|
-o‘yin. “Bir so‘z bilan javob top”
|
bet | 29/63 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 1,43 Mb. | | #228404 |
Bog'liq Majmua 4-k Ona tili va o`qish sav.2023 (1)1-o‘yin. “Bir so‘z bilan javob top” o‘yini
Bеshik tеbratib aytiladigan qo‘shiq ... – alla.
Daraxtni bo‘laklarga ajratadigan asbob ...- arra.
Ko‘paytirish jadvali ... – karra.
Bolalar qogʻozdan yasab uchiradigan narsa ...- varrak.
Kuch so‘zining shеrigi ... – quvvat.
Rasm chizuvchi kasb egasi ... – rassom.
Don hosili ... – gʻalla.
Chollar tayanadigan tayoq ... – hassa.
2-o‘yin. “So‘zlarni guruhlarga ajratish” o‘yini.
1-variant. (ogʻzaki ravishda)
O‘qituvchi so‘zlarni navbat bilan aytib turadi, o‘quvchilar nima? so‘rogʻiga javob bo‘lgan so‘zlarni eshitganda sariq varaqani, kim? so‘rogʻiga javob bo‘lgan so‘zlarni eshitganda ko‘k varaqani ko‘taradilar.
2-variant. (yozma ravishda)
So‘zlar yozilgan varaqalar alohida stolga aralashtirilgan holda ochiq qilib qo‘yiladi. O‘quvchilardan tuzilgan ikki guruhning biri nima? so‘rogʻiga javob bo‘lgan so‘zlarni, ikkinchisi kim? so‘rogʻiga javob bo‘lgan so‘zlarni “Kim oldin yozish” sharti bilan doskaga yozib boradilar.
Mavzu: Narsa va shaxs harakatini bildirgan so‘zlar
“Tеskari so‘zni top!” o‘yini.
1-variant. (ogʻzaki ravishda)
O‘yin uchun so‘zlar:
Suv: oqadi – to‘xtaydi.
Kun: isiydi – soviydi.
Qush: uchadi – qo‘nadi.
Daraxt: ko‘karadi – quriydi.
Bola: uxlaydi – uygʻonadi.
Oy: ko‘rinadi – bеkinadi.
Mavzu: Narsa va shaxs bеlgisini bildirgan so‘zlar
“Noto‘gʻri bеlgini top!” o‘yini.
Qizil taom (shirin)
Oq qargʻa (qora)
Shirin gul (qizil)
Mavzu: Ot – so‘z turkumi.
“So‘z zanjiri” o‘yini.
O‘yin tartibi: 5 – 6 ta o‘quvchi doska oldiga tiziladi. Boshlovchi o‘yin shartini tushuntiradi va narsa nomini bildirgan so‘zni aytadi, navbatdagi o‘quvchi bu so‘zing oxirgi tovushi bilan boshlanadigan otni aytadi. To‘xtalib qolgan o‘quvchi o‘yindan chiqadi. Namuna: Ayiq – qargʻa – asal – lola – ariq – qalam – maktab – bola – alla – arra – alam – mashina – adolat – tandir – ruchka – ayoz….
“So‘z tarkibi” ga oid mavzularni mustahkamlashda ham ta’limiy o‘yinlar samarador bo‘ladi. Xususan, “O‘zak va o‘zakdosh so‘zlar” mavzusini o‘rganishda “O‘zakni top” o‘yini qo‘llanilsa, dars samaradorligi yanada ortadi.
|
| |