• Kim chaqqon” o‘yini
  • O‘yinning ikkinchi varianti
  • “G‘alaba cho‘qqisi” o‘yini
  • Keragini tanlab tuz” o‘yini
  • 10-mavzu: Interfaol ta’lim “Ona tili va o‘qish savodxonligi” darslarining samaradorligi omili sifatida. “Ona tili va o‘qish savodxonligi” darslarida interfaol metodlardan foydalanish
  • Ona tili va o‘qish savodxonligi darslarini innovatsion yondashuv asosida tashkil qilish” kursining mazmun-mohiyati, maqsad va vazifalari




    Download 1,43 Mb.
    bet31/63
    Sana13.05.2024
    Hajmi1,43 Mb.
    #228404
    1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   63
    Bog'liq
    Majmua 4-k Ona tili va o`qish sav.2023 (1)

    O‘yinning ikkinchi varianti
    Ikki o‘quvchi bir vaqtning o‘zida doskaga chiqadi va birinchisi “b” tovushi bilan tugagan so‘zlardan, ikkinchisi esa “i” tovushi bilan tugagan so‘zlardan so‘z zanjiri tuzish o‘yinini o‘tkazadi. Qaysi o‘quvchi bir daqiqa yozuvdan to‘xtasa yengilgan sanaladi. Kim ko‘p so‘z topgan bo‘lsa g‘olib hisoblanadi.O‘yinning shartiga ko‘ra biron so‘z ham qaytarib yozilmaydi.
    1-o‘quvchi: Borib, botib, baqirib,berib, boshlab.
    2-o‘quvchi: Keldi, intildi, izladi, ilgariladi, ishonmadi.
    Bu o‘yinni o‘quvchilarni chaqqonlikka va ziyraklikka chaqiradi.
    Kim chaqqon” o‘yini
    Sinf o‘quvchilari ikki guruhga bo‘linadi. Har bir guruhdagi bolalar berilgan matndan o‘qituvchi bergan topshiriqqa oid so‘zlarni tanlab oladi. Birinchi guruhdagi o‘quvchilar matndagi fe’l turkumiga oid so‘zlarni, ikkinchi guruhdagilar sifat so‘z turkumiga oid so‘zlarni tanlab yozadi. Buning uchun o‘qituvchi so‘zlar yozilgan ko‘chma doska yoki kartonni bolalarga ko‘rsatadi. Har ikkala gururh ham ishga tushib ketadi, Qaysi guruh o‘quvchisi tez va to‘g‘ri bajarsa o‘sha guruh g‘olib hisoblanadi va rag‘batlantiriladi. So‘zlar: Aytdi, shirin, keldi, baland,chopdi, katta,ishladi, kichik, tepdi, ko‘rkam, yig‘ladi, yoqutday, izladi, ko‘k,intildi,nordon va hakozo. Agar o‘quvchilar o‘yinni to‘g‘ri bajarishsa har bir guruh juda ko‘plab fe’lga oid so‘zlar topishadi.
    O‘yinning ikkinchi varianti
    O‘quvchilarda so‘zning lug‘aviy ma’nosiga qarab ma’lum turlarga ajratish ko‘nikmasini shakllantirilishi uchun ushbu o‘yin o‘tkaziladi. O‘qituvchi sinfning oldingi qismidagi stolga -15-20 kartochka yozib qo‘yadi. O‘quvchilar doskaga chiqariladi. Ular doskaga o‘qituvchi tomonidan yozib qo‘yilgan mavzulardan birini tanlaydi. 1.Harakatga oid so‘zlar. 2.Holatga oid so‘zlar
    O‘quvchilar kartochkadagi so‘zlarni o‘qib, o‘zlariga keraklilarini tanlab oladi. Bunday o‘yin o‘quvchilarni so‘zning asosiy belgisiga qarab turlarga ajratishga o‘rgatadi. Masalan, Harakatga oid so‘zlar: yurdi, chizdi, aytdi, bordi, keldi.
    Holatga oid so‘zlar: uxladi, gulladi, tingladi, o‘yladi
    “G‘alaba cho‘qqisi” o‘yini
    Bu o‘yinni o‘tkazish uchun ikki o‘quvchi doskaga chiqariladi. Ularning har biriga bittadan unumli so‘z yasovchi qo‘shimcha beriladi. O‘quvchilarning berilgan yasovchi qo‘shimcha yordamida belgilangan miqdorda so‘z tuzishi va doskaga yozishi talab qilinadi. Bu o‘yinni ot, sifat, fe’l so‘z turkumlari o‘tilganda uyushtirish mumkin. Fe’l so‘z turkumini o‘rganish jarayonida o‘yinni qo‘yidagicha uyushtirish mumkin.
    Keragini tanlab tuz” o‘yini
    Bu o‘yinni o‘tkazishdan asosiy maqsad grammatik qoidalarni o‘quvchilarning mustahkam va ongli egallab olishlarini ta’minlash hisoblanadi. O‘quvchilar ushbu mashq orqali har bir so‘zga ehtiyotlik bilan yondashishga va ularni o‘z o‘rnida ishlatish ko‘nikmasini egallab olishadi.

    1. Fe’l nomini

    2. Sifat sonini, tartibini

    3. Son belgisini

    4. Ot ish-harakatini

    Ta’limiy o‘yinlardan yana biri “Quruvchi” o‘yinidir. Bu o‘yin o‘quvchilani guruhlarga bo‘lib, darsda o‘tilgan “Shaxs va narsa harakatini bildirgan so‘zlar” mavzusini o‘tkazilishi mumkin. O‘qutivchi avvaldan darsga tayyorgarlik ko‘rib, qog‘ozdan yoki penoplast bo‘lakchalaridan “g‘ishtshalar” yasaydi va ularga savol yozilan qog‘ozchalarni yopishtirib chiqadi. G‘ishtchalar soni o‘quvchilar soniga teng yoki ko‘p bo‘lishi kerak. Guruhlarga “minora” yoki “devor” qurilishi uchun joy ajratiladi. Har bir guruhdan bittadan bola chiqadi va “gishtcha” ni olib, savolni o‘qiydi. Agar bolalar savolga to‘g‘ri javob topsalar o‘zlarining “maydoncha”lariga “g‘isht”ni teradilar. Agar noto‘g‘ri javob bersalar, o‘qituvchi “g‘ishtcha”ni olib qo‘yadi. O‘yin shu taxlitda barcha o‘quvchilar bittadan “g‘ishtcha” olib bo‘lgunlariga qadar davom etadi.” Qurilish maydonchasi” da eng ko‘p g‘isht tergan o‘quvchilar guruhi g‘olib hisoblanadi.
    Ko‘rinadiki, har bir ta’limiy o‘yinda ma’lum ta’limiy maqsadga qaratilgan vazifa qo‘yiladi. Bu vazifa bolalarga bilim va ma’lumot bеrishni ko‘zda tutadi. Har bir ta’limiy o‘yin bolalardan ma’lum vazifani bajarishni talab qiladi. Shu orqali ta’limiy o‘yinlar dars samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.


    10-mavzu: Interfaol ta’lim “Ona tili va o‘qish savodxonligi” darslarining samaradorligi omili sifatida. “Ona tili va o‘qish savodxonligi” darslarida interfaol metodlardan foydalanish
    Reja:

    1. Interfaol ta’limning va uni oʻqitish jarayoni.

    2. Interfaol ta’lim samaradorligini ta’minlovchi asosiy omillar.

    3. Interfaol ta’limning ustuvor tamoyillari va imkoniyatlari.

    4. Interfaol metodlar va ulardan “Ona tili va o‘qish savodxonligi” darslarida foydalanish.


    Download 1,43 Mb.
    1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   63




    Download 1,43 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ona tili va o‘qish savodxonligi darslarini innovatsion yondashuv asosida tashkil qilish” kursining mazmun-mohiyati, maqsad va vazifalari

    Download 1,43 Mb.