Ona tili va o‘qish savodxonligi darslarini innovatsion yondashuv asosida tashkil qilish” kursining mazmun-mohiyati, maqsad va vazifalari




Download 1,43 Mb.
bet22/63
Sana13.05.2024
Hajmi1,43 Mb.
#228404
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   63
Bog'liq
Majmua 4-k Ona tili va o`qish sav.2023 (1)

Muammoni qo‘yish darajalari.
Muammoni qo‘yish darajalari

Darajalar

Muammoni qo‘yish mohiyati

1-daraja

O‘qituvchi muammoni qo‘yadi va talabalarni uni hal qilishga yo‘naltiradi

2-daraja

O‘qituvchi muammoli vaziyatni bayon qiladi va talabalarning o‘zlari mustaqil ravishda muammoni shakllantiradi

3-daraja

O‘qituvchi muammoni ko‘rsatib bermaydi, balki unga talabalarni ro‘para qiladi. Talabalar muammoni anglagan holda uni o‘zlari shakllantirib, muammoni yechish usullarini tahlil qiladi

Ta’lim jarayonida masalani qo‘yishda mavjud shart-sharoitlarni aniqlashda muammo fundamental asos sifatida namoyon bo‘ladi. O‘quv materiallari mazmunini o‘zlashtirishda muammoning qo‘yilishi va hal etilishi quyidagi bosqichlarda kechadi (2-rasm):

Ko‘rinadiki, muammoli vaziyatning mohiyati shundaki, u talabaga tanish bo‘lgan ma’lumotlar va yangi faktlar, hodisalar (qaysiki, ularni tushunishi va tushuntirish uchun avvalgi bilimlar kamlik qiladi) o‘rtasidagi ziddiyatdir. Muammoli vaziyatning belgilari quyidagilar:


• talabaga notanish faktning mavjud bo‘lishi;
• vazifalarni bajarish uchun talabaga berilidigan ko‘rsatmalar, yuzaga kelgan bilish mashaqqatini hal qilishda ularning shaxsiy manfaatdorligi.
Muammoli vaziyatdan chiqa olish hamma vaqt muammoni, ya’ni noma’lum ekanligini, uning nutqiy ifodasi va yechimini anglash bilan bog‘langan.
Muammo uch tarkibiy qismdan iborat: ma’lum (berilgan vazifa asosida), noma’lum (ularni topish yangi bilimlarni shakllantirishga olib keladi) va avvalgi bilimlar (talabalar tajribasi). Ular noma’lumni topishga yo‘nalgan qidiruv ishlarini amalga oshirish uchun zarurdir. Avvalo, talabaga noma’lum bo‘lgan o‘quv muammosi vazifasi belgilanadi va bunda uning bajarilish usullari hamda natijasi ham noma’lum bo‘ladi, lekin talabalar o‘zlaridagi avval egallangan bilim va ko‘nikmalarga asoslanib kutilgan natija yoki yechilish yo‘lini izlashga tushadi.
Shunday qilib, talabalar biladigan vazifa va uning mustaqil hal qilinish usuli o‘quv muammosi bo‘la olmaydi, ikkinchidan, biror vazifaning yechilish usullarini va uni izlash vositalarini bilishmasa ham o‘quv muammosi bo‘la olmaydi.



Download 1,43 Mb.
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   63




Download 1,43 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ona tili va o‘qish savodxonligi darslarini innovatsion yondashuv asosida tashkil qilish” kursining mazmun-mohiyati, maqsad va vazifalari

Download 1,43 Mb.