• Asosiy omillar
  • Interfaol ta’limdagi suhbat ishtirokchilari




    Download 1,43 Mb.
    bet33/63
    Sana13.05.2024
    Hajmi1,43 Mb.
    #228404
    1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   63
    Bog'liq
    Majmua 4-k Ona tili va o`qish sav.2023 (1)

    Interfaol ta’limdagi suhbat ishtirokchilari
    O‘quvchi – o‘quvchi (juftlikda ishlash)
    O‘quvchi – o‘quvchi guruhi (guruh yoki kichik guruhda ishlash)
    O‘quvchi – o‘quvchi jamoasi (sinf, guruh jamoasida ishlash)
    O‘quvchi – axborot-kommunikatsion texnologiyalar
    Interfaol ta’lim texnologiyalari mohiyatiga koʻra suhbatning “o‘quvchi – axborot-
    kommunikatsion texnologiyalar” shaklida tashkil etilishi o‘quvchilar tomonidan mustaqil ravishda yoki oʻqituvchi rahbarligida axborot texnologiyalari yordamida bilim, koʻnikma, malakalarning oʻzlashtirilishini anglatadi.
    O‘qituvchi interfaol ta’lim yordamida o‘quvchilarning qobiliyatlarini rivojlantirish, mustaqillik, oʻz-oʻzini nazorat, oʻz-oʻzini boshqarish, samarali suhbat olib borish, tengdoshlari bilan ishlash, ularning fikrlarini tinglash va tushunish, mustaqil, ijodiy, tanqidiy fikrlash, muqobil takliflarni ilgari surish, fikr-mulohazalarini erkin bayon qilish, oʻz nuqtayi nazarlarini himoya qilish, muammoning yechimini topishga intilish, murakkab vaziyatlardan chiqa olish kabi sifatlarni shakllantirishga muvaffaq boʻladi. Eng muhimi, interfaol ta’lim texnologiyalarini qoʻllash orqali oʻqituvchi talabalarning aniq ta’limiy maqsadga erishish yoʻlida
    oʻzaro hamkorlikka asoslangan harakatlarini tashkil etish, yoʻnaltirish, boshqarish, nazorat va tahlil qilish orqali xolis baholash imkoniyatini qoʻlga kiritadi.
    O‘quv jarayonining interfaol ta’lim texnologiyalariga asoslanishi bir qarashda nihoyatda oddiy, sodda, hatto “bolalar oʻyini” kabi taassurot uygʻotadi. Biroq bunda oʻqituvchining ma’lum darajada quyidagi omillarga ega boʻlishi talab qilinadi:
    Asosiy omillar
    Ish tajribasi --- Metodik malaka
    Tayanch pedagogik-psixologik bilimlar --- Tashkilotchilik qobiliyati
    Didaktik vositalar (axborot, tarqatma materiallar, dars jihozlari)ga ega boʻlish --- Talaba va talabalar guruhi oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlarning ishonch va hurmatga asoslanishi
    Talaba va talabalar guruhining oʻzaro hamkorlikka erisha olishi --- Ta’lim jarayonida demokratik gʻoyalarning ustuvor oʻrin tutishi
    Axborotlarni taqdim etishda xilma-xil metod, vositalarning samarali, oʻrinli, maqsadga muvofiq va oʻzaro moslikda qoʻllashga erishish.
    Shu bilan birga interfaol ta’lim texnologiyalarini qoʻllash samaradorligi quyidagi ikkilamchi omillarga ham bogʻliq bo‘ladi.



    Download 1,43 Mb.
    1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   63




    Download 1,43 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Interfaol ta’limdagi suhbat ishtirokchilari

    Download 1,43 Mb.