|
-mavzu: “Ona tili va o‘qish savodxonligi” darslarida interfaol strategiyalardan foydalanish
|
bet | 37/63 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 1,43 Mb. | | #228404 |
Bog'liq Majmua 4-k Ona tili va o`qish sav.2023 (1)11-mavzu: “Ona tili va o‘qish savodxonligi” darslarida interfaol strategiyalardan foydalanish
Reja:
1.Ta’lim jarayonida strategiyalardan foydalanish.
2. “Ona tili va o‘qish savodxonligi” darslarida qoʻllaniladigan interfaol strategiyalar.
Tayanch tushunchalar: strategiya, “Sinkveyn”, “Bumerang”, “Galereya”, “Zig-zag”, “Zinama-zina”, “Muzyorar”, “Rotatsiya”, “Yumaloqlangan qor”.
Hozirgi vaqtda ta’lim jarayonida oʻqitishning zamonaviy metodlari keng qoʻllanilmoqda. Oʻqitishning zamonaviy metodlarini qoʻllash oʻqitish jarayonida yuqori samaradorlikka erishishga olib keladi. Bu metodlarni har bir darsning didaktik vazifasidan kelib chiqib tanlash maqsadga muvofiq. An’anaviy dars shaklini saqlab qolgan holda uni ta’lim oluvchilar faoliyatini faollashtiradigan turli-tuman metodlar bilan boyitish ta’lim oluvchilarning oʻzlashtirish darajasi oʻsishiga olib keladi.
Bugungi kunda bir qator rivojlangan mamlakatlarda ta’lim-tarbiya jarayonining samaradorligini kafolatlovchi zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qoʻllash borasida katta tajriba asoslarini tashkil etuvchi metodlar interfaol metodlar nomi bilan yuritilmoqda. Interfaol ta’lim metodlari hozirda eng koʻp tarqalgan va barcha turdagi ta’lim muassasalarida keng qoʻllanayotgan metodlardan hisoblanadi. Shu bilan birga, interfaol ta’lim metodlarining turlari koʻp boʻlib, ta’lim-tarbiya jarayonining deyarlik hamma vazifalarini amalga oshirish maqsadlari uchun moslari hozirda mavjud. Amaliyotda ulardan muayyan maqsadlar uchun moslarini ajratib tegishlicha qoʻllash mumkin. Bu holat hozirda interfaol ta’lim metodlarini ma’lum maqsadlarni amalga oshirish uchun toʻg’ri tanlash muammosini keltirib chiqargan.
Buning uchun dars jarayoni oqilona tashkil qilinishi, ta’lim beruvchi tomonidan ta’lim oluvchilarning qiziqishini orttirib, ularning ta’lim jarayonida faolligi muttasil rag’batlantirib turilishi, oʻquv materialini kichik-kichik boʻlaklarga boʻlib, ularning mazmunini ochishda aqliy hujum, kichik guruhlarda ishlash, bahs-munozara, muammoli vaziyat, yoʻnaltiruvchi matn, loyiha, rolli oʻyinlar kabi metodlarni qoʻllash va ta’lim oluvchilarni amaliy mashqlarni mustaqil bajarishga undash talab etiladi.
Interfaol metod biror faoliyat yoki muammoni oʻzaro muloqotda, oʻzaro bahs-munozarada fikrlash asnosida, hamjixdtlik bilan hal etishdir. Bu usulning afzalligi shundaki, butun faoliyat oʻquvchi-oʻquvchini mustaqil fikrlashga oʻrgatib, mustaqil hayotga tayyorlaydi.
Oʻqitishning interfaol usullarini tanlashda ta’lim maqsadi, ta’lim oluvchilarning soni va imkoniyatlari, oʻquv muassasasining oʻquv-moddiy sharoiti, ta’limning davomiyligi, oʻqituvchining pedagogik mahorati va boshqalar e’tiborga olinadi.
Strategiya – bu biron yutuq maqsadga erishish uchun tuzilgan va shu asosda harakat qilinadigan reja va qoidalar toʻplamidir.
Mashg’ulotlarda interfaol metod (strategiya, grafikr organayzer)lar bilan ishlash oʻqucvhilar tomonidan oʻquv axborotlarini tizimli, yaxlit holda oʻzlashtirish imkoniyatini yaratadi. Qolaversa, interfaol metodlar yordamida oʻquvchilar oʻquv axborotlari bilan ishlashda bilimlarni tahlil qilish, sintezlash, muhim tushunchalarni tizimlashtirish, obyekt, jarayon, faoliyat, voqea, hodisalarning umumiy mohiyatini aniq ifodalash kabi koʻnikma, malakalarni oʻzlashtirishga muvaffaq boʻladi.
“Sinkveyn” strategiyasi. J.Still, K.Meredis, Ch.Temil tomonidan ishlab chiqilgan “Oʻqish va yozish asosida tanqidiy fikrlashni rivojlantirish dasturi”da har bir oʻquvchi (oʻquvchi) va oʻquvchi (oʻquvchi)lar guruhlarining fikrlash faolligini oshirish, ularda tanqidiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish uchun “Sinkveyn” strategiyasini qoʻllash samarali ekanligi aytiladi. Bu oʻrinda strategiyaning mohiyati bilan tanishib oʻtish maqsadga muvofiqdir.
|
| |