asosiy tushunchalarni oʻz ichiga oladi. Oʻquvchilar matn bilan tanishib chiqqandan soʻng fikr yuritishlari hamda mavzuga oid yana qanday ma'lumotlarni oʻzlashtiriganliklarini aniqlashlari lozim. Oʻquvchilar oʻz xulosalari asosida fikrlarini bayon etadilar, ushbu fikrlar «Bilib oldim» nomli ustunga yozib boriladi.
Soʻngi bosqichda oʻqituvchi oʻquvchilaridan yangi mavzu boʻyicha qanday ma'lumotlarni oʻzlashtirish istagida ekanliklarini soʻraydi va oʻquvchilarni yana oʻylashga da'vat etadi. Guruhlardan navbati bilan fikr soʻraladi.
Oʻquvchilar tomonidan bildirilgan fikrlar «Bilishni xohlayman» ustunga yozib boriladi.Masalan: Matn oʻquvchilarga tarqatiladi. Oʻquvchilar yakka tartibda (7 minut) matn bilan tanishadilar. Soʻngra guruhlarda yuqorida qayd etilgan jadvalni toʻldiradilar.
|
| |