• Klaster” grafik organayzeri
  • T-jadval” grafik organayzeri.
  • Insert” grafik organayzeri.
  • Ona tili va o‘qish savodxonligi darslarini innovatsion yondashuv asosida tashkil qilish” kursining mazmun-mohiyati, maqsad va vazifalari




    Download 1,43 Mb.
    bet42/63
    Sana13.05.2024
    Hajmi1,43 Mb.
    #228404
    1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   63
    Bog'liq
    Majmua 4-k Ona tili va o`qish sav.2023 (1)

    Venn diagrammasi. Venn diagramma-grafik koʻrinishda boʻlibolingan natijalarni umumlashtirib, ulardan bir butun xulosa chiqarishga, ikki va undan ortiq predmetni (koʻrinish, fakt, tushuncha) tahlil qilish va oʻrganishda qoʻllaniladi. Diagramma ikki va undan ortiq aylanani kesishmasidan hosil boʻladi.
    Maqsad: ikki va undan ortiq predmet va tushunchalarni taqqoslashda, turli va umumiy tomonlarini aniqlashda bilim va koʻnikmalarni shakllantirish.
    Amalga oshirish bosqichlari:
    1-bosqich. Oʻquvchilar (sheriklari bilan) ikki doirani toʻldiradilar, har bir doiraga ikki tushuncha (predmet)ni e'tiborli tomonlari sanab oʻtiladi.
    2-bosqich. Oʻquvchilarni kichik guruhlarga (4-5 kishidan iborat) birlashtirib, diagrammalarni taqqoslaymiz va toʻldiramiz.
    3-bosqich. Kichik guruh oʻquvchilariga bu tushunchalarning (predmet, koʻrinishlarning) umumiy xossalarini aniqlashni taklif etamiz.
    4-bosqich. Biron bir guruh vakili har bir tushunchaning oʻziga xos tomonlarini oʻqiydi. Boshqalar zarurat boʻlganda uni javobini toʻldiradilar.
    5-bosqich. Boshqa guruh vakillari ikki tushunchani birlashtiruvchi (umumiy) xususiyatlarni oʻqiydi. Boshqalar zarurat paydo boʻlganda bu javoblarni toʻldiradilar.
    Klaster” grafik organayzeri. Klasterlarga ajratish – oʻquvchilarga biror mavzu boʻyicha erkin va ochiq fikr yuritishga yordam beradigan pedagogik strategiyadir.
    Bu metod biror mavzuni chuqur oʻrganishdan avval oʻquvchilarning fikrlash faoliyatini jadallashtirish hamda kengaytirish uchun xizmat qilishi mumkin. Shuningdek, oʻtilgan mavzuni mustahkamlash, yaxshi oʻzlashtirish, umumlashtirish hamda oʻquvchilarni shu mavzu boʻyicha tasavvurlarini chizma shaklida ifodalashga undaydi.
    Klasterlarga ajratish metodini qoʻllash quyidagicha amalga oshiriladi:
    -tarqatma materialda mavzuga oid ochiq soʻz yoziladi;
    -oʻquvchilar ushbu soʻz bilan bog’liq xayollariga kelgan soʻz va jumlalarni uning atrofiga yoza boshlaydilar;
    -soʻzlarni yozish jarayoni oʻqituvchi tomonidan belgilangan vaqt tugaguncha yoki barcha soʻz va qoidalar tugaguncha davom etadi.
    Klasterga ajratishda bir qator qoidalarga ham rioya qilish zarur. Ular quyidagilardan iborat:
    - Xayolga kelgan hamma narsani ularning mazmuniga e`tibor bermasdan yozib borish.
    -Orfografiya va boshqa omillarga e`tibor bermaslik.
    -Vaqt tugaguncha koʻproq bog’lanishlar hosil qilishga harakat qilish.
    G‘oyalar va soʻzlar sonini cheklab qoʻymaslik.
    T-jadval” grafik organayzeri. T- jadvalda bahs davomida javoblarni (-yoʻq, tarafdor -qarshi kabi) yozib borishda universal grafik vosita boʻlib xizmat qiladi.
    Muammoning mavzu doirasi aniqlangandan soʻng, quyidagi koʻrinishdagi T- sxemani tuzish kerak:



    Tarafdor

    Muammo


    Qarshi





    Besh minutdan soʻng sxemaning chap tomonini toʻldirish lozim. Unda besh minut davomida oʻquvchilar mavzuga oid nechta kategoriya oʻylab topishgan boʻlsa, shuncha kategoriya koʻrsatiladi. Keyingi besh minutda oʻquvchilar sxemaning oʻng tomonini toʻldiradilar. Va nihoyat, yana besh minut mobaynida oʻquvchilar oʻzlarining T- sxemalarini boshqa juftlik yoki kichik guruhning T- sxemasi bilan taqqoslash imkoniga ega boʻladilar.


    Insert” grafik organayzeri. Bu metod o‘zlashtirilishi ko‘zda tutilgan yangi mavzu bo‘yicha o‘quvchilarning muayyan tushunchalarga egaliklarini aniqlash va ularda matnga nisbatan tahliliy yondashish 
    ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi. Metodni qo‘llash jarayonida quyidagi harakatlar amalga oshiriladi: 
    – kichik guruhlar shakllantirilib, ular nomlanadi. Har bir guruhdan o‘zlashtirilishi 
    rejalashtirilayotgan mavzuga oid ikkita fikr bildirish so‘raladi; 
    – o‘quvchilar navbatma-navbat mulohazalarni bayon etadilar; 
    – bayon etilgan fikrlar yozuv taxtasiga yozib boriladi; 
    o‘ngra o‘qituvchi yangi mavzu mohiyatini yorituvchi matnni guruhlarga tarqatadi; 
    – guruhlar matn bilan tanishib chiqib, matn va o‘zlari bildirgan fikrlarning bir-biriga qay darajada muvofiq kelganligini aniqlaydilar (o‘xshashlik va farqlar maxsus belgilar yordamida qayd etiladi); 
    – guruh a’zolari shaxsiy qarashlarini ifoda etadilar va maxsus belgilar soni 
    umumlashtiriladi; 
    – guruh a’zolari orasidan liderlar belgilanadi, liderlar sinf va guruh jamoasining 
    natijalari bilan tanishtiradilar; 
    – guruhlarning yondashuvlari umumlashtirilib, yakuniy xulosa chiqariladi. 
    Metodni qo‘llashda o‘quvchilar faoliyatni quyidagi sxemalar bo‘yicha tashkil 
    etadilar: 
    1. Guruhlar tomonidan bildirilgan fikrlar bilan matn qiyosiy taqqoslanganda: 

    Maxsus belgilar

    Maxsus belgilarning ma’nosi 



    Matnda guruhlar tomonidan bildirilgan fikrlar o‘z 
    aksini topgan bo‘lsa 



    Matnda guruhlar tomonidan bildirilgan firklar o‘z 
    aksini topmagan bo‘lsa 

    ?

    Matn bilan tanishish jarayonida savollar tug‘ilsa 
    (tushunmovchiliklar yuzaga kelsa) 

    2. Liderlarning hisobotidan so‘ng guruhlarning natijalarini o‘rganish chog‘ida: 


    Metod o‘quvchilarda mantiqiy fikrlash, shaxsiy xatolar ustida ishlash ko‘nikmalarini shakllantirishga yordam beradi.
    Demak, “Insert” texnologiyasi o‘quv materiallarini o‘zlashtirish va mustahkamlash, o‘quvchilarning kitob bilan ishlash ko‘nikmalari-ni rivojlantirish, berilgan vazifalarini 
    mustaqil bajarishda qo‘l keladi. Ushbu texnologiya qo‘llanilganda o‘quvchilar matnlardan mustaqil foydalanish, olingan axborotlarni tahlil qilish va tizimlashtirish, ularni qisqa va aniq bayon qilish hamda tanqidiy fikrlash ko‘nikmasiga ega bo‘ladi. O‘qitishning ushbu 
    texnologiyasida o‘qituvchi yangi mavzuni bayon etmaydi, balki uning nomini e’lon qiladi. 
    Mavzu e’lon qilingach, o‘quvchilar berilgan matnni mustaqil o‘qib-o‘rganadi. 
    Shundan keyin keltirilgan maxsus jadvalning “bilaman” (+), “bil-mayman” (-), “fikrimga qarshi” (x), “bilishni xohlayman” (b), “tushunmadim” (?) deb nomlangan ustunlarini belgilar bilan to‘ldiradi. So‘ng o‘qituvchi o‘quvchilar bilan birgalikda to‘ldirilgan jadvallarni muhokama qiladi. 

    Download 1,43 Mb.
    1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   63




    Download 1,43 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ona tili va o‘qish savodxonligi darslarini innovatsion yondashuv asosida tashkil qilish” kursining mazmun-mohiyati, maqsad va vazifalari

    Download 1,43 Mb.