|
Ona tili va o‘qish savodxonligi darslarini innovatsion yondashuv asosida tashkil qilish” kursining mazmun-mohiyati, maqsad va vazifalari
|
bet | 39/63 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 1,43 Mb. | | #228404 |
Bog'liq Majmua 4-k Ona tili va o`qish sav.2023 (1)"Yumaloqlangan qor" strategiyasi. Ushbu strategiya ham mavzuni muayyan qismlarga bo‘lgan holda o‘z-lashtirish imkonini beradi hamda o‘quvchi-oʻquvchilarda guruh va juftlikda ishlash ko‘nikmalarini shakllantirishga
xizmat qiladi. Metodni qo‘llash jarayonida quyidagi harakatlar amalga oshiriladi:
– tasvirli kartochkalar tayyorlanadi:
-ularning orqa tomoniga mavzuni o‘zlashtirishga oid o‘n besh variantdan iborat topshiriqlar yoziladi;
– o‘quvchi-oʻquvchilar ikki yoki uch guruhga bo‘linadilar (guruhlarni hosil qilishda tasvirli kartochkalardan foydalaniladi);
– har bir guruh a’zolari bir nechta juftliklarga biriktiriladi;
– har bir juftlik bir variantdagi topshiriqni bajaradi;
– jarayon yakunida umumiy xulosalar chiqariladi.
“Yumaloqlangan qor” strategiyasidan muayyan bo‘lim yoki boblar bo‘yicha
o‘zlashtirilgan nazariy va amaliy bilimlarni mustahkamlash maqsadida foydalanish nihoyatda qulay.
"Zig-zag” (“Boshqalarni o‘qitish”) strategiyasi. Bu strategiya o‘quvchilar bilan guruh asosida ishlash, mavzuni tez-kor va puxta o‘zlashtirishga xizmat qiladi. Metodning afzalligi quyidagi jihatlar bilan belgilanadi:
1. O‘quvchi-oʻquvchilarda jamoa bo‘lib ishlash ko‘nikmasi shakllanadi;
2. Mavzuni o‘zlashtirishga sarflanadigan vaqt tejaladi
“Zig-zag” strategiyasining qo‘llanish qoidasi quyidagicha:
1-bosqich. Kichik guruhlar tashkil etiladi.
2-bosqich. Har bir guruh ishtirokchilariga 1, 2, 3 raqamlari yozilgan qog‘ozlar
(topshiriqlar soniga qarab) tarqatiladi.
3-bosqich. Har bir guruhdagi ishtirokchilar alohida stol atrofida birlashadi (1,1,1,1), (2,2,2,2), (3,3,3,3) va ushbu guruhlarning har biriga alohida topshiriqlar beriladi.
4-bosqich. Guruh ishtirokchilari belgilangan vaqt oralig‘ida berilgan tahlil turlarini
puxta o‘rganadilar va har bir ishtirokchi “o‘qituvchi” darajasiga ko‘tariladi.
5-bosqich. Har bir ishtirokchi avvalgi o‘rniga qaytadi va o‘zining puxta o‘rganib kelgan materialini (dars tahlili turini) sheriklariga galma-galdan tushuntirishi kerak.
Mana shu tartibda dars tahlili turlari ta-labalar tomonidan mustaqil o‘rganiladi. Va bu ishlarning taqdimoti o‘tkaziladi.
Dars tahlilining qaysi turi bo‘yicha taqdimot qilish o‘qituvchi to-monidan belgilanadi, ya’ni guruhlar taqdimot qilib beradilar. Har bir guruhlar taqdimotini qolgan guruhlar baholaydi.
Baholash mezoni maksimal – 10 ball. Mazmun – 6 ball, taqdimot – 2 ball.
G‘olib guruh o‘qituvchi tomonidan rag‘batlantiriladi.
“Galereya” strategiyasi. Bu strategiya oʻquvchilarda kichik guruh asosida bir yoʻla bir nechta masalani muhokama qilish qobiliyatini shakllantiradi. Uni qoʻllashda guruhning har bir a’zosi taklif etilgan barcha masalalar yechimini topishga oʻz hissasini qoʻshish imkoniyatiga ega boʻladi. Mashgʻulotlar davrida “Galereya” strategiyasidan foydalanish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
1-bosqich - masalani qoʻyish (oʻqituvchi kichik guruhlarga muayyan muammo (yoki masala)ni hal qilish topshirigʻini beradi.
2-bosqich - har bir guruh oʻziga topshirilgan masalaning yechimini topish ustida ishlaydi (bu jarayon 5-10 daqiqada ichida kechadi).
3-bosqich - har bir guruh navbati bilan 2-, 3- va 4-guruhga topshirilgan muammoning yechimini topishga kirishiadi (guruhlar harakati doira tarzida soat strelkasi boʻyicha amalga oshiriladi; bir guruh boshqa guruhlarning yechimlarini oʻrganadi, ularga nisbatan oʻz munosabatini bildiradi; qoʻshimchalar kiritadi).
4-bosqich - guruh oʻz oʻrniga qaytadi.
5-bosqich - har bir guruhdan bir nafar oʻquvchi guruh ishi bilan jamoani tanishtiradi va ular asosida muhokama tashkil etiladi.
6-bosqich - muayyan guruh boshqa guruhlarning yechimlariga nisbatan oʻzlari tomonidan bildirilgan mulohazalarni sharhlaydi.
7-bosqich - guruhlarning fikrlariga koʻra yakuniy xulosaga kelinadi.
“Yozma ish” strategiyasi. Strategiya oʻquvchilarda mustaqil, ijodiy fikrlash malakalarini shakllantirishga yordam beradi va har bir oʻquvchini mustaqil ravishda faoliyat yuritishini ta’minlaydi. Ta’limda strategiyani qoʻllashda oʻquvchilarga quyidagi sxema asosida ish koʻrish taklif qilinadi:
1. Kim yoki nima haqida yozmoqchi ekanligingizni aniq belgilab oling!
2. Insho (hikoya, maqola) uchun mos sarlavha toping!
3. Insho (hikoya, maqola)ning qkoralamasi (xomaki nusxasi)ni tayyorlang! 4. Insho (hikoya, maqola)ning xomaki nusxasini qayta oʻqib chiqib, xatolari boʻlsa tuzatish kiriting!
5. Insho (hikoya, maqola)ning matnini oqqa koʻchiring!
6. Insho (hikoya, maqola)ni jamoadoshlaringizga oʻqib bering!
Bu strategiya asosida ishlash uchun oʻquvchilarga 9-10 daqiqa vaqt beriladi. Uni kichik guruhdarda ham qoʻllash mumkin. Bunda oʻquvchilarni guruhlarga biriktirish uchun raqamli kartochkalardan foydalanish qulay. Har bir kichik guruh alohida mavzular asosida hikoya, esse yoki maqolalarni tayyorlashi mumkin. Hikoya, esse yoki maqolalarni tayyorlashda guruh a’zolarining birgalikda, oʻzaro fikr almashib faoliyat yuritishlariga erishish maqsadga muvofiqdir.
Belgilangan vaqt nihoyasiga yetgach, har bir guruhning ishi taqdimot asosida namoyish etiladi. Oʻqituvchi hikoyaning mazmuni, saviyasi va orfografik xatolariga e’tibor bergan holda guruh ishini baholaydi.
Strategiyani qoʻllash quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:
Har bir oʻquvchi, juftlik yoki guruhga oʻrganilgan mavzuga oid bir nechta tayayach tushuncha yeki mavzular yozilgan kartochkalar tarqatiladi Oʻquvchi, juftlik yoki guruhlar kartochkada koʻrsatilgan tushuncha yoki mavzulardan birisini tanlab, u asosida kichik hikoya, esse yoki maqola tayyorlaydi. Agar oʻquvchi, juftlik yoki guruhlarga bir necha tayanch tushuncha (soʻz)lar taqdim etilsa, yaratilgan hikoya, esse va maqolalarda ushbu tayanch tushunchalar ishtirok etishi zarur.
Har bir oʻquvchi, juftlik yoki guruh hikoyaning avval qoralamasini yozadi Har bir oʻquvchi, juftlik yoki guruh oʻzi tomonidan tayyorlangan hikoya, esse yoki maqolani tekshirib chiqib, oqqa koʻchiradi. Hikoya, esse yoki maqola tayyorlash uchun har bir oʻquvchi, juftlik yoki guruhga avval oʻzi bilgan, tanigan, eshitgan, oʻkiganlarini yodga olish va ular haqida yozish tavsiya etiladi.
“Rotatsiya” strategiyasi. Bu strategiya mashg'ulot mavzusini har bir kichik guruh alohida-alohida muhokama qilib chiqishi, yozganlarini butun jamoa boʻlib tahlil qilib koʻrishi uchun qoʻllaniladi va quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi;
- dars mavzusi boʻyicha topshiriqlar (masalan, rejadagi mavzular) plakatlarga yozilib doskaga osib qoʻyiladi;
- topshiriqlar soni uchta boʻlsa, oʻquvchi-oʻquvchilar ham shuncha kichik guruhlarga ajratiladi va guruhchalar nomerlanadi;
- kichik guruhlar oʻzlarining nomerlariga mos nomerdagi topshiriqni va uni bajarishda foydalaniladigan yozma ma'lumotlar paketini oladi;
- kichik guruhlar oʻzlariga taqdim etilgan materiallarni hamkorlikda oʻrganishib topshiriqqa javoblarini yozishadi;
- javoblar kichik guruhdagi husnixati chiroyli bir oʻquvchi-oʻquvchi tomonidan yoziladi;
-topshiriqlarga yozilgan javoblar varag'i, ma'lumotlar paketi kichik guruhlararo almashtiriladi va qoʻshimcha qilinadi, biroq javoblarning takrorlanishiga yoʻl qoʻyilmaygan;
-javoblar qaysi kichik guruhniki ekanligi ajralib turishi uchun ularga har xil rangdagi flamasterlardan foydalanish tavsiya etiladi.
“Ruchka stol ustida” strategiyasi. Bu strategiya amaliy mashg'ulot uchun qulay. Savolga oʻzining javob variantini yozgan kichik guruhdagi oʻquvchi ruchkasini stol ustiga qoʻyib varaqani yonidagi sherigiga uzatadi. Savolga javob yoza olmagan oʻquvchi ruchkasini stolga qoʻymaydi.
Bir nechta kichik guruhlardagi oʻquvchilarning qoʻyilgan bir xil savolga javoblari yig'ishtirib olinib birgalikda muhokama qilinadi.
Bu strategiya afzalliklari: oʻqituvchi mashg'ulotga kim tayyor emasligini koʻrib turadi; mashg'ulotga tayyorlanmagan oʻquvchi og'zaki muhokama paytida koʻrib chiqilayotgan mavzu yuzasidan anchagina foydali bilimlar oladi; bu strategiya kichik guruhda olib boriladigan ish boʻlib, oʻquvchi intizomini mustahkamlaydi va ularni jipslashtiradi, chunki oʻzining javob varianti ustida uzoq oʻylab oʻtiradigan oʻquvchi guruhga ajratilgan vaqtni sarflab yuboradi.
Shuningdek, oʻquvchi mashg'ulotga tayyor boʻlmasa, bunda ham guruhga pand beradi; oʻquvchilar oʻz javoblarini ikki marta, ya'ni yozma ish paytida va og'zaki muhokama vaqtida tahlil qilib chiqishadi.
“Akvarium” strategiyasi. Guruhdan uch oʻquvchi ajratib olinib ularga xona oʻrtasidagi stol atrofiga oʻtirishlari va qoʻyilgan muammoni oʻn minut atrofida birgalikda muxokama qilishib, fikr bildirishlari soʻraladi. Bu uch oʻquvchi akvariumdagi baliqlarga qiyos.
Atrofda oʻtirgan kuzatuvchilar oʻratasidagi oʻquvchilarning fikrlarini diqqat bilan tinglab, javoblarni toʻg'ri va notoʻg'riga ajratib yozib borishadi hamda muhokama paytida oʻzlarining qarashlarini bayon etishadi. Yetarli darajada fikr bildira olmagan oʻrtadagi oʻquvchilar oʻz oʻrinlarini kuchli fikr bildirgan kuzatuvchi oʻquvchilarga boʻshatib berishadi. Har bir muammo yuzasidan bildirilgan fikrlar oʻquvchilar ishtirokida oʻqituvchi tomonidan umumlashtiriladi.
“Zinama-zina” strategiyasi. Ushbu strategiya oʻquvchilarni oʻtilgan yoki oʻtilishi kerak boʻlgan mavzu boʻyicha yakka va kichik jamoa boʻlib fikrlash hamda xotirlash, oʻzlashtirilgan bilimlarni yodga tushirib, toʻplangan fikrlarni umumlashtira olish va ularni yozma, rasm, chizma koʻrinishida ifodalay olishga oʻrgatadi. Bu texnologiya oʻquvchilar bilan bir guruh ichida yakka holda yoki guruhlarga ajratilgan holda yozma ravishda oʻtkaziladi va taqdimot qilinadi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Ona tili va o‘qish savodxonligi darslarini innovatsion yondashuv asosida tashkil qilish” kursining mazmun-mohiyati, maqsad va vazifalari
|