• Tartibga sol”
  • So‘zlar zanjiri “ o‘yini
  • Ona tili va o‘qish savodxonligi darslarini innovatsion yondashuv asosida tashkil qilish” kursining mazmun-mohiyati, maqsad va vazifalari




    Download 1,43 Mb.
    bet30/63
    Sana13.05.2024
    Hajmi1,43 Mb.
    #228404
    1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   63
    Bog'liq
    Majmua 4-k Ona tili va o`qish sav.2023 (1)

    O‘yin tartibi: Doskaga ikki ustunda o‘zakdosh so‘zlar yozilgan bo‘lib, ikki guruhda tizilgan o‘quvchilar musobaqa tarzida birin-kеtin o‘zaklarni bеlgilaydilar. Shartni oldin bajargan guruh ragʻbatlantiriladi.
    O‘yin uchun so‘zlar:
    Gulchi ishchi
    Ishla guldon
    Tartibga sol” o‘yini.
    O‘yin tartibi: Doskaga o‘zak va o‘zakdosh so‘zlar yozilgan bo‘ladi. O‘quvchilar shu so‘zlarning ichidan o‘zak va o‘zakdosh so‘zlarni topib o‘zakni bir ustunga, o‘zakdosh so‘zlarni ikkinchi ustunga tartib bilan yozib chiqadilar. Shartni to‘gʻri bajargan guruh ragatlantiriladi.
    O‘yin uchun so‘zlar: sinf, bosh, gul, do‘st, …
    Namuna: o‘zak o‘zakdosh s o‘zlar
    sinf sinfdosh
    “So‘z yasovchi qo‘shimchalar” mavzusi o‘rganilganda esa quyidagi ta’limiy o‘yinlardan foydalanish mumkin.
    So‘z yasa” o‘yini
    O‘yin tartibi: O‘yinda boshlovchi va 3-4 nafar o‘quvchi ishtirok etadi.
    1-variant. Boshlovchi o‘zakni aytgach, o‘quvchilar navbati bilan so‘z yasaydilar.
    2-variant. Boshlovchi har bir o‘quvchiga yasovchi qo‘shimchalardan birini aytadi, o‘quvchi mustaqil holda bu qo‘shimchaga mos o‘zakni qo‘shib so‘z yasaydi. So‘zlarni yasay olmagan o‘quvchi o‘rnini boshqa o‘quvchi egallaydi.
    Boshlang‘ich ta’limda o‘quvchilar, asosan, tasavvur qilish orqali fikr yuritadilar. Ona tili qonun-qoidalari, hodisalari mavhum fikr yuritishni taqozo etadi. Shu tufayli ular ko‘pincha o‘ynash, jismoniy harakat qilishga intiladilar. Amaldagi o‘quv dasturiga asosan o‘yin mashg‘ulotlari bugungi darslarning qurilishida tez-tez uchrab turadi. Chunki bolaga berilayotgan bilimni o‘yinlar vositasida singdirish quruq qoida yodlash va surunkasiga mashq qildirishdan qiziqroq tuyuladi va o‘tilgan mavzuning mustahkam esda saqlanishiga imkon beradi.
    Ta’limiy o‘yinlarni o‘tkazish usullari xilma-xil bo‘lib, uni maktab o‘qituvchilari mukammal egallab olishlari va o‘quvchilarning o‘zini shunga o‘rgatish zarur. Ta’limiy o‘yinlar til materiallarini o‘rgatishdagi qiyinchiliklarni bartaraf etishga yordam beradi. Bu o‘yinlar bolalarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda amalga oshiriladi. Ta’limiy o‘yinlar bolalarda mustaqillikni tarbiyalaydi. O‘quvchilarni tez o‘ylashga, mustaqil fikrlab javob berishga, zehnli bo‘lishga, har bir ishda tashabbus ko‘rsatishga undaydi. Faoliyat ko‘rsatishga chorlaydi. Bu mashg‘ulotlar bolalarning diqqatini bir yerga to‘playdi. O‘quvchilarda sog‘lom musobaqa ruhini tug‘diradi. Bunday ta’limiy o‘yinlar va ularda berilgan topshiriqlarni bajarish jarayonida o‘quvchilarda jamoa bilan ishlash, o‘ziga va o‘z jamoasiga hamda o‘zgalarga hurmat-e’tiborda bo‘lish xislatlari shaklanadi. Bu o‘yinlar o‘quvchilarni faollik ko‘rsatish, topqirlik, fahm-farosatli bo‘lishga, dars jarayonida olgan nazariy bilimlarini amaliyotga taqbiq eta olishni talab qiladi. Ta’limiy o‘yinlar o‘rganilayotgan grammatik tushunchalarni tez va mustahkam o‘zlashtirib olish imkonini beradi.
    Bilim bеrishda ta’limiy o‘yinlardan bilimlarni mustahkamlashdagina emas, balki ta’lim shakli sifatida ham kеng foydalaniladi.
    Boshlang‘ich sinflarda fe’l so‘z turkumini o‘rganishda ta’limiy o‘yinlardan o‘z o‘rnida foydalanish ta’lim samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.Bu o‘yinlarni mavzu o‘rganilgach, darsning mustahkamlash bosqichida o‘tkazish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Quyida 3-4-sinflarda “Fe’l so‘z turkumi” mavzusini o‘rganish darslarida qo‘llaniladigan ta’limiy o‘qinlardan namunalar keltiramiz:
    So‘zlar zanjiri “ o‘yini
    Ushbu o‘yinni boshlang‘ich sinflarning hammasida o‘tkazish mumkin. U O‘quvchilarning har bir so‘zga, uning tuzilish tomoniga e’tibor berilishini taqozo etadi. O‘yinni o‘tkazish uchun istalgan bir so‘z olinadi. Tanlangan so‘z qaysi tovush bilan tugasa, keyingi so‘z o‘sha tovush bilan boshlanishi zarur. O‘quvchilar kerakli so‘zni tez topishadi va o‘z ijodining natijasini birdan ko‘ra oladi. Bu ularga ma’lum darajada zavq beradi. O‘yin qiziqarli bo‘lishi uchun bir qator o‘quvchilar o‘rtasida yoki alohida guruhlar orasida o‘tkazilsa yanada yaxshi bo‘ladi.
    Bu o‘yin fe’l so‘z turkumini o‘tishda quyidagicha o‘tkaziladi: Yugurdi, izla, alqamoq, qildi, ishondi, ilhomlan....
    So‘zlar zanjiri o‘yinini aniq mavzularda ham o‘tkazish mumkin. Fikrlash faoliyati rivojlangan va so‘z zahirasi boy bo‘lgan o‘quvchilar orasida bunday o‘yinlarni o‘tkazsa bo‘ladi. O‘quvchilar bu o‘yinni bajarish bilan ma’lum bir so‘z turkumi yuzasidan bilimlari ham mustahkamlanib boradi.

    Download 1,43 Mb.
    1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   63




    Download 1,43 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ona tili va o‘qish savodxonligi darslarini innovatsion yondashuv asosida tashkil qilish” kursining mazmun-mohiyati, maqsad va vazifalari

    Download 1,43 Mb.