|
Ona tili va o‘qish savodxonligi darslarini innovatsion yondashuv asosida tashkil qilish” kursining mazmun-mohiyati, maqsad va vazifalari
|
bet | 40/63 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 1,43 Mb. | | #228404 |
Bog'liq Majmua 4-k Ona tili va o`qish sav.2023 (1)Strategiyaning maqsadi. Oʻquvchilarni erkin, mustaqil va mantiqiy fikrlashga, jamoa boʻlib ishlashga, izlanishga, fikrlarni jamlab ulardan nazariy va amaliy tushuncha hosil qilishga, jamoaga oʻz fikri bilan ta’sir eta olishga, uni ma’qullashga, shuningdek, mavzuning tayanch tushunchalariga izoh berishda egallagan bilimlarini qoʻllay olishga oʻrgatish.
Strategiyaning qoʻllanishi: darslarda yakka tartibda yoki kichik guruhlarda oʻtkazish hamda nazorat darslarida qoʻllanilishi mumkin.
Mashgʻulotda qoʻllaniladigan vositalar: A-3, A-4 formatlarda tayyorlangan (mavzuni ajratilgan kichik mavzuchalar soniga mos) chap tomoniga kichik mavzular yozilgan tarqatma materiallar, flomaster(yoki rangli qalam)lar.
Mashgʻulotni oʻtkazish tartibi:
oʻqituvchi oʻquvchilarni mavzular soniga qarab 3-5 kishidan iborat kichik guruhlarga ajratadi (guruhlar soni 4 yoki 5 ta boʻlgani ma’qul);
oʻquvchilar mashgʻulotning maqsadi va uning oʻtkazilish tartibi bilan tanishtiriladi. Har bir guruhga qogʻozning chap qismida kichik mavzu yozuvi boʻlgan varaqlar tarqatiladi;
oʻqituvchi guruh a’zolarin tarqatma materialda yozilgan kichik mavzular bilan tanishishlarini va shu mavzu asosida bilganlarini flomaster yordamida qogʻozdagi boʻsh joyiga jamoa bilan birgalikda fikrlashib yozib chiqish vazifasini beradi va vaqt belgilaydi;
guruh a’zolari birgalikda tarqatma materialda berilgan kichik mavzuni yozma (yoki rasm, yoki chizma) koʻrinishida ifoda etadilar.Bunda guruh a’zolari kichik mavzu boʻyicha imkon boricha toʻlaroq ma’lumot berishlari kerak boʻladi.
Tarqatma materiallar toʻldirilgach, guruh a’zolaridan bir kishi taqdimot qiladi. Taqdimot vaqtida guruhlar tomonidan tayyorlangan materialar, albatta, auditoriya(sinf) doskasiga mantiqan tagma-tag(zina shaklida) ilinadi;
Oʻqituvchi guruhlar tomonidan tayyorlangan materiallarga izoh berib, ularni baholaydi va mashgʻulotni yakunlaydi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Ona tili va o‘qish savodxonligi darslarini innovatsion yondashuv asosida tashkil qilish” kursining mazmun-mohiyati, maqsad va vazifalari
|