|
Muammoli vaziyat metodidan foydalanish
|
bet | 23/63 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 1,43 Mb. | | #228404 |
Bog'liq Majmua 4-k Ona tili va o`qish sav.2023 (1)Muammoli vaziyat metodidan foydalanish.
O‘quv muammosining muhim belgilari quyidagilar:
• yangi bilimlarni shakllantirishga olib keladigan noma’lumning bo‘lishi;
• talabalarda noma’lumni topish yo‘lida qobiliyatni amalga oshirishi uchun zarur bo‘lgan muayyan bilim zahirasining bo‘lishi.
O‘quv muammosini yechish jarayonida talabalar aqliy faoliyatining muhim bosqichi uning yechilish usulini o‘ylab topish yoki gipoteza qilish hamda uni asoslashdir.
O‘quv muammosi muammoli savollar bilan izchil rivojlantirib boriladi va bunda har bir savol uni hal qilinishida bir bosqich bo‘lib xizmat qiladi.
Muammoli o‘qitish mashg‘ulotlarini tashkil etish va o‘tkazishning muhim tomoni shundaki, bunda o‘qituvchi uning ham ta’limiy, ham tarbiyaviy vazifasini yaxshi anglab olgan bo‘lishi talab qilinadi. O‘qituvchi hech qachon talabalarga tayyor haqiqatni (yechimini) berishi kerak emas, balki ularga bilimlarni olishga turtki berishi, mashg‘ulotlarda va hayot faoliyatlarida zarur bo‘lgan axborot, voqea, vaqt va hodisalarni ongida qayta ishlashlariga yordam berishi lozim bo‘ladi.
Binobarin, muammoli o‘qitishning vazifasi talabalar tomonidan bilimlar tizimi va aqliy hamda amaliy faoliyatlari usullarini samarali o‘zlashtirishga hamkorlik qilish, ularda yangi vaziyatda olingan bilimlarni ijodiy qo‘llash malakasini hosil qilish, bilish, mustahkamlashga o‘quv va tarbiya muammolarini hal qilishidir.
O‘quv jarayonidagi muammoli vaziyatning bir necha turlari farqlanadi:
1. Talabalar qo‘yilgan vazifaning yechilish usulini bilmaydilar, muammoli savolga javob berolmaydilar.
2. Talabalar avval olgan bilimlarini yangi sharoitda foydalanish zaruriyatiga duch keladilar.
3. Vazifaning nazariy jihatdan yechilishi mumkin bo‘lgan yo‘li va tanlangan usulning amaliy jihatdan qo‘llash qiyinligi orasida ziddiyat yuz beradi.
4. Vazifaning bajarilishida natijaga amaliy erishish va talabalarda uni nazariy jihatdan asoslashga bilim yetishmasligi o‘rtasida ziddiyat yuz beradi.
Adabiyotlarda muammoli vaziyat yaratishning quyidagi ko‘p uchraydigan usullari qayd qilinadi:
• hodisalar, o‘rganilayotgan tushunchalar mohiyatini tushuntirish uchun muammoli vazifalar qo‘yish;
• olingan bilimlarning amaliy tatbiqi usullarini topish uchun muammoli vazifa qo‘yish;
• talabalarni hodisalar va harakatlar orasidagi ziddiyatlar va nomuvofiqliklarni tushuntirib berishlariga undash;
• ilmiy tushunchalari va hayotiy tasavvurlari orasidagi ziddiyatni keltirib chiqaradigan fakt va hodisalarni tahlil qilishga undash;
• talabalarni fakt, hodisa, xatti-harakatlar, xulosalarni solishtirish, qiyos qilishga undash;
• talabalarni go‘yo tushunib bo‘lmaydigan xarakterdagi va fan tarixida ilmiy muammoning qo‘yilishiga sabab bo‘lgan faktlar bilan tanishtirish.
Muammoli vaziyatni vujudga keltirishning yuqorida keltirilgan usullari uning boshqa variantlariga chek qo‘ymaydi. Har bir o‘qituvchi o‘zining amaliy faoliyatida o‘quv materiallari bilan ijodiy ishlash jarayonida uni tashkil qilishniig turli imkoniyatlarini qidirishi va topishi mumkin.
|
| |