• 2. Syujetli o’yinlar
  • O’yin texnologiyalari (o’yin ta’limi)




    Download 1,43 Mb.
    bet25/63
    Sana13.05.2024
    Hajmi1,43 Mb.
    #228404
    1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   63
    Bog'liq
    Majmua 4-k Ona tili va o`qish sav.2023 (1)

    O’yin texnologiyalari (o’yin ta’limi) – ijtimoiy tajribalarni o’zlashtirishning barcha ko’rinishlari: bilim, ko’nikma, 
    malaka hamda hissiy-baholovchi faoliyat jarayonini hosil qilishga yo’naltirilgan shartli o’quv vaziyatlarini ifodalovchi shaxsga yo’naltirilgan ta’lim (pedagogik texnologiya)
    turlaridan biri.
    O’quv jarayonida o’yin texnologiyalarining o’rni, roli, shuningdek, o’yin elementlari hamda ta’limning o’zaro uyg’unligi ko’p jihatdan o’qituvchi tomonidan pedagogik o’yinlar mohiyati, funktsiyasi va turlarining qanchalik tushunilishi bilan belgilanadi. Har qanday o’yinlar kabi pedagogik jarayonlarda foydalaniladigan o’yinlar ham o’zining aniq maqsadi va natijasiga ega bo’ladi.
    Ta’lim muassasalarida ko’p holatlarda rolli va kasbiy xarakterga ega ishbilarmonlik o’yinlarian foydalaniladi. Muhimi pedagogik maqsadlarda qo’llaniladigan o’yinli texnologiyalarining asosini talabalarning faollik va tezkorlikka asoslangan faoliyati tashkil etadi. 
    1. Didaktik o’yinlar – o’rganilayotgan obyekt, hodisa, 
    jarayonlarni modellashtirish asosida o’quvchilarning bilishga 
    bo’lgan qiziqishlari, faolliklarini oshiradigan o’quv faoliyati 
    turi hisoblanadi. Bu kabi o’yinlar o’quvchilar tomonidan 
    ijtimoiy-foydali mehnat va o’qish ko’nikmalarini faol 
    o’zlashtirishda muhim ahamiyatga ega bo’lib, ularning ahamiyati 
    natijalar bilan emas, balki jarayonning mazmuni va kechishi 
    bilan belgilanadi; bu kabi o’yinlar bolalarni ijtimoiy 
    munosabatlar jarayonida faol ishtirok etishga tayyorlaydi, 
    ulardagi turli psixologik zo’riqishlarni kamaytiradi. 
    2. Syujetli o’yinlar – pedagogik voqelik, hodisalar 
    bayonining muayyan izchilligi va unda ishtirok etayotgan shaxslar 
    faoliyatining o’zaro bog’liqligiga asoslangan o’yinlar sanaladi. 
    Bu kabi o’yinlar odatda pedagogik muammolarning echimini 
    izlash, ta’lim-tarbiya jarayonida yuzaga kelgan muammoli 
    vaziyatlarni bartaraf etish, shaxsni qayta tarbiyalash maqsadida 
    qo’llaniladi.  

    Download 1,43 Mb.
    1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   63




    Download 1,43 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’yin texnologiyalari (o’yin ta’limi)

    Download 1,43 Mb.